наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 22
Гостей: 22
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:26
«Ozodlik»ning muxbiri Toshkentga kelishi bilan deportatsiya qilindi
«Ozodlik» nashrining muxbiri, «Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmati xodimi Umid Bobomatov 4 iyun kuni Toshkentga kelishi bilan O‘zbekistondan deport qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

«4 iyun kuni Toshkentga yetib kelishim bilan hech qanday izoh, protocol, imzo va boshqa rasmiyatchiliklarsiz meni mamlakatdan chiqarib yuborishdi», — deya yozadi muxbir o‘zining Facebook sahifasida.

Postiga qo‘shimcha qilib, unga deportatsiya qilishda berilgan hujjatning rasmini ham joylagan. Unda «Ushbu hujjat egasi O‘zbekiston respublikasiga kirishi ma’n qilindi», — deb yozilgan.

Ushbu hujjat bilan jurnalistni Moskvadan Toshkentga olib kelgan Uzbekistan Airways samolyoti uni qaytarib Moskvaga olib ketgan.

Ushbu hujjat «ikkiyoqlama tekshirish»ni yuzaga keltirgan. Moskvaga yetib borgach, jurnalistni Rossiya xavfsizlik xizmati xodimlari ham so‘roq qilgan.

Umid Bobomatov deportatsiyaning sababi hozircha noma’lum ekanini, ammo kasbiy faoliyati bilan bog‘liqligini xabar qilgan.

«Meni mamlakatdan chiqarib yuborish bilan bog‘liq ishlarning barini men va mening hamkasblarim uchun yashirin tahdid, ogohlantirish sifatida qabul qilaman. Hamda bu tahdidlar O‘zbekistonda «ochiqlik, demokratik g‘oyalarga sodiqlik, so‘z erkinligi va korrupsiyaga qarshi kurash» haqidagi balandparvoz gaplarning fonida sodir bo‘lmoqda», — deydi jurnalist.

Rossiya fuqarosi Umid Bobomatov «Ozodlik»ning Moskvadagi muxbiri bo‘lib ishlaydi. Radiostansiyaning xabar berishicha, ilgari u O‘zbekistonga muntazam ravishda tashrif buyurgan.

May oyida O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «Ozodlik»ning ish uslubini tanqid qilib, ularni umume’tirof etilgan jurnalistik axloq me’yorlariga zid deb atagan edi.

Xususan, agentlik rahbari Komil Allamjonov «Ozodlik» tahririyatining noxolis va asosan ishonchsiz materiallarni nashr etishga qaratilgan bir yoqlama va yanglish siyosati jamoatchilik, umuman global auditoriyaning chalg‘ishiga sabab bo‘lib, bu vaziyat ko‘plab savollarni keltirib chiqarishini aytgan.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 74 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar