наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:26
Toshkent aeroporti noqonuniy taksichilardan tozalandi: 40dan ortiq avtomobil jarima maydoniga olib kirildi
Toshkent shahar IIBB poytaxt xalqaro aeroportidan chiqishda o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan va amaldagidan qariyb uch baravar ko‘p haq so‘rayotgan noqonuniy taksichilar bilan bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga olganligini bildirdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

IIBBning bildirishicha, soliq idoralari hamda Avtomobil va daryo transporti agentligi vakillari bilan hamkorlikda aeroportning avtotransport vositalari uchun ajratilgan hududida litsenziyasiz faoliyat olib borayotgan taksi haydovchilarini aniqlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.

«Birgina 17 maydan 1 iyungacha bo‘lgan muddat ichida 50 nafar ana shunday xususiy taksi haydovchisi aniqlandi. Ularning 24 nafari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi asosida javobgarlikka tortildi, qolgan 26 nafar taksichi bilan tushuntirish ishlari olib borildi, 42 ta avtomobil jarima maydoniga joylashtirildi», - deyiladi IIBB matbuot xizmati xabarida.

Ammo poytaxt IIBBga kelib tushayotgan ma’lumotlarga qaraganda, noqonuniy taksichilar huquq-tartibot idoralarini aldashning turli yo‘llarini o‘ylab topmoqda. Masalan, taksichilik qilmasligini, balki do‘sti yo qarindoshini kutayotganini aytishi mumkin. Yoki aeroportdan chiqishga o‘ziga qarashli odamni yuborib, o‘zlari bir chetda mashinasida kutib turishi mumkin.

IIBB yo‘lovchilardan poytaxt xalqaro aeroportiga uchib kelganda o‘z xizmatlarini majburan taklif qilayotgan taksichilar haqida xabar berish, iloji bo‘lsa, ularni suratga tushirishni so‘ragan.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 7 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar