наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 4
Гостей: 4
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

19:33
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 23 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun professional kasbingiz bilan bog'liq ishga oid bilim va tajribalarni qaytadan charxlashingiz talab etiladi. Bu kelgusida martabangiz yuqori bo'lishi uchun katta foyda beradi. Sizga nisbatan tajriba va bilimi ko'p hamkasblarning maslahatlaridan ham unumli foydalanishga harakat qiling. Moliyaviy ahvolingiz qoniqarli darajada bo'ladi. Neni istasangiz, sotib olishga qurbingiz yetadi inshoolloh. Serqatnov yo'llarda ehtiyotkorlik bilan harakatlaning.

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

23 noyabr kuni ijodkor do'stlarimizning kuni tug'adi. To kechga qadar muxlislar qurshovida bo'lasiz. Do'st, hamkor tanlash uchun ham imkoniyatlaringiz bisyor. Ro'zg'or va moliya sohasida sodir etiladigan har bir harakatingizni nazoratda ushlang. Kimlardir kimlardandir qarzdor bo'lishi mumkin. Qarzlarni qaytarish vaqti keldi. Kechqurun spirtli ichimliklar iste'molidan tiyilishingiz tavsiya etiladi. Garchi eng qadrdon insoningiz taklif kiritsa ham bosh torting.

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

Agar ishxonada yirik loyihalarni muvaffaqiyatli tarzda hayotga tadbiq etgan bo'lsangiz, mayda-chuyda ishlarga qo'l ursangiz ham bo'ladi. Ular ham yirik loyihalardan kam daromad keltirmaydi. Xo'jalik ishlari sizdan katta bosimda jismoniy zo'riqish talab qiladi. Kunning ikkinchi yarmida olisda yashaydigan qarindoshingiz haqida xabar yetkazishlari mumkin. Mehnat ta'tilida bo'lsangiz, salomatligingizga e'tibor qaratishingiz so'raladi. Juda bo'lmaganda, sanatoriyda yotib nafas rostlang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

23 noyabrda oilasizlar illyuziya qurshovida bo'lishadi. Tanlaganingiz haqidagi totli o'ylar sizni yettinchi osmonlarga parvoz qildiradi. Bu lahzalarni xotirangizga muhrlab qo'ying. Qo'yingki, har o'ylaganda o'zingizni baxtli his eta oling. O'zingizga yoqsa, qiziqarli bo'lsa, ish deganining hech biridan yuz o'girmang. Oilalilar yaqinlarining xohishlari yetovida ish tutishlari talab etiladi.

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

Ro'zg'oringizda jihozlardan biri ishdan chiqib, sizni anchagina xarajatga tushirishi kutilmoqda. Xarajat-ku mayli, vaqtingiz ham ketadi. Ayrim rejalarni shu sabab bo'lib keyinga surishingizga to'g'ri keladi. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun bugun qulay vaziyat tug'iladi. Undan unumli foydalanishga harakat qiling. Do'stlardan kimdir qo'shimcha daromad keltiradigan ish taklif etishi mumkin. Ish bajarishda o'z iste'dodingiz va ichki imkoniyatlaringizga shubha nazari bilan qaramang.

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

23 noyabr kuni ishda ham, shaxsiy hayotda ham o'zgalarning fikri bilan hisoblashishingiz tavsiya qilinadi. O'z fikringizni o'tkazishga harakat qilmang. Kimki sizga yaxshilik qilsa, siz ham yaxshilik bilan javob qaytaring. Kun davomida ko'proq piyoda yuring. Xunuk xayollarni miyangizdan quvib soling. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, muolajalar, profilaktikaga e'tibor qarating. O'zingizni ehtiyot qiling. Kechqurun kimdir qo'lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin.

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

Bugun nafaqat miyangizdagi xunuk xayollardan, balki atrofingizdagi yomon niyatli kimsalardan ham nari bo'lishga harakat qilishingiz tavsiya etiladi. Bugungi kunni o'zingiz uchun yangilanish va tozalanish kuni deb e'lon qiling. Ijod kishilari ham bugun muvaffaqiyatlardan mosuvo qolmaydi. Yaqin insoningizga imkon doirasida qaynoq mehringizni bering. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanish rejimiga amal qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

23 noyabrda qancha pozitiv kayfiyatda bo'lsangiz, shuncha omad siz tomonda bo'ladi. Ishlaringizda ham unum ko'zga tashlanadi. Shaxsiy biznesiga ega bo'lganlar raqobatchilarning qabih harakatlaridan saqlanishlari kerak. Sho'r, yog'li va achchiq taomlardan yuz buring. Ortiqcha vazndan nolib yurganlar birinchi navbatda sportga oshno bo'lishlari kerak. Salomatligingizni asrang. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Ayrimlarning uyida esa chaqaloq yig'isi yangrashi ehtimolga yaqin.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Muloqot masalasida bugungi kuningiz mazmunli kechadi. Munosabat nimadir sabab bilan uzilib qolganlar bilan ham bugun qayta topishib muloqot qilishingiz mumkin. Seminarlar, ko'rik tanlovlar bugun muvaffaqiyatli o'tadi. Ko'chaga havoning avzoyiga qarab kiyingan holda chiqishingiz tavsiya qilinadi. Yo'qsa, shamollab qolishingiz hech gap emas. Serqatnov yo'llarni kesib o'tishda juda ehtiyot bo'ling. Iloji bo'lsa, shaxsiy avtomobilingizda yo'l yurmang. Olloh sizga yor bo'lsin!

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

23 noyabr siz uchun albatta unumli kechadi. Ayniqsa, savdo, biznes, moliyaviy operatsiyalar bilan shug'ullanuvchilarning kuni tug'adi. Daromadning mo'mayi sizniki, ishonavering. Hamma ishlar rejalashtirganingizdan ham yaxshi kechadi. Texnik ishlar bilan band do'stlarimiz mukofot puliga ega chiqishlari kutiladi. Rahbaringiz mehnatingizni munosib baholaydi. Oila qurmaganlar kechqurun romantik uchrashuvga chiqishadi.

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

Yig'ib yurgan pullaringizning barchasini o'zingizga sarflashni niyat qilibsiz. Muborak bo'lsin. Bu juda to'g'ri qaror. Agar qo'shimcha zahira pulingiz bo'lsa, qolgan pullar bilan bemalol o'zingizni xursand qilaversangiz yarashadi. Agar daromadingizdan ko'nglingiz to'lmayotgan bo'lsa, qo'shimcha ish toping. Buning uchun kuchingiz ham, imkoniyatlaringiz ham yetarli. Bugun siydik yo'llari, bo'g'imlarni davolash maqsadlariga yo'naltirilgan amallar muvaffaqiyatli kechadi.

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

Sizga yoqimsiz lahzalar, muvaffaqiyatsizliklar xavf solmaydi. Faqat moliyaviy ahvolingizni qat'iy nazorat ostiga olishingiz kerak bo'ladi. Qarz olmang va katta ishlarga pul tikmang. Qachonlardir yaqin do'st bo'lgan bir inson bilan tasodifan uchrashib qolishingiz ehtimoli bor. Do'stlik tiklanishi mumkin. Lekin avvalgidek mustahkam kechmasa kerak. Kechqurun muhim bir xabar eshitasiz.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 56 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: sizga, qilarkin, O'ylab, Va'da, kuni, 23, yulduzlar, yil, noyabr, nimalarni, ko'rdingizmi, 2019 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar