наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 68
Гостей: 68
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

16:55
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 23 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

23 fevralda o'z his-tuyg'ularingiz asiriga aylanishingiz mumkin. Shuning uchun emotsiyangizni jilovda ushlashingiz talab etiladi. Suygan insoningizga faqat suyukli bo'lib qolishga harakat qiling. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishingizda muammolar ko'zga tashlanmaydi. Atrofdagilar bilan iliq munosabatda bo'lasiz. Kechqurun esa ko'plab xabarlarni yetkazishadiki, ular rejalaringizning ayrimlarini tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Aqliy mehnat kishilarining omadi chopadi. Har jihatdan nafi teguvchi ishlar yo'lingizga ko'ndalang turishiga shaxsan guvoh bo'lasiz. Lekin asosiy ishingizni ham unutib qo'ymang. O'zingizga nisbatan talabchan bo'lish ishlaringiz baroridan kelishini ta'minlaydi. Moliyaviy sohada bugun omadingiz chopmaydigan bo'lib turibdi. Lekin zahira pullaringiz sizni inqirozdan qutqarib qolishi tayin. O'zingizni ehtiyot qiling. To'g'ri ovqatlaning.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

23 fevral kuni o'zingizga anchadan beri yoqadigan bir inson kutilmagan sovg'a hadya etishi mumkin. Bu lahzalarning qadriga yeting. Ayrim yumushlarni ado etishda jiddiy muammolarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Qonunga xilof ishlarga zinhor qo'l ura ko'rmang. Ba'zilar kechqurun olis safarga otlanishlari kutiladi. Safar sizni shaxsiy hayotda kutilayotgan ko'ngilsizliklardan asrab qoladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Kuningiz ancha og'ir kechishi kutilmoqda. Agressiya va jahldorlik sizni kun davomida ta'qib eta borishi mumkin. Shuning uchun imkon doirasida kayfiyatingiz yetagida qolishdan saqlaning. Tadbirkorlar uchun kunning ikkinchi yarmida hamkorlar bilan tashkil etiladigan kelishuvlar ko'ngildagidek kechadi. Asosiysi, bu kelishuvga kechikmasdan borsangiz bas. Salomatlikni asrang, atmosferada davom etayotgan magnit bo'ronlari ta'siridan saqlaning.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

23 fevralda har bir qadamni qalbingiz amriga itoat etgan holda tashlashingiz tavsiya etiladi. Kun davomida aldanishlar, ikkiyuzlamachiliklar, hatto moliyaviy yo'qotishlarga duch kelishingiz mumkin. Bunda sizga faqat qalbingizgina yordam bera oladi. Muhim hujjatlar bilan ishlaganda sergaklikni qo'ldan bermang. Ish bajarishda o'z taktikangizgagina amal qilgan holda harakatlar sodir eting. Shundagina muvaffaqiyatlar naqd bo'ladi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni ham unutmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

O'z manfaatlaringiz yo'lida birovlardan foydalanishga urinmang. Agar bu vazifa sizning zimmangizga yuklangan bo'lsa, o'zingiz yolg'iz ado etish payida bo'ling. Erta uyqudan uyg'onsangiz, bunday vazifalarning ko'pchiligini qoyillatish uchun kuch va imkoniyatlaringiz yetarli bo'ladi. Oilasizlar muhabbatda kam o'ylab, ko'p harakat qilishga amal qilsinlar. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, profilaktikadan tiyilmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

23 fevral kuni yaqin do'stlardan biri bilan munosabatingizga nuqta qo'yishgacha olib boruvchi lahzalar sizni ta'qib eta boshlashi mumkin. Demak, siz pozitsiyangizni o'zgartirgan holda bu ko'ngilsizliklarni chetlab o'tishga harakat qilishingiz kerak. Aqliy mehnat kishilarining daromadi bugun kechagidan-da mo'lroq bo'ladi. Faqat dam olish masalasini ham unutmang. Organizmingizni zo'riqtirishga sira hojat yo'q. Spirtli ichimliklar iste'molidan qoching.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Kunni xush kayfiyat bilan boshlaysiz. Biroq kompyuter qarshisida uzoq o'tirib qolishdan va bo'lar-bo'lmas yozishmalarga ruju qo'yishdan nari bo'ling. Bular asosiy ishingiz baroridan kelishiga to'sqinlik qiladi. Faqat ish deb oilasiga u qadar e'tibor qaratmayotganlar jufti bilan jiddiy suhbatni boshdan kechirishlari mumkin. Ro'zg'ordagi muammolarni ham bugundan qoldirmay bartaraf etishingizga to'g'ri keladi. Asabni asrang.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

23 fevralda ishxonadagi rahbarlar sizni kutilmaganda tanqid ostiga olishlari ehtimoli bor. Ammo sira tashvish chekmang. Hamkasblar sizning yoningizni oladi va tanqidlardan qutulib qolasiz. Agar ayb o'zingizda ekanini tan olsangiz, mudofaaga o'tish uchun sira hojat yo'q. Kunning ikkinchi yarmida oila qurmaganlar romantik uchrashuvni boshdan o'tkazishadi. Har bir lahzangiz totli o'tsin. Joningizni asrang. Ko'cha ovqatini iste'mol qilmang.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

O'zingizga o'zgalar ko'zi bilan bir qarab olishingiz tavsiya etiladi. Gap tashqi ko'rinishingiz xususida emas, ba'zi xunuk odatlaringiz haqida boradi. Siz o'sha odatlardan voz kechib ketishingiz kerak. Oilasizlar kun davomida yorqin bir uchrashuvni boshlaridan kechirishadi. Bu tanishuv va uchrashuv sizning azaliy orzuingiz haqiqatga aylanishini ta'minlaydi. Moliyada ham omadingiz kuladi. Kissangizga xudo berib bir dasta pul tushadi. Tejamkor bo'ling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

23 fevral kuni yaqin do'stlardan biri pul topish masalasida sizga to'g'ri yo'lni ko'rsatadi. Ma'lum bo'lishicha, u ham bir vaqtlar xuddi siz kabi puldan qiynalib ko'rgan ekan. Tushdan keyin kimlardir sizga qo'shimcha daromadli ish taklif etishi mumkin. Daf'atan xizmat safariga jo'nab ketishingiz mumkin. Yangi texnologiyalarni o'rganishingizga to'g'ri kelish ehtimoli ham yo'q emas. Bularning barchasini ado etish sizga oson kechmaydi albatta. Biroq Ollohdan kuch va sabr so'rasangiz, albatta niyatga yetasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kuningiz har jihatdan unumli kechadi. Dam olib, ertangi kun uchun kuch yig'ishga ham ulgurasiz. Shu orada allakimlar yo'l-yo'lakay sizdan haq evaziga yordam so'rashi ham ehtimoldan xoli emas. Oilasizlardan kimdir yaqindagina orzusidagi inson bilan tanishgan bo'lsa, bu haqda hech kimga og'iz ochmay turishi tavsiya qilinadi. Bu yaxshilikka olib kelmasligi mumkin.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 39 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munaajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar