наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

19:56
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 25 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Shaxsiy biznesiga ega shaxslar bugun muvaffaqiyatli lahzalarni boshdan kechiradi. Faqat qoplab pul toparkanman deb xayol qilmang. Bunday mo''jizalar faqat ertaklarda bo'ladi. Ish joyingizda hamkasblar bilan to'g'rilikcha, xotirjamlikni yo'qotmagan holda munosabat yuriting. Notanish odamlardan juda ehtiyot bo'ling. Qaysidir biri eng qimmatli buyumingizni o'g'irlab qo'yishi kutilmoqda. Salomatlikning qadriga yeting.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

25 may kuni o'zingizga, pullaringizga, omadingizga ko'z tegib qolishidan saqlaning. Shuni nazarda tutib boshqalarga shaxsiy sirlaringizni aytmang. Bugun jismoniy mehnatga nisbatan aqliy mehnat kishilari ko'proq omadga erishishadi. Umuman aytganda, organizmni jismonan zo'riqtirishdan ham nari bo'ling. Salomatligingizga putur yetishi mumkin. Kunduzi ko'proq quyoshda toblaning. Bu organizmingiz uchun juda foydali kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun odam ko'p to'planadigan, sershovqin joylardan nari bo'lishingiz tavsiya etiladi. Bu sizni katta janjallardan himoya qiladi. Muhabbatda sokinlik hukm suradi. Lekin buyuk orzularga oshno tutinish taqiqlanmagan. Ayniqsa, oila qurmaganlar buyuk orzular og'ushida vaqt o'tkazsalar foydadan xoli bo'lmaydi. Sport bilan astoy dil shug'ullanadiganlar bugun ko'z ko'rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishlari mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

25 mayda miyangizni yomon xayollar chirmab olishi kutiladi. Bu mushkulotni yoga yordamida yengib o'tish osonroq kechadi. Biznes bilan bog'liq amallar va shahardan tashqariga borish omadli kechadi. Faqat imkon bo'lsa shaxsiy avtomobilingizda yo'lga chiqmang. Kimlardir qarindoshlar bilan janjallashish oqibatida tushkun kayfiyat orttirib olishi mumkin. Nima keragi bor janjallashishning? Iloj toping-u, ularning shaxsiy ishlariga aralashmang, vassalom. Aks holda salomatligingizni ham yomonlashtirib olasiz.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Hayotda, ishda bilim va tajriba orttirishni xohlamaganlarga bugun ancha qiyin kechishi mumkin. Ishlaringiz yurisha qolmaydi, hamkasblar asabingizga tegadi, rahbarlardan gap eshitganingiz eshitgan. Bularning barchasiga qo'l siltab jiddiy ish bilan shug'ullana boshlashingiz kerak. Tijoratdan xabaringiz bo'lsa, shaxsiy biznesingizni oching. Moddiy ahvolingiz bugun tobida kechadi. Ammo tejamkorlik ham ziyon qilmaydi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

25 may kuni depressiyadan nari bo'lasiz. Ish bilan bandlik bunga yo'l ochib beradi. Agar yangi xobbi topsangiz, u ham sizning foydangizga ishlashi mumkin. Oilada tashabbuskorlik talab etiladi. Ro'zg'ordagi muammolar ana shundagina ijobiy hal bo'lish pallasiga kiradi. Qandaydir yirik xarid sizni kutib turibdi. Pulni ayamang. Ayrimlar kechqurun safarga otlanishi mumkin. Safar davomida noqulay vaziyatlarni boshdan kechirishingiz kutiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Birovlardan qarzingiz bo'lsa, bugundan qoldirmay egalariga yetkazishingiz kerak. Shunda boshqa masalalarda muammolar kamroq bo'ladi. Ishxonangizda rahbarlar sizni nafaqat pul mukofoti, balki yangi topshiriqlar berish bilan ham mamnun etadi. Agar o'sha topshiriqlarni ham ko'ngildagidek ado eta bilsangiz, martaba va lavozimingiz oshishi tayin. Oilalilar uy ta'miri yoki boshqa joyga ko'chish bilan band bo'lishlari mumkin. Xudo sizga sabr bersin!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

25 mayda rejalarni amalga oshirish uchun yangicha usullar o'ylab topishingiz tavsiya etiladi. Bir joyda qotib qolishdan saqlaning. Harakatdan to'xtamasangiz, ishlaringiz albatta baroridan keladi. Muhabbatda oilasizlar buguncha xursand bo'la olishmasa kerak. Rejalaringiz ko'z o'ngingizda barbod bo'lishiga guvohlik qilasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Asabni asrang. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, profilaktika bilan shug'ullanishni unutmang.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun eng muhim rejalaringiz haqiqatga aylanadi. Lekin ish jarayonini diqqat markazingizda saqlang. Ijod kishisi bo'lsangiz, faqat ilhom kelsagina ijod qiling. Majburiy kulgidan yuzga ajin tushadi degan maqolni unutib qo'ymang. Chunki ilhom bilan bitilgan asarning qimmati yuqori bo'ladi. Oilasizlarni muhabbatda faqat omad kutib turadi. Siz tasodifan orzuingizdagi insonni uchratib tanishasiz. Baxtingizni bersin! Salomatlikni asrang.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

25 may kuni juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz sizga keragidan ortiq mehr va muhabbat ko'rsatishi kutilmoqda. Ish bajarishda sergaklik sizni tark etmaydi. Ish va oila a'zolaringiz uchun ham vaqtingiz bisyor. Ularni behudaga sarflamang. Kechqurun do'stlar bilan birga sayrga yoki kino, teatr tomoshasiga borishingiz ehtimoli bor. Bu siz uchun katta bir bayramdek kechadi. Qo'shimcha ijobiy emotsiyaga ega bo'lasiz. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste'moli bilan cheklanishingiz tavsiya qilinadi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Agar ertalabdan zararli odatlardan xalos bo'lishga kirishsangiz, albatta g'alaba qozonasiz. Faqat intihosini bugunoq ko'rmasligingiz mumkin. Asosiysi, boshlasangiz bas. Qanday vazifani bajarmang, ijodiy yondashing. Bu faqat foyda beradi. Pullaringizni nazorat ostiga oling. Ularning behuda sarflanishiga yo'l qo'ymang. Kimki kechqurun safarga otlansa, bilsinki, safar unga albatta omad hadya etadi. Salomat bo'ling!

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

25 mayda oilasizlar bir ko'rishda muhabbat deb atalmish buyuk tuyg'u bilan oshno tutinishlari mumkin. Ishxonadami, safar chog'idami o'zingizga yoqadigan inson bilan tanishasiz-u, yuragingiz jiz etadi. Bu jizillash haqiqiy muhabbat belgisidir. Tadbirkorlar biznesni rivojlantirish niyatida majlislar, muzokaralar tashkil etishsa, bu tadbir o'z mevasini beradi. Ro'zg'ordagi muammolarni joyida bartaraf eting.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 33 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar