наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 25
Гостей: 25
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:01
Qo‘l kaftida aks etuvchi 10 kasallik
Qo‘l barmoq suyaklari holati hamda bo‘g‘im og‘riqlari, qo‘l terisining quruqlashishi, achishishi, toshma toshishi – bularning barchasi organizmdagi ichki kasalliklardan darak bo‘lishi mumkin. Quyida qo‘llar holatiga ko‘ra salomatlikdagi o‘zgarishlar haqida bilib olasiz.

Sahifa mutaxassisi: Nodira HAMROYeVA, 1-Markaziy maslahat – tashxislash poliklinikasi terapevti, oliy toifali shifokor.

QO‘LLAR TITRASA...

Qo‘llar titrashining bir qancha sabablari bor. Masalan, ayrim turdagi dori preparatlarini uzoq muddat qabul qilish qo‘llarda titroqni keltirib chiqaradi. Bunday preparatlarga antidepressantlarni kiritish mumkin. Shuningdek, kishi kuchli psixo – emotsional holatda bo‘lganida ham qo‘llarda titroq paydo bo‘ladi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, organizmga kofein kelib tushishi me’yordan oshsa, qo‘llarda yengil titroq kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, bir yoki ikkala qo‘lda titroq sezilishi Parkinson kasalligining ilk belgilari bo‘lishi mumkin. Ushbu xastalik asab faoliyatida ekstrapiramid tizimi zararlanishi asoratida kelib chiqadi. Qo‘llar titrashi parkinsonga taxmin qilinganida nevrolog ko‘rigi tavsiya etiladi.

BUYRAK KASALLANGAN BO‘LSA...

Bu haqida tirnoq plastinkasi rangining o‘zgarishiga qarab bilib olish mumkin. Agar tirnoq yuzasi hech bir tashqi ta’sirlarsiz (tirnoq sinishi, jarohatlar) qorayib borsa, buyraklarni tekshirish kerak. Odatda, buyragi xasta kishilarda tirnoq plastinkasining tabiiy rangi o‘zgaradi. Shuningdek, tirnoq yuzasida vertikal, yaqqol ko‘zga tashlanuvchi chiziq ko‘rinib qolsa, tibbiy ko‘rik maqsadga muvofiq. Ushbu holat melanoma alomati bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari tirnoq rangining o‘zgarishi zamburug‘ kasalliklarida ham kuzatiladi.

YuRAGINGIZ OG‘RIMAYDIMI?

Chap ko‘krak qafasida boshlangan og‘riq, chap qo‘lga tarqalsa va qo‘l barmoqlari zirqirab og‘risa, yuragingizni tekshirtiring! Bu yurak qon – tomir kasalliklarining keng tarqalgan belgilaridan biridir.

Shuningdek, qo‘l berib ko‘rishgan mahali bilak kuchiga baho berish orqali ham yurak holatini bilish mumkin ekan. Aytilishicha, yuragi baquvvat odamning bilak kuchi ham shunga mos bo‘ladi. Aksincha, yurak kasalliklari xavfi mavjud bo‘lganida bilak kuchi u qadar sezilmaydi.

GIPERTONIYa XAVFI

Arterial qon bosimining oshishiga moyillikni qo‘l barmoqlari yostiqchasiga ko‘ra aniqlash mumkin. Ya’ni, barmoq yostiqchalari chiziqlari jimjimali bo‘lsa, kishida gipertoniyaga moyillik mavjud bo‘lishi mumkin ekan. Gap shundaki, barmoq izi, homiladorlikning ma’lum davrida yuzaga keladi. Va ayni jarayon qon bosimiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bir qancha omillar ishtirokida amalga oshadi.

KAMQONLIK BELGISI

Ko‘z pastki qovog‘i shilliq qavati qon tomirlariga boy «joy» hisoblanadi. Anemiyada ana shu soha ocharadi. Yuz va qo‘l terisi rangpar tusga kiradi. Tirnoq plastinkasi sinuvchan bo‘lib qoladi. Bundan tashqari qo‘l va oyoqlar tez – tez uvishadi. Ushbu alomatlar qonda gemoglobin miqdorini aniqlash uchun yetarli asosdir.

Shuningdek ...

- Qo‘l (oyoqlarda ham) barmoq uchining doim muzlab qolishi – qon aylanishi tizimining buzilishi hamda ateroskleroz xavfidan darak beradi.
- Podagra va revmatizmda qo‘l barmoqlari ishib qoladi, shakli o‘zgarishi mumkin.
- Kuchli stress, depressiya alomati – bu qo‘l terisining yaqqol ocharib qolishidir.
- Qo‘l barmoqlarining terlashi ichki kasalliklar, shuningdek, yurak qon – tomir xastaliklariga ishora qilishi mumkin.
- Qo‘l terisining quruqlashishi, ko‘pincha, vitamin tanqisligi, yetarlicha suyuqlik qabul qilmaslik va noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida kelib chiqadi.

N.Ilyosova tayyorladi
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 37 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Salomatlik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar