Главная » 2018 » Mart » 31 » Olimlar insultni o'ttiz soniya ichida aniqlab bera oluvchi uskuna yaratishdi…
08:01
Olimlar insultni o'ttiz soniya ichida aniqlab bera oluvchi uskuna yaratishdi…
Uskuna «VIPS» deb nomlanib, uni Shimoliy Karolina tibbiyot universiteti olimlari yaratishdi. Uskuna yordamida odam oranizmidagi, aniqrog'i, miyadagi jiddiy o'zgarishlarni juda qisqa fursatda aniqlab olsa bo'ladi. Tadqiqotlar davomida olimlar 250 nafar ko'ngillida uskunaning ahamiyatini nazoratdan o'tkazishdi. U insultga uchragan odamning miyasiga ulanganda, trevoga signali ishga tushdi.

— Biz yaratgan uskuna, — dedi olimlardan biri. — Radioto'lqinlar yordamida miyadagi suyuqliklar harakatini kuzatadi. Insultga duch kelgan odamning miyasidagi bu suyuqliklar harakatida salbiy o'zgarishlar ko'zga tashlanadi. O'zgarish qancha jiddiy bo'lsa, miya shuncha ko'p ziyon ko'rgan bo'lib chiqadi. Yangi uskuna xuddi shu o'zgarish ko'magida insultni aniqlaydi.
Категория: Tibbiyot olami | Просмотров: 55 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Tibbiyot, olaimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar