наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 14
Гостей: 14
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

18:01
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 23 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun nima bilan shug'ullanishni reja qilgan bo'lsangiz, har bir ishga alohida e'tibor bilan yondashishingiz talab etiladi. Professionalizmni oshira borishni ham unutib qo'ymang. Shaxsiy hayotingizda muammolar bor, ammo ular vaqtingizni bor bo'yi bilan sarflashga arzimaydi. Yaqinlaringiz, suygan insoningiz bilan muloqotda yon berishga moyil bo'lsangiz, barcha muammolar o'z-o'zidan barham topadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

23 avgust kuni o'zingizni o'zingiz koyib, arzimas xato uchun ham siqilaverishni bas qilmasangiz, buning oqibati kuchli depressiya bilan tugashi hech gap emas. O'zingizni tutishda, atrofdagilar bilan muloqotda, ish bajarishda yangiliklar, ijobiy o'zgarishlar yasay olsangiz, omadingiz kelgani o'sha. Ishda nafaqat tajriba, balki yangi bilimlarga ham murojaat etishingiz kerak bo'ladi. Ro'zg'oringizda favqulodda jihozlar buzilishi va ortiqcha xarajatlar kutiladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Moliyaviy muammolarni tezroq ijobiy hal etishingiz uchun ozgina harakat va bardosh zarur bo'ladi. Jahl qilish, xotirjamlikni yo'qotish, kuchli bosim ostida ishlash muammoni hal etib bermaydi. Agar muhabbatda oila qurmaganlar tanlaganining sevgisidan negadir shubhalana boshlagan bo'lsa, uning qalbiga boshqa yo'l orqali borishga urinib ko'rsinlar. Ishxonada tajribasi ko'p hamkasblar neki mushkulot bo'lsa, o'z mashalatlari bilan og'iringizni yengil qiladi. Omad sizga yor bo'lsin!

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

23 avgustda ishda omad kulib boqishi uchun harakat va intilish talab etiladi. Kimlargadir qo'ng'iroq qilish, kelishish, yordam so'rash foyda bermaydi. Qancha faol bo'lsangiz, shuncha ko'p daromad olasiz. Kun mobaynida atrofdagilardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Faqat oila a'zolaringiz bilan birgalikda vaqt o'tkazing. Yotishdan oldin og'ir hazm bo'luvchi taomlar iste'mol qilmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun kunning birinchi yarmida ishxonangizda bahsli vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Agar o'z vaqtida bahslarga nuqta qo'yilmasa, ko'ngilsizliklarga sabab bo'lishi hech gap emas. Rahbarlaringiz topshirgan vazifalarni o'z vaqtida ado etishingiz kerak bo'ladi. Mukofot puli miqdori xuddi shunga bog'liq bo'ladi. Oilangizda yetakchi bo'lishga urinmaganingiz ma'qul. Undan ko'ra sevimli mashg'ulotlaringiz bilan band bo'ling. Ertangi kun uchun rejalar tuzing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

23 avgust kuni hayotingizda sodir bo'ladigan har bir yaxshi-yomon hodisa sizni hayratga solmay qo'ymaydi. Lekin bu ishdan voz keching, xizmat safariga bormang degani emas. Ish joyida ancha yildan beri halol mehnat qilib kelganlar bugun lavozimi oshirilishiga guvoh bo'ladi. Xayriyat, nihoyat sizga ham e'tibor qaratishdi. Ko'z tegmasin! Muhabbatda vaziyatga qarab ish tuting. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, muolajalar haqida jiddiy o'ylab ko'ring.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugun eng avvalo har qanaqangi ishni yig'ishtirib qo'yib, faqat salomatligingizni mustahkamlash bilan band bo'ling. To'g'ri, salomatligingiz pand bermoqchi emas. Ammo bu hozircha. Agar profilaktika bilan shug'ullanmasangiz, yaqin vaqtlarda u albatta pand beradi. Moliyaviy ahvolingizni ijobiy hal etish uchun bankdan kredit olishingizga to'g'ri keladi. Kimpyuter qarshisida uzoq vaqt qolib ketish umurtqa pog'onangizga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

23 avgustda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlarga putur yetishini istamasangiz, vaziyat bilan o'ynashmang. Har bir voqea-hodisani xotirjamlik bilan qabul qiling. Bundan tashqari, asosiy e'tiborni moddiy ahvolingizni yaxshilashga qarating. Oilaviy byudjetingizda salbiy o'zgarishlar yuzaga kelishini xohlamasangiz, qo'shimcha daromad keltiruvchi ish toping. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Moliyada, ishda va martaba masalasida ommaviy tanaffuslar yuzaga keladi. Hali hech kim bilmagan iste'dodingiz yuz ko'rsatib, rahbarlar qarshisida yuzingizni yanada yorug' qiladi. Oilaviy muammolar ham silliqchasiga bartaraf etiladi. Qarzlaringiz bo'lsa, bugun egalariga yetkazish uchun qulay imkoniyatlar paydo bo'ladi. Faqat organizmni jismoniy zo'riqtirmang. Salomatligingizga putur yetishi mumkin.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

23 avgust kuni zimmangizdagi vazifalarni a'lo darajada ado etasiz. Faqat ilgari bajarilmay qolib ketgan ishlar borligini bildirib o'tishi mumkin. Bu voqea favqulodda sodir bo'ladi. Shu sababli vaziyatni sun'iy tarzda o'zgartirishingizga to'g'ri keladi. Do'stlardan biri bilan yoqimsiz suhbat yuzaga keladi. Agar suhbat qalb ishingiz bilan bog'liq bo'lsa, uni to'xtating-u, sekin jo'nab qoling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymang.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Bugun qovg'a burjida tavallud topganlar o'zi uchun ertalabdan dam olish e'lon qilishi kutiladi. Tabiat qo'yniga borib dam olish ayni muddao bo'ladi. Moliyadan mo'may daromad kutmang. Bu masalada bugun sizning kuningiz emas. Lekin pulsiz ham qolib ketmaysiz. Shaxsiy hayotda yetakchilikka da'vo qilmang. Vaziyat sizning ziyoningizga o'zgarib ketishi mumkin. Kechqurun yoshi ulug', bemor qondoshlar holidan xabar oling, savobga ega bo'ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

23 avgustda tafakkuringiz yuqori nuqtada bo'ladi. Bironta muammo sizni boshi berk ko'chaga olib kirib qo'ya olmaydi. Shaxsiy hayotdan buguncha ortga chekining. Imkon topsangiz, tabiat qo'yniga chiqib keting. Dam oling, istirohat qiling. Juftingiz bilan munosabatlarga oydinlik kiritish talab etiladi. Shunday gaplashingki, arzimas bahonalar bilan sizni bezovta qilmaydigan, asabingizga tegmaydigan bo'lsin.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 41 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: bashorati, Munajjimlar, kunlik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar