наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 42
Гостей: 42
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

18:40
Tongda yugurishning 6 foydasi
Ko‘pchilik tongda turib yugurishga erinadi. Ba’zida esa uxlashni afzal ko‘rishadi. Biroq bunday insonlar dangasalik tufayli tonggi yugurishning ijobiy ta’sirlaridan bebahra qolishi mumkin.

Barchamiz yugurish salomatligimiz uchun foydali ekanligini yaxshi bilamiz. Biroq yugurish kundalik turmush tarzimizda aynan qanday ta’sir kuchiga ega ekanligini yaxshi bilmaymiz.

Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha, kasalliklarni oldini olish uchun bir kunda 15-30 daqiqa yugurish kifoya. U inson salomatligiga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi:

Miya faoliyatiga ta’siri
Yugurish yurak urish tezligini va kislorodga boy qon oqimini oshiradi. Yoshi katta insonlarda yurak-qon tomir faoliyatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Yaxshi kayfiyat
Tonggi yugurishni odat qilgan kishilarning ruhiyatida ijobiy o‘zgarishlar ko‘p kuzatiladi. 2012 yilgi tadqiqot natijalariga ko‘ra, jismoniy mashqlar bilan doimiy shug‘ullanuvchilar boshqalarga nisbatan sabr-bardoshli bo‘lishar ekan.

Yaxshi uyqu
Kuni bo‘yi yaxshi kayfiyatda yurgan odam tunda ham miriqib orom oladi. Buning uchun esa muntazam 10-15 daqiqa yugurish talab etiladi. Bundan tashqari, yugurish tushkunlikni kamaytirish orqali insonni ayrim muammolardan xalos etadi.

Qon bosimida
Yuqori qon bosimidan qiynaladigan insonlarga jismoniy mashqlarni qoldirmay bajarish tavsiya etiladi. Bularning orasida yugurish ham bor. Natijada yuqori xolesterin va diabetga chalinish xavfi kamayadi.

Yurak kasalliklarida
Har kuni 5 daqiqa yugurgan odamda yurak-qon tomir kasalligi xavfi yo‘qoladi. Shu sababli ular orasida uzoq umr ko‘ruvchilar soni ko‘p bo‘ladi. Biroq faqat vaqt topilganda yugurish, ba’zida uyquni afzal bilish ijobiy natijaga erishishga to‘sqinlik qiladi.

Uzoq umr ko‘rishda
Muntazam tongda yugurish o‘rta hisobda inson umrini 3 yilga uzaytiradi. Buni jismoniy mashqlar bajaradigan va bajarmaydigan insonlar o‘rtasidagi farqlar orqali ham bilish mumkin.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 27 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: foydali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar