наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 17
Гостей: 17
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:16
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 9 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

9 iyun kuni bor kuch va imkoniyatlaringizni yaqinlaringiz bilan maroqli suhbatlarga sarflashingiz tavsiya etiladi. Ish bilan band bo'lib ularga kam vaqt ajratardingiz. Bugun to'yib suhbatlashish uchun qulay imkoniyat va vaqt yetarli. Asosiysi, bu suhbat rostakamiga totli o'tishini ta'minlasangiz bas. Salomatligingiz masalasida ehtiyot bo'ling. Shamollab qolishdan saqlaning. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun ishda ham, shaxsiy hayotda ham faolligingiz darhol ko'zga tashlana boshlaydi. Har qanday ishni uddalay olasiz. Ayniqsa, oila qurmagan bo'lsangiz, romantikaning ketidan quvishda sizga yetadigani bo'lmaydi. Lekin do'stlar bilan munosabatlaringizga sovuqchilik tushishi mumkin. Qaysidir do'stingiz bilan bo'lar-bo'lmasga janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Asabni asrang. Uni pulga sotib olib bo'lmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

9 mayda atrofdagilarni, u yaqiningizmi, begonami, baribir boricha qabul qiling. Bu janjallashmaslikning asosiy sharti hisoblanadi. Moliyaviy muammolar bugun faqat sizning foydangizga hal bo'ladi. Lekin pul ishlatishda me'yorni biling. Ayrimlar bugun kun davomida uy ta'miri bilan band bo'lishlari mumkin. Kechki payt sizni kimdir mehmonga chaqirishi mumkin. Spirtli ichimlik ichishdan tiyiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Ishda sustkashlikka aslo yo'l qo'ymang. Keyin afsuslanasiz. Oilada saxovatpeshaga aylaning. Afsuslanmaysiz. Miyangizga o'rlay boshlagan yomon xayollarni o'z vaqtida haydab solmasangiz, juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan janjallashib qolishingiz aniq. Yoga va yakkakurash sporti bilan shug'ullanish bugun faqat foyda beradi. Ko'ngli qora odamlardan o'zingizni olib qoching.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

9 iyun kuni ba'zi do'stlarimiz olis safarga otlanishi kutiladi. Bu rejalaringizni butkul o'zgartirib yuborishi mumkin. Ammo biling, safar sizga faqat iliq taassurotlarni hadya etadi. Oilasizlar bugun orzusidagi insonni uchratib tanishishi ehtimoldan xoli emas. Faqat hayajonga haddan tashqari keng yo'l bermang. U sizni yo'ldan adashtiradi. Kechqurun yaqin insoningiz uchun ham vaqt ajratsangiz, foydadan xoli bo'lmasdi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Kuningiz xayrli va omadli kechadi. Moddiy ahvolingiz hali tushlikka-da yetmay yaxshilanadi. Bu mukofot puli yoki boshqa bir bajargan ishingiz uchun haq bo'lib chiqishi ham haqiqatga yaqin. Shaxsiy biznesi borlarga tezlikni pasaytirmaslik tavsiya qilinadi. Sherikli biznesga ega bo'lsangiz, sherigingizga to'liq ishonaversangiz bo'ladi. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar hanuz atmosferada magnit bo'ronlari to'xtamaganini hisobga olgan holda harakatlar sodir etsinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

9 iyun siz uchun xavotirlarsiz, janjallarsiz va xafagarchilik, tushkunliklarsiz kechishi kutilmoqda. Agar kun bo'yi o'zingizni yomon his eta boshlasangiz, qo'rqmang. Bu holat o'tkinchi. Ovqatlanishda rejimni buzmasangiz, ko'cha ovqatini yemasangiz, hammasi yaxshi bo'ladi. Agar ishingiz bilan bog'liq sirli rejalaringiz bo'lsa, ularni boshqalarga gullab qo'ymang. Hozir do'stdan dushman ko'p. Rejalarni bloknotingizga yozib qo'ying. Chunki xotirangizga umuman ishonch yo'q.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Ertalab bilib-bilmay yovuz niyatli odamlar davrasiga aralashib qolishingiz mumkin. Bu ko'zingizni ochadi. Atrofingizni qurshab turganlar qanday odamlar ekanini anglab yetasiz va ularga qarshi kurashga otlanasiz. Bugun sport bilan shug'ullanish, tabiat qo'ynida dam olish va plyajda cho'milish xayrli kechadi. Ayrimlar kunning ikkinchi yarmida o'zi uchun kiyimlar xarid qilish ilinjida bozor aylanishi mumkin. Kechqurun yoqimli xabarlar eshitasiz.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

9 iyun kuni har jabhada tanaffuslarni boshdan kechirasiz. Bu tanaffuslar sizga eng yoqimli lahzalarni hadya etadi. Shaxsiy ish bilan boshqa shaharga borish, xorijga safar va xaridlar bugun muvaffaqiyatli kechadi. Ayollar esa kun mobaynida go'zallik saloniga borib tashqi ko'rinishiga zeb berishsa ham ziyon qilmaydi. Tanani chiniqtirishda suv bilan bog'liq muolajalar ish beradi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Bugun boshqalarning manfaatlarini deb shaxsiy rejalaringizni yo'qqa chiqarmang. Faqat bugungina o'sha rejalarni amalga oshirishingiz uchun qulay imkoniyatlar bor. Ijod kishilari shuhrat keltirishini bilib turishsa-da, bu yo'lda katta pul sarflashdan tiyilsinlar. Muhabbatda bugun omadingiz chopmaydigan bo'lib turibdi. Bu masalada duch kelgan bilan sirlashishdan ehtiyotingizni qiling

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

9 iyun kuni ertalabdan professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni bajarishda bir dunyo ilhomga egalik qilasiz. Yangidan-yangi loyihalarni muvaffaqiyatli tarzda hayotga tadbiq etishingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Oilaviy hayotda yetakchilikka intilmang. Yon bering. Tinch bo'lasiz. Kechqurun kitob o'qing, qiziqarli film tomosha qiling yoki ko'chada uzoq vaqt piyoda sayr qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun kunning birinchi yarmida oilaviy tashvishlar bor bo'yingizga o'zini tashlashi kutilmoqda. Tashvishlarning yuki og'ir, ammo sizda kuch yetarli. Shunday yo'l tutingki, juftingiz va qarindoshlar bilan munosabatlarni yangi yo'lga olib chiqing. Holsizlik, bezgak tutish, bosh og'rig'i kabilarga duch kelsangiz, o'zingizcha dori qilishga urinmang. Vrach qabuliga shoshiling. Kechqurun ovqatlanishda ham ehtiyot bo'ling. Yog'li, achchiq va sho'r taomlar yeyishdan tiyiling.
Категория: Sevgi Iztirobi Turk Serial Voqealar Rivoji | Просмотров: 18 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar