наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 18
Гостей: 18
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:24
Stressdan chiqqan ayol (Hayotiy hikoya)
Sevgi azobi, xiyonat qiynog‘idan kuygan Latifa endi bir yo‘l bilangina bu og‘riqlardan qutulmoqni ixtiyor etdi. U qishlog‘idagi hamma vahima bilan gapiradigan jarlik tomon yo‘lini burarkan uning oldida faqatgina birgina chora o‘zina halok etish edi. Go‘yo uning uchun o‘lim barcha g‘amlariga davo edi. Mana o‘sha vahimali jarlikka ham yetib keldi.

Eheye juda qo‘rqinchli, chuqur joy. Bu yer go‘yo ajal vodiysi. Qancha odamlar o‘zini qurbon qilgan, hatto jasadlari ham yo‘q bo‘lib ketgan botqoqlik. Lattifaning shu tobda ko‘ziga hech narsa ko‘rinmaydi. U ko‘zlarini chirt yumadiyu o‘zini jarlik bag‘ri tomon otishi bilan barcha azoblari tugaydi. Ana shu xayollar bilan endigina uchishga shaylangan qizni nogoh bir ovoz to‘xtatdi.

- Qizim soatim buzilib qolibdi. Go‘yo vaqt to‘xtab qolgandek nechi bo‘lganini aytolmaysizmi. Men vaqtni bilishim kerak, zarur ishim bor edi. Bu shu atrofda qo‘y boqib yuradigan Salim mo‘ysafidning ovozi edi.
Qizning xayoli bo‘lindi. Ko‘z oldidagi zulmat pardalari ko‘tarilgandek chol tarafga qaradi. Bilmadim menga endi vaqtning farqi yo‘q. Qiz mayus yerga tikildi.

- Qizim aqlli qizga o‘xshaysan o‘zimni oyoqlarim og‘riyapti. Kelib soatimni ko‘rib berolmaysanmi. Mo‘ysafid bilardiki, u qizni oldiga borsa u o‘zini olib qochib jarlikka o‘zini otadi. Shuning uchun bu chorani qo‘llagandi.
Latifa nima qilishni, nima deyishni bilmasdi. Ilojsiz ortga qadam tashladi.

- Nima bo‘ldi o‘zi?
- Hayronman soatimni strelkasi yurmay qoldi. Xayoli boshqa tomonga sochilgan Latifa soatni buradi. Shu ondayoq soat strelkasi yurib ishlab ketdi. Bundan Latifa ham mo‘ysafid ham xursand bo‘lib ketdi.

- Ana otaxon soatingiz ishladi. Omadingiz bor ekan.
- Raxmat qizim. O‘zing bu yerda nima qilayotganding uni nima qilayotganini bilsada atay savolga tutdi. Qizning shu tobda ruhiy stressi tarqab ulgurgandi.

- Ha otajon armon, dardlarimni bu jarlikka uloqtirgani kelgandim. Bu ishim bitdi. Endi ortga qaytib baxtli yashashga qaror qildim.
- Voy qizim senga qanday rahmat aytsam ekan-a meni og‘ir vaziyatdan qutqarding. Men soatsiz, vaqtni bilmay yasholmasdim. Salim mo‘ysafid qizga minnatdorona termuldi.
- Asli sizga raxmat otaxon meni hayotimni saqlab qolganingiz uchun tashakkur. Latifa xizrday uchragan bu choldan o‘zini go‘yo qarzdordek his qilardi.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 23 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Hidoyat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar