Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Tailandda harbiy tomonidan savdo markazida uyushtirilgan ommaviy qotillik sababi ma’lum bo‘ldi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 23.02.2020
Tailandda harbiy tomonidan savdo markazida uyushtirilgan ommaviy qotillik sababi ma’lum bo‘ldiTailandning Nakxonratchasima shahrida harbiy xizmatchi Jakrapant Tomma tomonidan amalga oshirilgan ommaviy qotillik sababi oshkor bo‘ldi. Tailandlik harbiy ko‘chmas mulk bilan bog‘liq shartnomadagi adolatsizlikdan jahli chiqib, ushbu jinoyatga qo‘l urgan. Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha ushbu ma’lumotni tasdiqlagan, deb yozmoqda Reuters'ga tayanib Daryo.

Chan-Ochaning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma bo‘yicha kelishmovchilik jinoyatni sodir etgan kapral va uning qarindoshi bo‘lgan harbiy qism boshlig‘i o‘rtasidagi nizoga sabab bo‘lgan.


U komandirini savdo markaziga yetib borguniga qadar otib tashlagan.

Chan-Ochaning aytishicha, savdo markazidagi otishma oqibatida 26 nafar odam halok bo‘lgan, jinoyatchi maxsus operatsiya paytida o‘ldirilgan. 52 nafar odam turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Теги: Dunyo, yangiliklari, kunlik

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.