наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 31
Гостей: 31
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:22
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 25 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

25 iyun kuni uy va ishxonadagi tashvishlar baravar yelkangizga ag'dariladi. Ammo siz ham anoyi emassiz. Mehnatsevarligingiz, bardoshliligingiz, tirishqoqligingiz yordamida ularning adabini bera olasiz. Bugun vaqt topib tabiat qo'yniga chiqsangiz, do'stlar bilan miriqib suhbatlashsangiz va sport bilan shug'ullansangiz ham ortiqchalik qilmaydi. Agar barcha plyus-minuslarni aniq hisoblay bilsangiz, moliyaviy muammolar sizga bo'ysunishdan boshqa chora topa olmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Dangasalik shaytoni lainning yetagidagi chirkin bir bo'shliq. Uning yetagida qolishdan saqlaning. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni bajarishda yuzaga keladigan har qanday vaziyatga moslashishga harakat qiling. Atrofdagilar bilan muloqot chog'ida emotsiyangizni jilovda tuting. Yaqin insoningizdan ko'p narsa talab qilishdan tiyiling. Uni ideallashtirib ham qo'ymang. Boricha qabul qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

25 iyunda egizaklar burji ostida tavallud topgan ayollar, qizlar birinchi navbatda tashqi ko'rinishiga e'tibor qaratishi kerak. Basharti yangi garderob uchun pul ajratgan bo'lsangiz, darhol xarid qiling. Kunning ikkinchi yarmida sizdan qarz olganlar qarzini birin-sirin qaytara boshlaydi. Oilasiz bo'lsangiz, bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlarda sharm-hayoni qurol qilib oling. Kechqurun ayrimlar favqulodda xizmat safariga jo'nab ketishi mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Oldingizda ikkita variant bor. Yo ishxonangizdagilar sizdan o'z manfaatlari yo'lida boplab foydalanishadi. Yoki ularning barchasiga ishda qanchalar professional ekaningizni yana bir bor ko'rsatib qo'yasiz. Muhabbatda mustaqillikka intilmang. Shundoq ham yolg'izlikda ko'p vaqt o'tkazgansiz. Yangi ish boshlashdan oldin eskisini ko'ngildagidek ado etib qo'yishingiz tavsiya qilinadi. Bugun organizmni zaharli moddalardan tozalashga oid barcha turdagi muolajalar omadli kechadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

25 iyun kuni qarama-qarshiliklar iskanjasida qolishingiz ehtimoli bor. Biroq vaziyat qanchalar qaltis bo'lmasin, kelajak sari intilishdan tiyilmang. Shartli daqiqalarni chetga suring. Toki ular ezgu maqsadlarga erishishingizda xalal bermasin. Muhabbatda tanlaganingiz yoki juftingiz bilan ochiq qalb orqali munosabat yuriting. Mabodo qandaydir xastalik belgilarini sezsangiz, darhol vrach huzuriga choping.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Ertalabdan qalbingizni shubha-gumonlar qurshab olishi kutiladi. Ammo bu holat uzoq cho'zilmaydi. Hamkasblardan biri ko'zingizni ochadi. Taqdiringizda bor har bir voqea-hodisa uchun shukr qiling. Serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling. Aks holda baxtsiz hodisaga uchrashingiz xavfi bor. Shaxsiy avtomobili borlar yo'lda jarimaga tushishi, ayrimlar haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi ham ehtimoldan xoli emas.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

25 iyunda siz uchun nokerak, qizig'i ham bo'lmagan narsalarga e'tibor qaratib vaqt o'tkazmasligingiz so'raladi. Ularni boshqalarga qoldiring va asosiy ishga o'ting. Kun davomida kimlar bilandir muhim masalada bahs boylab, yutib chiqishingiz kutiladi. Moddiy ahvolingiz o'zingizning hatti-harakatingizga bog'liq. Intiluvchan bo'lsangiz, albatta rizq qilganiga ega chiqasiz. Omadingizni bersin!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Atrofdagilar bilan kelishmovchiliklar ko'zga tashlanishi mumkin. Bu esa katta janjallarga sabab bo'lishi hech gap emas. Ammo shunga qaramay, aksar holatlarda vaziyat sizning foydangizga ishlaydi. Suygan insoningizdan shirin so'z, mehr-muhabbatingizni ayamang. Imkon topsangiz, birgalikda safarga otlaning. Bu munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Salomatlikni asrang. To'g'ri ovqatlaning.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

25 iyun kuni dushmanni o'z vujudingizdan qidiring. Atrofdan emas. Aynan shu anglashilmovchiliklar, shubhalar, bahslar, arazlar, janjallarning oldini oladi. Ishxonangizda obro'yingiz baland. Bundan ortig'i sari intilmang. Hamkasblar xatoga yo'l qo'ysa ham tanqid ostiga ola ko'rmang. Oilasizlar kechki payt yangi romantik tanishuvni boshdan kechirishadi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Bugun siz atrofingizga qandaydir g'alati nigoh bilan boqa boshlaysiz. O'zingizni ruhan singan kimsadek his eta boshlaysiz. Yo'lingizda turli toifa va xarakterga ega insonlar duch kelishi mumkin. Qay biri bilan muloqotga kirishishni o'zingiz tanlang. Moliyaviy masalada yuzaga keluvchi muammolarga xotirjam munosabatda bo'ling. Ketgan narsani baribir qaytarib bo'lmaydi. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

25 iyunda energetik balansingiz keskin pasayish pallasiga kiradi. O'zingiz harakat qilmasangiz, hech kim sizga bu bo'shliqni to'ldirib bermaydi. Organizmni jismonan zo'riqtirishdan, sport bilan shug'ullanishdan, malaka oshirish kurslariga borishdan tiyiling. O'zingizni qiziqtirgan masalada bilimlaringizni boyitish amali aksincha omadli kechadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun baliq burji ostida tug'ilganlar har qanday ish bilan shug'ullanishlari mumkin. Omad baribir siz tomonda bo'ladi. Faqat ishga ilhom va ishtiyoq bilan yondashsangiz bas. Yoshi ulug' qondoshlaringizga bugun sizning ko'magingiz kerak. Ulardan yordamingizni darig' tutmang. Keyingi paytda o'zingizni yaxshi his etmayotgan bo'lsangiz, bugun to'liq tibbiy ko'rikdan o'tish, parhezga o'tish va yoga bilan shug'ullanish foydali kechadi.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 54 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar