наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 67
Гостей: 67
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:04
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 24 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun nafaqat atrofdagilardan, balki o'zingizdan ham o'rnak olishingizga to'g'ri keladi. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham tajribangiz yetarli. Bu tajribangizni yoshlarga singdiring. Toki ular ham kelgusida siz kabi boy tajribaga ega bo'lsinlar. Bugun miyangizga o'rlayotgan yomon xayollar, keraksiz munosabatlarga nuqta qo'yish muvaffaqiyatli kechadi. Nimaiki ish bajarsangiz ham jamoaviy tarzda bajarishga harakat qiling. Dam olish kuni ekanini unutib qo'ymang. Yaxshilab dam oling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

24 fevralda ertalabdan sizni negadir ayrimlar xudbinga chiqara boshlashlari mumkin. Ishda sizga bugun birovlarning ko'magi kerak bo'lmaydi. Oilasiz bo'lsangiz, muhabbatda juda ehtiyotkorlik bilan harakatlaning. Salgina xatoga yo'l qo'ysangiz, bo'lg'usi juftingizni cho'chitib qo'yishingiz hech gap emas. Uni zinhor kamsita ko'rmang. Kechqurun ro'zg'orda yig'ilib qolgan muammolarni bartaraf etishingizga to'g'ri keladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Boshqalarga o'zingizni zo'r qilib ko'rsatish fikridan yiroq bo'lishingiz tavsiya etiladi. Moliyaviy muammolar o'z-o'zidan ijobiy hal bo'lib qolmaydi. Buning uchun sezilarli tarzda harakatlar sodir etishingiz kerak bo'ladi. Bundan tashqari, kun davomida birovlarning muammolarini ham bartaraf etib berishingiz lozim. Ayrim tadbirkorlar biznes yuzasidan olis manzilga safarga otlanishlari mumkin. Safaringiz foydali kechadi, ishonavering.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

24 fevral kuni siz bilan suhbatlashish, fikrlashish niyatida bo'lganlarning son-sanog'i bo'lmaydi. Ularning ishonchini qozonishingizga to'g'ri keladi. Ammo bugun o'zingizning muammolaringiz ham yetarli. Ularni ham o'z vaqtida bartaraf etishingiz talab etiladi. Kechki payt qarindoshlardan biri bilan orangizda kelishmovchilik yuzaga kelishi mumkin. Siz qarindoshingizning yuziga kamchiliklarini aytib tashlaysiz. Lekin xotirjamlikka e'tibor qaratsangiz yaxshi bo'lardi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun ehtiyotkorlikni qo'ldan bermang. Elektr quvvati asosida ishlaydigan uskunalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'ling. Faqat ehtiyotkorlikkina sizni og'ir vaziyatlardan olib chiqib ketadi. Salomatligingizdan xavotirlanmasangiz ham bo'ladi. U bugun sizga pand bermaydi. Agar surunkali xastalikka chalinib, anchadan beri vrach ko'rigiga bormagan bo'lsangiz, bugundan qoldirmasligingiz tavsiya qilinadi. Kechqurun suyukli insoningiz uchun ham vaqt ajrating.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

24 fevralda ishlaringiz keragidan o'n chandon ko'proq bo'lishi kutilmoqda. Barchasini kechga qadar uddalab ulgurishingiz lozim. Moliyaviy muammolarni ham albatta bartaraf etishingiz kerak. Qo'lingizga pul tushadi, ammo moddiy ahvolingiz siz kutgandek kechmasligi mumkin. Oilalilar ham, oilasizlar ham jufti yoki bo'lg'usi jufti bilan munosabatlarda ayrim to'siqlarga ro'baro' bo'lishlari kutiladi. Har bir gapni ehtiyotkorlik bilan tilingizga ko'chiring. O'zingizni ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz xayrli boshlanadi. Bu holat kechga qadar saqlanib qolishi uchun o'zingiz harakat qilishingiz kerak. Xayolan bo'lsa-da, professional kasbingiz bilan bog'liq ishda yuqori lavozimni ko'zlab ko'ring. Rejalar tuzing. Shunday reja tuzingki, hech kimga ziyoni tegmasin. Moddiy ahvolingiz bugun yomon bo'lmaydi. Demak, yoqimli xaridlarga qo'l ursangiz bo'ladi. Kechqurun ba'zilar safarga otlanishi mumkin. Safar muvaffaqiyatli o'tadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

24 fevral kuni ezgu maqsadlarga erishishingiz uchun qulay imkoniyatlar bisyor bo'ladi. Moliyaviy masalada ham omad kulib boqadi. Lekin hasad qiladiganlarning ham sanog'i yo'q. Ulardan ehtiyot bo'lib ish tutishingiz zarur. Daromadlaringiz haqida undaylarga og'iz ocha ko'rmang. Shaxsiy hayotda sizga tuyg'ular emas, ehtiroslar yordam bera oladi. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan imkon boricha ehtiroslar tilida so'zlashing. Shunda munosabatlaringiz yanada mustahkamlanishiga guvoh bo'lasiz.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Anchadan beri sizga ko'z solib yurgan bir inson bor. Bugun o'sha insonning tuyg'ulariga guvoh bo'lasiz. Orangizda yaqinlik paydo bo'lishi ham ehtimoldan xoli emas. Aytilgan gaplarning barchasi asosan oilasizlarga tegishli. Ular yolg'izlikdan charchashgan. Shunday ekan, imkoniyatdan unumli foydalaning. Xaridlarda tejamkorlikka e'tibor qarating. Balans tejash orqaligina saqlanib qoladi. Sifatsiz mahsulotlar xarid qilib qo'yishdan saqlaning.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

24 fevralda tashabbuskorlik siz uchun birinchi o'rinda turishi kerak. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham tashabbuskorlik yordamida og'ir vaziyatlardan chiqib ketasiz. Ish bajarishda yangilik yaratishga harakat qiling. Kunning ikkinchi yarmida oilaviy ish bilan yaqin manzilga safar qilishingiz kutiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Undan keyin esa do'stlaringiz bilan birga sershovqin davraga tushib qolishingiz mumkin. Bu kayfiyatingiz ko'tarilishida yordam beradi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Ertalabdan faqat harakatlaning, bir joyda to'xtab qolishdan saqlaning. Yodda tuting, faolligingiz ishda ham, shaxsiy hayotda, safarda ham kerak. Busiz maqsadga yetishingiz qiyin kechadi. Kunning ikkinchi yarmida do'stlardan birini uchratasiz. U o'zining puli ko'pligi bilan hasadingizni qo'zg'ashga urinib ko'radi. Lekin foydasi bo'lmaydi. Sizda hasad tuyg'usining o'zi yo'q. Shunday ekan, it hurar, karvon o'tar degan hikmatni ayting-u, do'stingiz bilan xayrlashing. Ayrimlar uchun bugun shaxsiy biznesini ochish amali muvaffaqiyatli kechadi. O'zingizni asrang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

24 fevral kuni ishlaringizning baroridan kelishi juda qiyin kechadi. Ishda unum yo'qligidan xit bo'lasiz. Bu ko'ngilsizliklarni chetlab o'tish uchun puxta reja tuzib olishingiz zarur edi. Hechqisi yo'q, keyingi safar aqlli bo'lasiz. Oilasizlar ham muhabbatda lazzatli onlardan umid qilmasalar bo'ladi. Ayniqsa, emotsiyangizni siquvga olmasangiz, bo'lg'usi juftingiz bilan janjallashib qolishingiz hech gap emas. Salomatlikni asrang.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 66 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar