наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 9
Гостей: 9
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:45
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida bola o‘g‘risi qo‘lga olindi (video)
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 8 yoshli qizni ming so‘m bilan aldab, olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

5 iyun kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 2011 yilda tug‘ilgan qizchani aldov yo‘li bilan olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga asoslanib «Gazeta.uz» xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, 5 iyun kuni taxminan soat 14:00larda O‘rtachirchiq tumani Toshloq MFY Navro‘z ko‘chasida 2011 yilda tug‘ilgan T.Sh.ga noma’lum shaxs 1000 (ming) so‘m pul berib, unga: «senga hayitlik, yur, uyimga olib boraman», deb, aldab olib ketmoqchi bo‘lgan.

Qizcha unga qarshiliq qilayotgan vaqtda hodisani shu mahallada yashovchi P.K. ko‘rib qolgan va qo‘shnilar bilan birga ushbu noma’lum shaxsni ushlab olgan. Holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIBga xabar qilingan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 61 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar