наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 25
Гостей: 25
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:56
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 4 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

4 iyun kuni bo'lar-bo'lmas yumushlarga chalg'ish o'rniga oila a'zolaringiz bilan ko'proq muloqot qiling. Ishxonada muhim vaziyatlarni, imkoniyatlarni qo'ldan chiqarmang. E'tiborsizligingiz oxir-oqibat qimmatga tushishi mumkin. Tadbirkor bo'lsangiz, yangi hamkorlar tanlash masalasiga e'tibor qarating. Agar juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizning istaklarini hisobga olmasangiz, muhabbatda ham ko'ngilsizlikka duch kelishingiz hech gap emas.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun zudlik bilan basseyn yoki fitnes klubga yo'l olishingiz kerak. Salomatlikni mustahkamlamasangiz, umurtqa pog'onangizni to'liq davolamasangiz bo'lmaydi. O'zingiz uchun nokerak munosabatlardan voz keching. Ular sizga qo'shimcha muammo keltirib chiqaradi xolos. 4 may katta ishlarga pul tikish uchun muvaffaqiyatsiz kechadi. Olis safar ham ko'ngilsizlikka sabab bo'ladi. O'zingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

4 iyunda ishga kech kelishni xayolingizga ham keltira ko'rmang. Nafaqat obro'yingiz to'kilishi mumkin, balki mukofot pullaridan quruq qolasiz. Kunning ikkinchi yarmida do'stlaringiz bilan ziyofatga borishingiz kutilmoqda. Spirtli ichimliklar iste'mol qilmasligingiz tavsiya etiladi. Ro'zg'oringiz bilan bog'liq muhim hujjatlarni imzolashda sergak turing.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun qisqichbaqa burji ostida tug'ilganlarning e'tiborida faqat moddiy ahvoli bo'ladi. Ularni faqat shu narsa qiziqtiradi. Qarzlaringiz ko'p. Ularni to'lash uchun yana qarzga botishingiz ehtimolga yaqin. Demak, bunday vaziyatda qolmaslik uchun qo'shimcha daromadli ish topishingiz lozim bo'ladi. Ammo yaqinlaringizga bu muammo haqida hech narsa demaganingiz ma'qul.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

4 iyun kuni kuch ham, sabr ham, imkoniyat ham yetarli bo'ladi. Bu narsalar martabangiz yanada ortib borishi uchun xizmat qiladi. Oilasizlar kunduzi bir inson bilan tanishishlari natijasida oilaviy hayotga bo'lgan munosabatlarini tubdan o'zgartirishlari mumkin. Ro'zg'or ikir-chikirlarini ham e'tiborsiz qoldirmang. Ovqatlanish me'yorini va rejimni buzmang. Imkon doirasida ko'cha ovqatini yemang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Erta tongdan o'zingiz sezmagan holda tushkun kayfiyatga tushib qolishingiz mumkin. Bunga o'zingiz tarafingizdan yo'l qo'yilgan xatoliklar sabab bo'ladi. Kun davomida ruh va tananing mutanosibligini ta'minlashga harakat qiling. Bugun tabiat qo'ynida dam olish, plyaj yoki basseynda cho'milish, tomorqada terga botib ishlash xayrli kechadi. Bularning barchasi sizga faqat yaxshilik hadya etadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

4 iyunda oila qurib ulgurmaganlar ko'plab bir-biridan ajoyib, qiziqarli tanishuvlarni boshdan kechirishadi. Ularning ayrimlari sizga bir umrlik sodiq do'st bo'lib qolishi ham mumkin. Oilangizda nimadir sabab bo'lib katta janjal yuzaga kelish xavfi bor. Oldini oling. Hoynahoy, janjal pul tufayli kelib chiqsa kerak. Salomatligingizni ehtiyotlang, asabni asrang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun oilangizda ham, ish joyingizda ham sokinlik va ahillik ko'zga tashlanadi. Rahbarlar bilan o'zaro munosabatlarda esa rostakamiga muammo paydo bo'lishi kutiladi. Ehtiyotingizni qiling. Eski qadrdonlardan biri bilan ham orangizda kelishmovchiliklar paydo bo'lish xavfi sezilmoqda. Kechqurun toza havoda sayr qilsangiz, bu ko'ngilsizliklar barham toparmidi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

4 iyun kuni mehnat ta'tiliga chiqish uchun rahbar nomiga yozilgan ariza tasdiqlanadi. Demak, siz jomadonga kerakli jihozlarni joylab, tog'largami jo'nab qolishingiz uchun imkon bor. Dala hovlingiz bo'lsa, ta'til bahonasida o'sha yerda ishlab vaqt o'tkazsangiz ham birov sizni urishmaydi. Qaytanga jismonan mustahkam tortasiz. Kechqurun favqulodda bo'lsa ham kimnikigadir mehmonga bormang. Katta janjal iskanjasida qolib ketishingiz mumkin. Omadingizni bersin!..

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Kimningdir hisobiga pul o'tkazish zarurati tug'ilsa, nihoyatda tartib bilan ish ko'ring. Aks holda moliyaviy operatsiyangiz muvaffaqiyatsiz yakun topishi mumkin. Suyukli insoningiz bilan muloqotda xotirjamlik va sabr talab etiladi. Ikkingizning orangizdan aybdor qidirishni bas qiling. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Mehmonlar bahonasida kayfiyatingizni yanada ko'tarib oladigan bo'lib turibsiz.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

4 iyunda kuningiz quyoshli kechadi. Faqat oiladagi ayrim muammolar xunob qilib o'tishi mumkin. Bu muammolarni hal etmasangiz, juftingiz bilan jiqillashib qolishingiz hech gap emas. Bugun sportzalga borib jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish, ayollarga go'zallik saloniga mo'ralab o'tish va yoga bilan band bo'lish muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingiz o'z qo'lingizda albatta. Biroq baribir mutaxassis yordamisiz hech narsaga erisha olmaysiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Taqdirning o'zi sizni qaysidir jabhada qat'iy qaror chiqarishga majbur etadi. Ko'ribsizki, kechqurunga borib shu qaroringiz sizga baxtli va yoqimli lahzalarni hadya etadi. Yirik loyihalarni hayotga tadbiq etishga kirishsangiz, aniqlikka alohida e'tibor qarating. Bugun kechki payt tashkil etiladigan tantanalar, xorij safariga otlanish omadli kechadi.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 96 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar