наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 16
Гостей: 16
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:28
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 7 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun sizda kuch ham, istaklar ham yetarlicha bo'ladi. Ular ko'magida professional kasbingiz bilan bog'liq ish doirasida yangi bosqichga qadam qo'yasiz. Aniqrog'i, yangi muvaffaqiyatlarni qabul qilib olasiz. Vaziyat taqozosi bilan ayrimlar safarga otlanishi mumkin. Jo'nab ketishdan oldin muhim hujjatlarga qayta-qayta ko'z tashlab olishni unutmang. Kechqurun do'stlardan biri favqulodda xabar yetkazib kayfiyatingizni buzishi kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

7 iyun kuni pul bilan bog'liq yolg'onlarga chuv tushib qolishingiz xavfi bor. Shaxsiy hayotda qanday muammo ko'zga tashlanmasin, o'z fikringizda sodiq qoling, bardoshli bo'ling. Kechqurun sizni yangi tanishuvlar kutadi. Tanishuvlar sizni hayratdan yoqa ushlashga majbur etadi. Chunki yangi tanishganlaringiz yaqin kelajakda sodiq do'stga aylanishlariga shubha yo'q. Toza havoda ko'proq sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun nafaqat emotsiya, balki qalbingiz ham qo'zg'alish pallasiga kiradi. Buning yordamida ishxonangizda yanada shakllanishga erishasiz. Oilada har kimning majburiyatini adolat bilan taqsimlangki, oxir-oqibat bor yuk sizning chekingizda qolib ketmasin. Kun davomida suyuqlikni ko'proq iching. Albatta buyragingizda muammo bo'lmasa. Kun isib ketadigan bo'lsa, quyosh tig'ida ko'p yurishdan saqlaning.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

7 iyunda bir qator loyihalarni oxiriga yetkazishingiz kerak. Rahbarlarning ishonchini yanada ko'proq qozonishning yagona yo'li ham shu. Shaxsiy hayotda oilalilarga turmush o'rtog'i bilan munosabatlarini yanada mustahkamlab borishi tavsiya etiladi. Agar qaerdadir xatolik sezilsa, juftingiz bilan birgalikda tuzatish payida bo'ling. Duch kelgan ovqatni yeb ketaverishdan saqlanmasangiz, yaqin orada organizmingizda muammolar paydo bo'lishi hech gap emas. Rejimga amal qiling!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yaqin va olis o'tmishga qaytib ish ko'rish rostdan ham siz uchun xayrli kechadi. Shu bahonada ko'plab foydali xotiralarni yodga olasiz. Ular ishda ham, oilada ham sizga asqotadi. Bugun bilim olish, do'stlar bilan uchrashib suhbatlashish va yangi axborotlardan voqif bo'lishga harakat qilish xayrli o'tadi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda ogohlikka alohida e'tibor qarating.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09

7 iyun siz uchun ancha og'ir kechishi kutilmoqda. Kun bo'yi qog'ozbozlikdan boshingiz chiqmasligi mumkin. Muhabbatda esa aksincha oila qurmaganlar pozitiv kayfiyatga ega bo'ladi. Buning uchun siz ham sevganingizga o'zingizdagi eng yaxshi jihatlarni namoyish etishingiz kerak bo'ladi. Tabiat qo'ynida dam olib qaytish ham qo'shimcha kuch tortiq etishiga shubha yo'q. Kechqurun kimdir qo'lingizga bir dasta pul tutqazadi. Demak, bozor-o'charning fursati yetibdi. Olg'a bosing!

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bilibmi-bilmaymi, ixtiyoriymi-noixtiyoriymi, o'zingizdagi iste'dodga shubha bilan qaray boshlashingiz ehtimoli bor. Agar bunday kayfiyatdan tez chiqib ketmasangiz, ishlaringiz baroridan kelish o'rniga teskarisiga ketadi. Shaxsiy avtomobilingiz bo'lsa, serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling. Katta jarimaga tushib qolishingiz mumkin. Ayrimlar yaqin manzilga safar qilishlari kutilmoqda. Organizmingizni jismonan zo'riqishdan tiyiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

7 iyun kuni ichki ovozga bo'ysuna bilsangiz, ishda ham, hayotda ham ancha-muncha zafar quchishingiz tayin. Garchi katmonda pulingiz ko'p bo'lsa ham bo'lar-bo'lmasga sarflamang. Juftingiz bilan munosabatlaringiz sovuqlashgan bo'lsa, yaqin do'stlar maslahatiga quloq tuting. Ammo intihosida baribir tuyg'ularingizgagina suyaning. Tuyg'ular sizni aldamaydi. Ayollar va qizlarning tashqi qiyofasiga oro berishga oid barcha harakatlari omadli kechadi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ertalab kayfiyat tushkunligidanmi, ishxonadagi hamkasblarning ba'zilariga qo'pol munosabat yuritib qo'yishingiz mumkin. Buning oqibatida katta janjal kelib chiqishi ham hech gap emas. Bunda vaziyatni yoki hamkasbingizni emas, o'zingizni ayblang. Ovqatlanishda pala-partishlikka yo'l qo'ysangiz, oshqozoningiz faoliyatida jiddiy muammo paydo bo'lishini unutmang. Kechqurun olisdan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

7 iyunda ishxonangizda u qadar yoqimli bo'lmagan vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun o'zingizni xotirjam tutishga harakat qiling. Agar qaysidir hamkasbdan qandaydir masalada shubhalanayotgan bo'lsangiz, uni boshqalar qarshisida tanqid ostiga olmang. Qarindoshlar bilan muloqotda ham bardoshli bo'lishingizga to'g'ri keladi. Ro'zg'ordagi barcha muammolar sizning zimmangizda. Demak, ularni o'z vaqtida bartaraf etish harakatida bo'ling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Bugun yo'lingizda jiddiy to'siqlar ko'pchilikni tashkil etadi. Ammo siz qalbingizga quloq tutgan holda barcha to'siqlarni yengib o'ta olasiz. Bu ish jarayonida sodir bo'lsa, rahbarlaringiz sizdan juda mamnun bo'lishadi. Shaxsiy hayotda betaraflik yo'lini tanlang. Kelajak rejalaringizni aslo oshkor etmang. Kunning ikkinchi yarmida eski qadrdonlardan birini uchratib qolishingiz ehtimoli bor.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

7 iyun kuni atrofda bo'layotgan barcha ishlardan mamnun tortasiz. Anchadan beri joningizga tegib kelayotgan odam bilan bugun munosabatlarga nuqta qo'yishingiz mumkin. Moddiy ahvolingiz ham tobida bo'ladi. Sira ikkilanmay, o'zingizga yoqqan narsalarni xarid qilaverishingiz mumkin. Tadbirkorlarning yangi hamkorlar bilan olib boradigan muzokaralari xayrli kechadi.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 25 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar