наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 30
Гостей: 30
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:54
Svetoforning zarari qancha?
May oyining boshida Toshkent shahri Bunyodkor shoh ko‘chasining mashinalar o‘ta serqatnov qismida – «Novza» masjidi ro‘parasida svetofor paydo bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ushbu svetofor Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilib, shahar hokimining qarori bilan Bunyodkor shoh ko‘chasining 3,3 kilometriga o‘rnatilgan.

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yil avgust oyida Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan Muqumiy ko‘chasi chorrahasida ko‘prik qurilgan edi. Bu qatnovni qanchalik yaxshilagani, tirbandlikning oldini olganini, odamlarning vaqtini tejash, oz bo‘lsada benzin sarfini, atrof-muhitga zaharli gazlar chiqarilishini kamaytirishda nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lganini ortiqcha izohlab o‘tirishga hojat bo‘lmasa kerak.

Qarangki, shahar mutasaddilari bu ishlardan mutlaqo xabarsiz, shaharda tirbandlikning oldini olish bugun naqadar muhim muammoga aylanganini bilmaydi shekilli, shu ko‘prikdan shundoq tushib kelish joyiga sun’iy to‘siq – svetofor o‘rnattirib qo‘yibdi. Oqibatda kunning tig‘iz paytlarida yo‘l o‘tkazgichning usti, hatto unga chiqish qismi avtomashinalarga to‘lib ketdi.



Ayrim hollarda yo‘l o‘tkazgich ustida, unga chiqish qismida og‘ir yuki bilan o‘nlab yuk avtomobillari ham to‘xtab qoldi. To‘xtab qolgan yuk avtomobilining qo‘zg‘alishi ham oson emas. Ayniqsa yuqoriga qarab harakatlanishda. Bunday paytda uning ustidagi 20 tonna, 40 tonna yuk yo‘l o‘tkazgichga qanchalik katta bosim berishini tushunish uchun mexanik yoki muhandis bo‘lish shart emas nazarimizda. Bunday holat surunkali davom etishi har qanday mustahkam yo‘l o‘tkazgichni ham ishdan chiqarishi, hatto qulab tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislarning aytishlariga qaraganda bu yo‘l bir soatda 8-10 ming avtomobilni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Lekin kunning tig‘iz vaqtlarida bundan ancha ko‘p avtomobil o‘tib-qaytadi. Endi svetoforning qizil chirog‘i 30 soniya yonib turganda qancha tirbandlik hosil bo‘lishi, odamlar qancha vaqt yo‘qotishi, avtomobillar atrof-muhitga qancha zaharli gaz chiqarishi, bundan yo‘lning har ikkala tomonida joylashgan ko‘p qavatli uylarda yashaydigan odamlarga qancha zarar yetishini o‘zingiz tasavvur qilavering.

Butun dunyo shaharsozligida ko‘priklar, yer osti o‘tish yo‘llarini ko‘paytirish orqali svetoforlarni kamaytirish hamda tirbandlikning oldini olishga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Bizning mamlakatimizda ham keyingi vaqtlarda bunga alohida e’tibor berilmoqda.

Bunyodkor ko‘chasi yo‘l o‘tkazgichlar, yer osti yo‘llari eng ko‘p ko‘cha bo‘lsa kerak. Ushbu ko‘chaning Qatortol 1-tor ko‘cha bilan kesishgan qismida (Toshkent shahar davlat bojxona qo‘mitasi binosi oldida) chorrahada svetofor o‘rnatilgan. Shundan keyin to Zulfiyaxonim va Sebzor ko‘chalari chorrahasiga qadar, ya’ni 8,5 kilometr yo‘lda bir dona ham svetofor qolmagan edi. Shu masofada 5 ta ko‘prik, 2 ta yer osti yo‘li bor.

Ular davlat byudjetidan milliard-milliard mablag‘ sarflab nima maqsadda qurilgan? Albatta qatnovni yaxshilash, tirbandlikning oldini olish, odamlarning vaqtini tejash, atrof-muhit sofligini asrash... maqsadida.

Ana shunday bir sharoitda shaharning eng serqatnov ko‘chasiga (e’tibor bering chorraha bo‘lmagan, yo‘l o‘tkazgichdan tushish joyi) svetofor o‘rnatib, sun’iy tirbandlik hosil qilish kimga kerak bo‘lib qoldi ekan?

Bunga ehtiyoj bo‘lganda ham mayli edi. Axir shu svetofor o‘rnatilgan joydan atigi 100 metr masofada keng va yorug‘ yer osti piyodalar o‘tish yo‘li bor! U nima uchun qurilgan?

Bugun yana shu ko‘chadan o‘tdim. Yana o‘sha tirbandlik. Kun issiq, haydovchilar asabiy. Yaqin borib bildikki, bu tirbandlik svetoforning qizil chirog‘i yongani uchun emas, balki, svetoforni olib tashlash uchun 40-50 ishchi va bir necha texnika ishlayotgani uchun ekan.

Har tugul shahar mutasaddilari ushbu svetoforni o‘rnatish haqidagi o‘z qarorlari noto‘g‘ri chiqarilganini tushunib yetibdi.

Endi o‘ylab ko‘ring shahar mas’ullari svetofor o‘rnatish haqida qaror chiqarishdan oldin uning oqibatini nahotki o‘rganmadi? Yoki bu shunchalar qiyinmidi?

Shu svetoforni o‘rnatish va olib tashlash uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetidan qancha mablag‘ (odamlar peshona teri evaziga to‘plangan pullar) sarf bo‘ldi (havoga uchdi) ekan. Bunga ketgan mablag‘, ishchilarning vaqti, mehnati boshqa joyga sarflanganida qancha bino ta’mirlanishi, qancha yer obod bo‘lishi mumkin edi?

Shahar hokimligi mas’ullari bundan keyin har bir qarorni avval oqibatini yaxshilab o‘ylab ko‘rib, keyin chiqarsa yaxshi bo‘lar edi...
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 77 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: foydali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar