наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 22
Гостей: 22
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

08:47
«Real» Madrid derbisida «Atletiko»ni mag‘lub etdi
Ispaniya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan «Atletiko» – «Real» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Vanda Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv keskin ruhda boshlandi, ilk daqiqalarda mehmonlarning hujumlari xavfli tus oldi. 16-daqiqada «Real» futbolchilari standard vaziyatdan so‘ng hisobda oldinga o‘tib olishdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Serxio Ramos boshi bilan Kazemiroga tashlab berdi, braziliyalik futbolchi esa qaychi uslubida zarba yo‘llab darvozani aniq nishonga oldi.

25-daqiqada mezonlar tezkor hujumdan so‘ng muvozanatni tiklashdi. Vinisius Juniordan to‘pni olib qo‘ygan Anxel Korrea aniq uzatma bilan Antuan Grizmanni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, fransiyalik hujumchi sobiq jamoadoshining oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib hisobni tenglashtirdi. Avvaliga gol ofsaydan kiritildi deb hisobga olinmadi, biroq videotakrorlardan so‘ng futbolchilar bir chiqizda turgani ma’lum bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Vinisius chap qanotdan tezlik oldi jarima maydoniga yorib kirayotgan vaqtda Ximenes tomonidan qo‘pollik bilan to‘xtatildi. Natijada belgilangan penaltini Serxio Ramos aniq bajardi.

Ikkinchi bo‘lim biroz sokinlikda boshlangan bo‘lsada, vaqt o‘tgan sayin keskinlik yana ortib bordi. 74-daqiqada Luka Modrichdan uzatma qabul qilib olgan Garet Beyl jarima maydoniga yorib kirdi va aniq zarba bilan jamoasining uchinchi golini urdi.

80-daqiqada maydon egalari bir kishi kam bo‘lib qoldishdi. Tomas Parti Kroosga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynadi va ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar dahlsiz qoldi.
Shu tariqa, «Real» ochkolarini 45taga yetkazib oldi va «Atletiko»ni (44) ortda qoldirgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘trilib oldi.

La Liga, 23-tur
Atletiko – Real Madrid 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 16 Kazemiro, 1:1 – 25 Grizmann, 1:2 – 42, penalti Ramos, 1:3 – 74 Beyl.

Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Aryas, Godin, Parti, Saul, Lemar (Vitolo, 59), Korrea (Rodri Ernandes, 65), Morata (Kalinich, 71), Grizmann.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Vaskes, Kroos (Sebalos, 84), Vinisius Junior (Beyl, 57), Benzema (Dias, 89).
Ogohlantirishlar: Vaskes (22), Grizmann (24), Ximenes (41), Lyuka Ernandes (58), Parti (62), Regilon (64), Modrich (66), Morata (68), Saul (72).
Chetlatish: Parti (80).
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 10 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Sport | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar