Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

UFC 247: Jon Jons Dominik Reyesni taslim qildi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Sport yangiliklariдата: 28.02.2020
UFC 247: Jon Jons Dominik Reyesni taslim qildi AQSHning Hyuston shahrida Toshkent vaqti bilan 9 fevral tongida UFC 247 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangi UFC yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jons (26-1) va Dominik Reyes (12-1) o‘rtasida kechdi. Besh raunddan iborat jangda umumiy reyting yetakchisi Jons 48-47, 48-47, 49-46 hisobi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va chempionlikni himoya qildi. Reyes esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi.

Asosiy kardning boshqa janglarida qayd etilgan natijalar:
UFC yengil vazn chempioni qirg‘izistonlik Valentina Shevchenko (19-3) Ketlin Chukagyanni (13-3) 3-raundda nokautga uchratdi va o‘z kamarini uchinchi marta himoya qildi.

- Jastin Tafa (4-1) Xuan Adamsni (5-3) birinchi raundda nokautga uchratdi.
- Den Ij (13-2) ochkolar hisobi bo‘yicha Mirsad Bektichdan (13-3) ustun keldi.
- Derrik Lyuis (23-7) ochkolar hisobida Ilir Latifini (14-8) mag‘lub etdi.

Теги: kunlik, Sport, yangiliklari

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.