наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 28
Гостей: 28
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:53
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 24 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

24 iyun kuni eng avvalo o'zingizni tutishingizga e'tibor qarating, kayfiyatingizni boshqara biling. Aks holda o'zingiz bilmagan holda jiddiy xatoliklarga yo'l qo'yishingiz hech gap emas. Muhabbatda ko'zlangan maqsadga yetish uchun sizdan tashabbuskorlik talab etiladi. Suyganingizga yanada qattiqroq bog'lanib qolish harakatida bo'ling. Kechqurun sizni kutilmagan xushxabar bilan siylashadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Xizrga yo'liqqanmisiz?.. Atrofdagilarning sizni ko'riboq beradigan savoli shu bo'ladi. Negaki, siz yanada aqlliroq, shinavandaroq, boyroq insonga aylanib qolgandeksiz. Har qanday mushkul vazifani mustaqil qoyillata olasiz. Ishxonangizdagi ayrim ko'ngilsizliklarga e'tibor qilmang. Muhabbatda bugun sizdan ehtiroslisi bo'lmaydi. Kechqurun toza havo sayriga chiqing. Ovqatlanishda ehtiyotkor bo'ling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

24 iyunda kuningiz yorqin ranglarga boy bo'ladi. O'zingizni har qanday tur va ko'rinishdagi ko'ngilsizliklar, yoqimsiz lahzalardan bemalol himoya eta oladigan darajaga yetasiz. Xaridlarda tejamkorga aylanasiz. Katta miqdorda qarz olish degan baloning yaqiniga yo'lamaysiz. Chunki sizda pul degani mo'l bo'lishi kutilmoqda. Kechqurun ba'zilar do'stlari bilan birga ziyofat uyushtirishi mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Buguningiz unumli va yoqimli kechadi. Barcha muammolar ketma-ket o'z yechimini topib, nihoyat yengil nafas ola boshlaysiz. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlar ham yanada mustahkam tortadi. Ammo atrofda sodir bo'layotgan hodisalarga befarq qolib ketmang. Qaysidir qarindoshingiz zimmangizga yuklagan mas'uliyat yukini itqitib tashlang. Bu sizning vazifangizga kirmaydi. Shundoq ham muammolar, mas'uliyat talab qiladigan vazifalar yetarli bo'ladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Arslon burji ostida tavallud topganlarning ayrimlari ish joyida rahbariyatdan hayfsan olishi mumkin. Hayfsan nima sababdan e'lon qilinganini tushuna olmay azobda qolasiz. Atrofingizdagilar sizga dag'al muomala qiladigan bo'lsa, yuz buring-u, nari keting. Har bir masalaga faylasuflarcha munosabatda bo'ling. Suygan insoningizni bugun faqat maqtov, olqishlar bilangina o'zingizga qarata olasiz. Omadingizni bersin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

24 iyun siz uchun g'alati kechadi. Ishga bir dunyo ilhom bilan qo'l urasiz-u, negadir unum ko'zga tashlana qolmaydi. Mayli, bu ham o'tkinchi. Siz kunning birinchi yarmida hamkasblar bilan munosabatlarni mustahkamlash payida bo'ling. Bahslar, janjallardan tiyiling. Kimki kasbini o'zgartirish ilinjida safarga otlansa, safari muvaffaqiyatli kechadi. Moddiy manfaat ko'rasiz, taassurotlarning eng qaynoqlariga egalik qilasiz. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, muolajalarni unutib qo'ymang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kun davomida kimnidir nimanidir ado etishga ko'ndirish, kimlar bilandir bahslashish, kimdandir shaxsiy buyumingizni tortib olish masalasida yelib-yugurasiz. Kun shu qadar tumanli tuyuladiki, qaerlargadir uzoqlarga bosh olib ketishni ham istay boshlaysiz. Nafas rostlashga-da fursat topa olmay qiynalasiz. Lekin kechqurun vaqtingiz chog'lanadi. Tabiat qo'yniga yaqinlaringiz qurshovida chiqib ketib dam olish imkoniga egalik qilasiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

24 iyun kuni barcha kuch va imkoniyatlaringizni moddiy ahvolingizni yaxshilashga sarflaysiz. Shaxsiy hayotingizda qarindoshlar, yaqin insoningiz bilan orangizda anglashilmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Biroq barcha aybni sizning zimmangizga yuklab qo'yishlariga nima deysiz. Mayli-da, baribir ular yaqinlaringiz-ku, to'g'ri emasmi? Kun bo'yi ne muammo ko'ndalang bo'lsa, tafakkurga quloq tutgan holda bartaraf eta borishingiz tavsiya etiladi. Ovqatlanishda ham ehtiyot bo'ling.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun shaxsiy hayotingizda vaziyatlar juda katta tezlikda o'zgara boradi. Hali qarasa, quvonasiz, hali boqsa, qayg'uga botasiz. Lekin ishxonadagi rahbarlar bilan muloqot chog'ida emotsiyangizni jilovlab qo'ying. Biling, rahbarlarga sizning tashvishlaringizdan ko'ra ish sifati muhimroq. Shaxsiy hayotni do'stlar va qarindoshlar bilan muhokama qilganingiz ma'qul. Kechqurun sizni yaqin do'stlardan biri mehmonga taklif etishi kutiladi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

24 iyunda professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni bajarishda standartlardan qochgan holda harakatlar sodir eting. To'g'ri, bunday holatlarda vaziyat yanada qaltis tus olishi mumkin. Ammo yaxshilik bilan yakun topadi. Bu aniq. Eski qadrdonlardan biri kunning ikkinchi yarmida bir talay xushxabar yetkazishi kutiladi. Favqulodda safar, xaridlar va biznesga katta pul tikish amallari xayrli o'tadi. Kechqurun sportning faollik talab etmaydigan turlari bilan shug'ullaning.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Kun bo'yi xususiy mulk masalasi bilan shug'ullanishingiz kutilmoqda. Lekin o'zingiz uchun ham vaqt topishga mas'ulsiz. Ayniqsa, jismoniy holatingiz talabga javob bermasa, barcha ishlarni yig'ishtirib qo'yishga majbursiz. Aql bilan ish tuta bilsangiz, daromadingiz yomon bo'lmasdi. Olis safarga otlanish niyatida bo'lsangiz, uni puxta reja asosida amalga oshirishingiz lozim. Rejasiz yo'lga chiqish sizga faqat ko'ngilsizliklar hadya etadi xolos.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

24 iyun kuni birinchi navbatda moliyaviy muammolaringiz muvaffaqiyatli hal bo'ladi. To'g'ri, hujjatlar yaxshigina asabingizni buzadi. Biroq intihosi yoqimli kechadi. Muhabbatda esa o'zingiz uchun qimmatli bo'lgan insonni avaylang, ehtiyotlang, uning qadriga yeta biling. Oilalilar kechqurun yaqinlaridan biri bilan janjallashib qolishi mumkin.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 84 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar