наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:03
"O‘zbekistonning 100 nodir qo‘lyozmasi" asl vataniga qaytariladi
O‘zbekiston zamini azaldan dunyo tamadunining qadimiy beshiklaridan biri bo‘lib kelgan. Bu qadimiy yurtdan yetishib chiqqan allomalar, ularning betakror ijodi, yaratgan ilmiy va badiiy merosi bugun ham jahon ilm ahlini hayratlantirib kelmoqda. Ajdodlarimizning aqlu zakosi, teran tafakkuri, qalb qo‘riyu ko‘z nuri bilan yaratilgan durdonalarni bugungi kunda dunyoning turli hududlaridan, yuzlab yirik kutubxona va muzeylardan, shaxsiy koleksiyalaridan topish mumkin.

2018 yil 10-11 dekabr kuni Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va "Yo‘l xaritasi-2019"ni ishlab chiqishga bag‘ishlangan xalqaro multimediya forumi bo‘lib o‘tadi. Mazkur forumda dunyoning turli mamlakatlaridan 300 nafardan ortiq sharqshunos, tarixchi va san’atshunos olimlar, yirik muzey va kutubxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

– Forum kun tartibidan o‘rin olgan yangi loyihalardan biri “O‘zbekistonning 100 nodir qo‘lyozmasi” deb nomlanadi, deydi loyiha rahbari Firdavs Abduxoliqov. – Ushbu loyiha turli mamlakatlardagi ilmiy va madaniy muassasalarda saqlanayotgan, bevosita O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan qo‘lyozmalarni izlab topish va ularning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish bilan bog‘liq. Ayni paytga qadar mazkur loyiha doirasida bir qator durdona asarlarning faksimile nusxalari Yevropa texnologiyalari asosida ko‘paytirilib, yurtimizga olib kelindi.

Ular qatorida “Temur tuzuklari”, “Devoniy Husayniy”, “Me’rojnoma”, “Ravzatus-safo” singari noyob asarlarni misol keltirishimiz mumkin. Biz xorijiy mamlakatlarga qilgan ekspeditsiyalarimiz davomida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ajdodlarimizning bebaho asarlarini topdik. “O‘zbekistonning 100 nodir qo‘lyozmasi” loyihasi bo‘yicha ularning faksimle nusxalarini olish bo‘icha tegishli muassasalar bilan muzokaralar olib boryapmiz.

Hali yuzlab ana shunday nodir qo‘lyozmalar dunyoning turli hududlarida sochilib yotibdi. Ularning ayrimlari bizning ilmiy jamoatchiligimiz uchun sirligicha qolmoqda.

Loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad ham bu bebaho boylikni xalqimizga qaytarish, shu bilan birga O‘zbekistonning tarixiy haqiqatini, boy madaniy merosini, ma’naviy salohiyatini namoyish qilishdan iborat.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 30 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar