наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 74
Гостей: 74
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:16
Qoshiqchining o‘limi tafsilotlari: vahimaga tushgan agentlar uni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ygan
Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida halok bo‘lgan jurnalist Jamol Qoshiqchini agentlar vahima ko‘tarilgan vaqtda tasodifan bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ygan. Bu haqda Saudiya Arabistoni hukumatidagi yuqori martabali manbaning «Reuters» agentligiga bergan ma’lumotiga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, dastavval jurnalistni o‘ldirish rejasi bo‘lmagan. Podshohlik rasmiylari tomonidan Turkiyaga yuborilgan 15 kishi Qoshiqchini Saudiyaga qaytishga ko‘ndirishi lozim bo‘lgan. Uchrashuv vaqtida ular jurnalistga tahdid qilishni boshlashgan, uni narkotiklar bilan mast qilib, o‘g‘irlab ketishlarini aytishgan. Jurnalist qarshilik ko‘rsata boshlagan, xonadan qochib, yordam chaqira boshlagan, buning natijasida agentlar vahimaga tushib qolgan. Ular bor-yo‘g‘i Qoshiqchining og‘zini yopib qo‘yishga harakat qilishgan, biroq qaltisroq harakat qilib, uni o‘ldirib qo‘yishgan.

Xatoni yashirish maqsadida qotillar murdani gilamga o‘rib, konsullik avtomobilida diplomatik missiyadan tashqariga olib chiqib ketishgan va asli istanbullik «mahalliy hamkor»ga topshirishgan. Jinoyat ishtirokchilaridan biri videokuzatuv kameralari jurnalist go‘yoki binoni tark etayotganini yozib olishi uchun Qoshiqchining liboslarida tashqariga chiqqan.

Qoshiqchi Amerikaning The Washington Post gazetasida sharhlovchi sifatida ishlar va 2017 yildan beri AQShda yashab kelayotgan edi. U 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga kirib ketganidan so‘ng, bedarak yo‘qolgan edi.

Keyingi ikki hafta davomida Saudiyaning Turkiyadagi diplomatik missiyalari rahbarlari jurnalist idorani tark etganini ta’kidlab keldi. Shanbaga o‘tar kechasi esa Saudiya Arabistoni davlat OAVlari mamlakat bosh prokurori axborotini e’lon qildi, unga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha Qoshiqchi o‘lgan, uning o‘limiga esa konsullik xodimlari bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Ushbu ish bo‘yicha hozirgacha kamida 18 kishi qo‘lga olingan. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ushbu qotillik yuzasidan izoh berarkan, jinoyatchilar o‘z «vakolatlarini suiiste’mol qilganliklari»ni ta’kidlab o‘tgan. Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bir Abdul Aziz as-Saud va valiahd-shahzoda Muhammad bin Salmon halok bo‘lgan jurnalistning oila a’zolariga telefon orqali hamdardlik bildirgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 56 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: yangiliklari, Dunyo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar