наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 18
Гостей: 18
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

15:19
Ronaldu: "Real"dan ketganimdan afsusdaman
"Yuventus" xujumchisi Krishtianu Ronaldu "Marca" nashri tomonidan "Afsona" sovrini bilan taqdirlandi va 5 ta bolakayning savollariga javob qaytardi. Bolalar turli xildagi jamoalar libosida edi.

Birinchi savolni Klaudia ismli, Portugaliya libosidagi qizaloq berdi: "Siz bolaligingizda, tarixda eng zo‘r bo‘lishingiz va ko‘plab yutuqlarga erishishingizni bilganmisiz?"
Ronaldu: "Yo‘q, bu haqida xech qachon o‘ylamaganman. Men professional futbolchi bo‘lishni orzu qilganman."

Keyingi savolni "Manchester Yunayted" libosidagi Gonsalo ismli bolakay berdi: "Siz ko‘proq Manchesterni sog‘inasizmi yoki Madridnimi?"
Ronaldu: "Men ikkalasini judayam sog‘inaman, ammo Madridda ko‘p vaqtim o‘tgan, farzandim dunyoga kelgan, shuning uchun ko‘proq Madridni sog‘inaman."

Navbatdagi savolni Lissabonning "Sporting" libosidagi, Isiara ismli qizaloq berdi: "Yevro-2016 chempionligi bu faoliyatingizdagi eng katta yutuqmi?"
Ronaldu: "Barcha sovrinlarim muhim. Balki bu haqiqatdan ham eng yaxshisidur. Bilasiz buni yutish birmuncha qiyinroq. Balki bu faoliyatimdagi eng muhim sovrindir."

"Real" libosidagi Xorxe murojaat qildi: "Real"dan ketganingizga afsusdaman."
Ronaldu kulib qo‘ydi va javob qaytardi: "Ha, men ham afsusdaman."

So‘nggi bo‘lib, "Yuventus" libosidagi Marko ismli yigit savol berdi: "Yuventus" ushbu mavsum Yevropa Chempionlar Ligasini yuta oladimi?"
Ronaldu: "Bilmadim. Biz doimgidek harakat qilamiz. Umid qilaman "Yuventus" chempion bo‘ladi."
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 31 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Sport, kunlik, yangiliklari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar