наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 22
Гостей: 22
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

19:57
Prezident avtomobil transportida yuklarni tashish bo‘yicha yangi qaror imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Moliya vazirligining 2019-2021 yillar davrida avtomobilda xalqaro yuk tashish uchun foydalaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashiydigan tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilarni berishni nazarda tutuvchi mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan katta yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olishda milliy tashuvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibini joriy etish:

tijorat banklarining jalb etiladigan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida, biroq 5 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi, biroq 3 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya berish;

tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 2 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafillik berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Belgilanishicha:

ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat o‘tmagan katta yuk avtotransport vositalari, shuningdek, ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 6 yildan ortiq muddat o‘tmagan tirkamalar va yarim tirkamalar tijorat banklari tomonidan ularni kreditga sotib olishda har ikki tomonning roziligi bilan garov ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkin;

soliq solish maqsadida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yuqori massasi 12 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari (samosvallardan tashqari), o‘tirgichli tyagach (shatak), shuningdek, maksimal massasi 10 tonnadan ortiq bo‘lgan tirkamalar va yarim tirkamalarning yillik cheklangan amortizatsiya normasi 10 foizni tashkil etadi;

milliy tashuvchilarga sotish uchun katta yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni import qilish texnik topshiriqlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda majburiy ekspertiza qilmasdan va ro‘yxatdan o‘tkazmasdan amalga oshiriladi.

Belgilanishicha, bitta avtotransport vositasi hisobiga yuk tashish bo‘yicha xizmatlar eksportidan bir yilda 20 000 AQSh dollaridan ortiq tushum olgan milliy tashuvchilarga ularning arizasi bo‘yicha xalqaro tashishlarda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga choraklar bo‘yicha taqsimlangan ruxsatnomalar soni doirasida xalqaro avtomobilda tashishga aniq bir davlatning 2 ta ruxsatnomasi beriladi.

Bunda, tashuvchi tomonidan oldingi hisobot yilida xalqaro avtomobilda tashishga olingan xorijiy va (yoki) ko‘p tomonlama ruxsatnomalar sonining kamida 70 foizidan foydalanish ushbu norma qo‘llanishining majburiy sharti hisoblanadi.

Xorijiy va (yoki) ko‘p tomonlama ruxsatnoma berilganligi uchun yig‘im miqdori ruxsatnoma berilgan sanada O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisob-kitob miqdorining to‘rtdan birigacha pasaytiriladi.

Milliy tashuvchilarga (rezidentlarga):

a) norezidentlardan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida naqd xorijiy valyutani transport ekspeditsiyasi shartnomalari (yuklarni tashish) bo‘yicha haq to‘lash hisobiga olishga, olingan summani O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida ochilgan o‘zining xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlariga o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda, xalqaro tovar-transport yuk xati xalqaro tashishlar bajarilganligining tasdig‘i hisoblanadi;

b) yuklarni xalqaro avtomobilda tashiydigan haydovchilarga xizmat safarida, shu jumladan, yo‘lda bo‘lgan vaqtda ular tomonidan turar joy ijarasi va sutkalik xarajatlarni har bir sutka uchun tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etmasdan umumiy to‘lov shaklida:

O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan vaqt uchun – belgilangan bazaviy hisob-kitob miqdorining 50 foizigacha;

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan vaqt uchun – 60 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda qoplashga ruxsat berildi.

“O‘zavtosanoat” AJning “JV MAN – Auto Uzbekistan” MChJ QK va “UzAuto Trailer” tomonidan ishlab chiqarilgan yangi mahsulotlar mahsulot qiymatiga inflyatsiya darajasi doirasida tuzatish kiritish imkoniyati bilan ikki yilgacha muddat bilan to‘lovni foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga 1957 yil 30 sentyabrda Jeneva shahrida imzolangan Yevropa xavfli yuklarni yo‘llarda xalqaro tashish to‘g‘risidagi bitimga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi bo‘yicha taklif kiritadi.

Moliya vazirligi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga milliy tashuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta polislarini “Yashil xarita” xalqaro tizimi bo‘yicha sotib olish uchun shart-sharoitlarni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ikki oy muddatda Yevro-3, Yevro-4 va Yevro-5 standartlari dizel yoqilg‘isini import qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish uchun tadbirkorlik sub’ektlarini va xorijiy kompaniyalarni ularning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan holda jalb etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘radi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 15 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar