наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

18:21
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 26 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

26 noyabr kuni ishlaringiz ko'paygandan ko'payadi. Hatto, bir piyola choy ichishga vaqtingiz bo'lmasligi mumkin. O'zingizni asrang va ora-sirada nafas rostlashni unutmang. Agar olis safarga chiqishni rejalashtirgan bo'lsangiz, hujjatlaringizni qayta-qayta ko'zdan o'tkazib oling. Aks holda yo'lda jiddiy muammolarga duch kelishingiz hech gap emas. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

Agar bugun ertalabdan ko'ngilsiz vaziyatga tushsangiz, birovlar bilan janjallashsangiz, o'zingizga ziyon bo'ladi. Tadbirkorlar katta yo'qotishlarga yuz tutishi kutiladi. Ro'zg'or jihozlari buzilishi, avtomobil ta'miri kabilar asabingizga tegishi mumkin. Yaqin insonlarning maslahatlariga albatta quloq tuting. Bu maslahatlarning ayrimlari ro'zg'ordagi muammolarni bartaraf etishda asqotishi mumkin. Kechqurun ovqatlanish rejimiga amal qiling.

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

26 noyabrda zimmangizdagi vazifalarni u darajada e'tibor bilan bajarishga harakat qilishingiz shart emas. Qo'yib bering, o'z holicha hal bo'laversin. Eng muhim rejalarni haqiqatga aylantirish payida bo'ling. Muhim hujjatlarni rasmiylashtirishga to'g'ri kelsa juda ehtiyotkorlik bilan ish tuting. Juftingiz bilan muloqotda bahs keltirib chiqarishga urinmasligingiz tavsiya etiladi. Aksincha, oradagi munosabatlar buzilishi mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

Nafaqat o'zingiz, balki o'zgalarning sirlarini ham saqlashga harakat qiling. Ish joyingizda mas'uliyatni chuqur his etgan holda ish olib borsangiz, kam bo'lmaysiz. Tajribasi kam hamkasblar kun davomida sizdan maslahat so'rashlari mumkin. Qanday baxt! Shaxsiy hayotingiz asta-sekinlik bilan yanada yaxshilanish pallasiga kiradi. Juftingizni yanada yaqinroqdan taniy boshlaysiz. Bugun majlislar, seminarlar va favqulodda xizmat safarlari muvaffaqiyatli kechadi. Omad sizga yor bo'lsin!

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

26 noyabr kuni oldingizga qo'yilgan ezgu maqsadlar sari olg'a, boshni baland ko'targan holda boring. Bu moliyaviy ahvolingizni ham mustahkamlashda katta yordam beradi. Juda qiziqib ketayotgan bo'lsangiz ham birovlarning hayotiga aralashishga urinmang. Juftingiz murakkab savollar bera boshlashi mumkin. Bu savollarga aniq va lo'nda javob qaytaring. Organizmni chiniqtiruvchi muolajalar, vitaminli kokteyllar ichish, meditatsiya xayrli kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

Ertalab shaxsiy hayotingizda favqulodda bartaraf etmasa bo'lmaydigan muammo paydo bo'lishi kutiladi. Uni ijobiy hal etish uchun ishingizni ham qisqa fursatga tashlab qo'yishingizga to'g'ri kelishi mumkin. Ishxonada o'zingizdagi barcha ijobiy xislatlarni namoyish etishga uyalmang. Tafakkurning tiniqligi bois do'stlardan birining muammolarini ham muvaffaqiyatli hal etib berasiz. Surunkali xastalikka chalinganlar o'z vaqtida dorilarini ichishlari kerak. Xastalikka aslo yon bera qolmang.

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

26 noyabrda moliyaviy masalada yuzaga keladigan vaziyatni qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilishingiz talab etiladi. Bu siz uchun faqat foyda keltiradi. Ish bajarishda tajribani ishga soling. Miyangizni o'z ishingiz bilan bog'liq axborotlarga to'ldirishga harakat qiling. Kun davomida oshqozon va jigarda muammolar paydo bo'lishi mumkin. Hushyor bo'ling. Ovqatlanish rejimini buza ko'rmang. Bu salomatligingiz yaxshi saqlanishida asosiy rolni o'ynaydi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Hatto, eng yoqimsiz holatlarni ham lablaringizda tabassum bilan qabul qilishingiz tavsiya etiladi. Sinovlar va qat'iy qarorlar qabul qilish payti yetdi. Buni mardona qabul qiling. Agar sal bo'shashsangiz, juftingiz bilan munosabatlarga putur yetishi hech gap emas. Kechqurun yoqimsiz bir xabar kayfiyatingizni tushirib yuborishi mumkin. Oldin bu xabarning asl negizini nazoratdan o'tkazing. Balki ranjishga asos yo'qdir? Salomat bo'ling! Olloh sizga yor bo'lsin!

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

26 noyabr kuni xavotirlanishingiz uchun hech qanday sabab ko'zga tashlanmaydi. Lekin ichki olamingizga bir nazar tashlab olishingiz shart. Tashqi qiyofangizga qarash ham esingizdan chiqmasin. Ayollarga kosmetologga borib kelish tavsiya qilinadi. Tashqi ko'rinishingizni yanada yaxshilashingiz yoqimli tanaffuslarni hadya etadi. Qarindoshlar bilan munosabatlarda ochiq ko'ngilli bo'ling. Ularni ranjitadigan gaplarni gapirib qo'yishdan saqlaning.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Biling, agar oldingizga hasadga burkangan maqsadlarni qo'ysangiz, ilk qadam tashlagandayoq muvaffaqiyatsizlikka yuz tutasiz. Siz firibgar ham, hasadgo'y ham emassiz. Shuning uchun bunday yomon o'ylarni o'zingizga yaqinlashtirmang. Pul masalasida kayfiyatingiz tushishi ehtimolga yaqin. Juftingiz bilan o'zaro munosabatlarga putur yetkazuvchi harakatlarni sodir etmang. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

26 noyabrda atrofdagilar har tarafdan asabingizga tegadigan harakatlarni sodir eta boshlashi mumkin. Bu ishchanlik kayfiyatingizga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi turgan gap. Rahbarlar bilan bo'lib o'tadigan suhbat ham yoqimli chiqmaydi. Ular siz mo'ljallagan vazifa o'rniga boshqasini zimmangizga yuklashi mumkin. Muhim masalalarni boshqa kunga qoldirishingiz talab etiladi. Kechqurun salomatligingizga ham e'tibor qaratib qo'ying.

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

Garchi tajribangiz yetarlidan-da ko'p, bilimingiz oshib-toshgan bo'lsa-da, olisga suzib ketishni xayol qilmang. Jiddiy xatoliklarga yo'l qo'yishingiz mumkin. Uy oldi-sotdisi, ta'mir va muhim hujjatlar bilan bog'liq muammolar tez va soz bartaraf etiladi. To'g'ri, bu yo'lda kimlargadir iltimoslar bilan murojaat etishingizga to'g'ri keladi. Lekin natijasi yomon bo'lmaydi. Shaxsiy avtomobilingiz bo'lsa, serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 68 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar, 26, uchun, noyabr, kunlik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar