наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 30
Гостей: 30
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:42
O‘zingizni yaxshilik sari o‘zgartirishning 5 usuli
O‘zingiz uchun chiqish joyini qoldirmang
Tasavvur qiling, bir odam shirinlik iste’molini bas qilmoqchi. U o‘ziga har kuni bu borada va’da beradi. Natijada esa kun bo‘yi miyasida bir fikr aylanaveradi. Shuning uchun ham salbiy odatdan xalos bo‘lish ancha mushkul.

Agar haqiqatan ham o‘z xulqingizni o‘zgartirishni istasangiz, biror narsani 98 foizga amalga oshirish mumkinligi haqidagi g‘oyadan xalos bo‘ling.

Muntazamlik juda muhim, aks holda kuchingizni o‘zingizni rag‘batlantirishga sarflaysiz. O‘zingizga va’da berasiz, biroq chiqish yo‘lini qoldirasiz. Shu tariqa o‘zingizga qo‘lingizdan kelmasligi borasidagi fikrni singdirasiz.

Biroq siz o‘ylaganingizga qaraganda kuchliroqsiz. Sizga chiqish joyi kerak emas, shundoq ham qo‘lingizdan keladi. Albatta, rivojlanish jarayoni mushkul bo‘ladi, xuddi o‘zingizning bir qismingizni o‘ldirayotgandek tuyuladi. Xuddi shunday: siz yangi qismlar o‘sib chiqishi uchun eski qismlarni o‘ldirasiz.

Hayotingizning qolgan qismlarini o‘zgartirish uchun bir qismini o‘zgartiring
Odam hayotining muayyan qismida adashib yurgan bo‘lsa, to‘g‘ri yo‘l tutolmaydi.
Maxatma Gandi

Hayotning bir sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar, hatto juda kichik bo‘lsa ham kuchli ishtiyoq beradi. Muhimi – olingan ishtiyoqdan foydalanish va har kuni boshqa sohalarni o‘zgartirish. Masalan, har kuni men o‘zimga quyidagi savolni beraman: «Men jismoniy, ruhiy, hissiy salomatlikni hech bo‘lmaganda 1 foizga yaxshiladimmi?»

Yaxshi bo‘lib borgan sari yanada rivojlanishni istaysiz. Qancha ko‘p o‘qisangiz, yanada ko‘proq narsalarni bilishingiz mumkinligini anglaysiz. Bugun yaxshiroq kishiga aylanganingizni tushunish sizga qanot beradi. Tasavvur qiling-a, ertaga yana nimalarga erishishingiz mumkin!

Nimadan boshlashni bilmayapsizmi, qo‘rqmang. Muhimi – biror narsadan boshlash. Ha, o‘zgarishlar bir martada sodir bo‘lmaydi, biroq ular birgina harakatdan boshlanadi.

Istalgan narsaga erishishingiz mumkinligiga ishoning
Ishonchingizdan ortig‘iga erishmaysiz. Shuning uchun ham birinchi navbatda o‘zingiz ishonadigan fikrlarni o‘zgartiring.O‘z-o‘zingizdan so‘rang:

- Ulkan maqsadlarim yetarlimi? (Yoki umuman menda katta maqsadlar bormi?)
- Agar ularni 10 marta ko‘paytirsam nima bo‘ladi?
- O‘z muvaffaqiyatimga ishonamanmi? Yoki o‘zimni shunday tutamanmi?

Ko‘pchilik hayoti g‘aroyib bo‘lishiga ich-ichidan ishonmaydi. Ideal kelajak intilish kerak bo‘lgan maqsad sifatida namoyon bo‘lmaydi. Biroq agar o‘z odatlaringizni o‘zgartirib, rivojlanishni istasangiz, yaxshiroq bo‘lishingiz mumkin. O‘zingizda mavjud bo‘lganidan kattaroq va yaxshiroq narsani tasavvur qilishga harakat qiling

Atrofingizni o‘zgartiring
Agar atrofimizni shakllantirmasak va nazorat qilmasak, uning o‘zi bizni shakllantirib, nazorat qiladi.
Marshall Goldsmit, murabbiy

Yillar davomida shakllangan odatlarni yengish uchun istakning o‘zi kifoya deb o‘ylashga odatlanganmiz. Biroq agar atrof-muhit o‘zgarishsiz qolsa, xulqingiz o‘zgarishini kutish kerak emas.

Albatta, atrofni o‘zgartirish oson emas. Hatto ayrim jihatlarni o‘zgartirish imkonsizdek ko‘rinadi – bu tabiiy. O‘zgartirishingiz mumkin bo‘lgan narsadan boshlang.

Har kuni yaxshiroq qarorlar qabul qiling
Asosiy muammo shundaki, natijani ko‘rishga sabrimiz chidamaydi. Muntazam kichik yutuq bizga muvaffaqiyat bo‘lib ko‘rinmaydi. Shuning uchun ham o‘zgarishga bo‘lgan intilishlarni ham yarim yo‘lda to‘xtatamiz. Tezkor natijalarni ko‘rmagani sababli odamlar yengiladi va eski odatlariga qaytadi.

Biroq inson juda moslashuvchan. Siz o‘zingizdagi istagan narsani o‘zgartirishingiz va moslashtirishingiz mumkin. Siz tasavvur qilgan ideal hayotning iloji bor. Yaxshiroq odamga aylanib, istagan narsaga erishish uchun har kuni kechagiga qaraganda yaxshiroq qarorlar qabul qiling.​​​
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 66 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: foydali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar