наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 36
Гостей: 36
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:32
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 23 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

23 iyun kuni bo'lar-bo'lmas yumushlar bilan chalg'ib qolmasangiz, rejadagi barcha ishlarni a'lo darajada nihoyasiga yetkazishingiz mumkin bo'ladi. Neki ishga qo'l ursangiz, mohiyatini oldindan bilib olishga harakat qiling. Shaxsiy hayotingizni o'zgalar, ko'ngli qoralar nazaridan asrang. Aks holda oilangizga bir yaramas kirib keladi-yu, totli hayotingizni zaharga aylantiradi. Xudo asrasin! Kechqurun faqat oilangizdagilar bilan suhbatlashib, chaqchaqlashib vaqt o'tkazishingiz tavsiya etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Buzoq burji ostida tavallud topganlarni eng muhim ishlar ham chalg'ita olmaydi. Ular asosan shaxsiy hayot bilan shug'ullanishadi. Shu bahonada yaqin insoningiz bilan o'zaro munosabatlarni mustahkamlab olasiz. Bugun dam olish kuni bo'lishiga qaramay, oldingizda qilinajak ishlar bir talay. Ularni chin ko'ngil bilan ado etishga harakat qiling. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatligingiz bugun pand bermaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

23 iyunda shaxsiy hayotingiz ertaklardagidek kechishi kutilmoqda. Ammo oilalilarning ayrimlari jufti bilan adi-badi aytishib qolishi ehtimolga yaqin. Do'stlar bilan suhbatlashganda, sizdan oratorlik talab etiladi. Bu narsa sizga moddiy manfaat ko'rishingizda ham asqotishi mumkin. Kechqurun tadbirkorlardan kimdir olis safarga otlanadi. Safar davomida biznesingiz bilan bog'liq bir talay foydali kelishuvlarni amalga oshirasiz. Omadingizni bersin!

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Mabodo ishtahangiz karnay bo'lsa, zudlik bilan parhez boshlashingiz kerak bo'ladi. Aks holda ortiqcha vazn orttirib olishingiz aniq. Yaqin insoningiz bilan kun davomida bahsli lahzalar yuzaga kelishi kutiladi. Qo'rqmang, bu bahs janjalga aylanmaydi. Siz yo'l qo'ymaysiz. Kechqurun yolg'iz yashovchilarga romantik xarakterga ega mashg'ulot qidirib topish tavsiya etiladi. Salomatlikni asrash zarurligini ham unutib qo'ymang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

23 iyun kuni har bir lahzangiz ajoyib tarzda o'tadi. Go'yo yoshligingiz ortga qaytgandek kuch-g'ayratga to'lib-toshasiz. Oilasizlarning ba'zilari kimnidir qattiq sevib qolganini his etadi. Tadbirkorlar uchun yangi shartnomalarni imzolash, muhim hujjatlarni rasmiylashtirish va xizmat safariga otlanish muvaffaqiyatli kechadi. Pulingiz esa o'zingiz xohlagan kabi ko'p bo'lmaydi. Demak qo'shimcha daromad keltiruvchi ish topishingiz lozim.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Rejalar, maqsadlar, umidlar ko'p. Ammo ularni haqiqatga aylantirish katta muammo. Chunki siz bugun asosan uydagi yumushlarni ado etishingiz, oilali bo'lsangiz, oilangiz haqida qayg'urishingiz kerak. Moliyaviy muammolaringiz xamirdan qil sug'urgandek oson bartaraf etiladi deb bo'lmaydi. Ancha-muncha ter to'kishingizga to'g'ri keladi. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, atmosferada kuchli magnit bo'ronlari sodir bo'layotganini unutmang. Ehtiyotingizni qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

23 iyun siz uchun murakkab kechadi. Ro'zg'oringizda muammo ko'p. Ularning hammasini ham bir zarb bilan uddalab tashlay olmaysiz. Bugun sport bilan shug'ullanish, meditatsiya, moliyaviy yo'nalishda qo'shimcha bilimlarga ega bo'lish amallari xayrli kechadi. Shaxsiy biznesingiz bo'lsa, katta bir ishga pul tikishingiz kerak bo'ladi. Cho'chimang, pullaringiz foizi bilan o'zingizga qaytadi. Kechqurun kamroq ovqat yeng, o'zingizga yaxshi bo'ladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Shu kunga qadar sizga hamrohlik qilgan hayot qoliplaridan bo'shang. Bu qoliplar eskirgan. Endi sizga tirgak bo'la olishmaydi. Muhabbatda ham o'zingizni boshqacharoq tuting. Uni romantizm bilan yanada boyitish harakatida bo'ling. Bugun turli ko'rinishdagi xaridlarni amalga oshirish, yashash manzilini o'zgartirish muvaffaqiyatli kechadi. Agar do'kon aylanishni xohlayotgan bo'lsangiz, ko'proq pul oling. Bugun uxlab ko'radigan tushingiz o'ngidan keladi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

23 iyun kuni azaliy orzularingizning ko'pchiligi haqiqatga aylanadi. Yo'lingizda to'siqlar ham yo'q emas. Lekin ularni yengib o'tish siz uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. Moddiy ahvolingizdan ham nolimaysiz. Zahiradagi pullar hali ancha vaqtga yetadi. Muhabbatda juda ehtiyotkor bo'ling. Oila qurmagan bo'lsangiz, yo'lingizga raqiblar ko'ndalang turishi mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Bugungi kun sizning ziyoningizga ishlay boshlashi mumkin. Rejalar birin-ketin barbod bo'la boshlaydi. Biroq ruhan tushkunlikka tushmang. Mushkulotlarga qarshi kurashib qo'lga kiritilgan omad abadiy bo'ladi. Yolg'iz bo'lsangiz, bugun bo'lg'usi juftingizni uchratishingiz uchun qulay imkoniyat tug'iladi. Imkoniyatni zinhor qo'ldan bermang. Do'kon va kafelarga tashrif buyurishingizga to'g'ri kelsa, ehtiyotingizni qiling. Firibgarlar nazariga tushishingiz ehtimoli bor.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

23 iyunda birovlarga bilib-bilmay va'dalar berishdan saqlaning. Kuch va imkoniyatlaringiz me'yorda emas. Va'dalaringiz ustidan chiqa olmaysiz. Yaxshisi, bugungi kuningizni madaniy dam olishga bag'ishlang. Bundan tashqari, sog'lig'ingizni mustahkamlang, ajoyib insonlar bilan suhbatlar quring. Ko'proq harakatda bo'ling. Bir joyda uzoq o'tirib qolmang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun xotirjamlikka alohida e'tibor qaratishingiz tavsiya qilinadi. Shunday vaziyatlarga duch kelasizki, jahl va alam hissi zo'r kela boshlaydi. Agar ularning yetagida qolsangiz, muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Moliyaviy muammolaringiz esa sizni hayron qoldirib osongina hal bo'ladi. Yolg'izlardan kimdir romantik tanishuvni boshidan kechiradi. Bu masalada ham omad faqat siz tomonda bo'ladi.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 49 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar