наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:52
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 22 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Erta tongda uyg'onasiz-u, baxtli kelajak sari navbatdagi qadamni tashlaysiz. Bu yo'lda sizga hech qanday kuch to'sqinlik qila olmaydi. Faqat o'tmishdagi xatolarni takrorlab qo'yishdan saqlaning. Taqdirdan kutilmagan sovg'alar olishni istasangiz, avvalo o'zingiz saxovatpesha bo'ling. Ayniqsa, yaqin insonlardan mehrni ham, pulni ham ayamang. Bularning javobini esa juda yaqin fursatda albatta olasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

22 iyunda sizni yangi, bir-biridan yorqin hodisalar kutib turadi. Ishxonadagi martabangizni yuqorilatishning buguncha imkoni bo'lmasligi mumkin. Lekin kun davomida bir-biridan qiziqarli tanishuvlarni boshdan kechirasizki, martaba haqida o'ylashga fursat bo'lmaydi. Muhabbatda qalbingiz bayram talab qilmoqda. Bayramni tashkil etishga esa hech kim xalal bera olmaydi. Faqat ehtiyotkorlikni qo'ldan bermang. Olis safarga chiqishni boshqa kunga qoldiring.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugungi kuningiz ertaklardagidek kechadi. Kutilmagan sovg'alar, yangi tanishuvlar sehridan boshingiz aylansa, sarxushlansangiz ne ajab. Ammo bugun dangasalikka aslo o'rin bermang. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishda malaka oshirishingiz tavsiya etiladi. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida foydali shartnoma imzolashlari haqiqatga yaqin. Omadingizni bersin! Salomatlikni ham nazoratdan qo'ymang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

22 iyun kuni qachonlardir ko'zingizga foydasiz va mushkul ko'ringan ishlarni muvaffaqiyatli yakunlaysiz va bu mehnatning mevasini olasiz. Shuning natijasida ishxonangizda hurmatingiz ham ortadi. Muhabbatda, oilaviy hayotda janjalli vaziyatlarni qidirmang. Hatto, juftingiz janjalga sabab bo'luvchi harakatlarni sodir eta boshlasa ham xotirjamlikni qo'ldan bermang. Salomatligingizga alohida diqqat-e'tibor bilan yondashing.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun barcha ishlarni chetga surib qo'yib dam olishingiz, do'stlar bilan ko'ngil yozishingiz tavsiya etiladi. Nufuzli restoranga borib ovqatlansangiz ham pulingiz kamayib qolmaydi. Agar yo'lingizga nafi ko'proq, serdaromad ishlar ko'ndalang bo'lsa, ertangi kun uchun qoldirmang. Aqliy mehnat kishilari organizmini jismonan zo'riqtirmasinlar. Har jabhada me'yorni biling. O'zingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

22 iyun kuni tafakkurga suyangan holda ish tutmasangiz, omad sizdan tez muddatda yuz o'girishi mumkin. Emotsiyangizni jilovlashga kuchingiz yetmayotgan bo'lsa, biror melodrama yo'nalishidagi asarni mutolaa qiling. Do'stlardan pul qarz bo'lsangiz, darhol qaytarib qo'yishingiz kerak bo'ladi. Aks holda orangizdagi munosabatlarga putur yetadi. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrifi ham ehtimoldan xoli emas.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ertalab bitta chashkada kofe ichishingiz talab etiladi. Bu miyangiz yaxshi ishlay boshlashiga sababchi bo'ladi. Yangi kuch olasiz. Ovqatlanish rejimi va me'yoriga qat'iy amal qiling. Oshqozoningizda muammo paydo bo'lishi mumkin. Tunda ovqatlanmang. Shunda ortiqcha vazndan xalos bo'la borasiz. Kechqurun moliyaviy masalada muhim qaror qabul qilishingiz uchun omadli kechadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

22 iyunda zimmangizdagi vazifaga nisbatan loqayd munosabatda bo'lishingiz ko'ngilsizliklarga sabab bo'lishi mumkin. Oqibatda hamkasblaringiz mukofot oladi, siz esa quruq qolasiz. O'zingizga tegishli yukni boshqaning yelkasiga ortmoqlab qo'yishdan saqlaning. Garchi u odam qarindoshingiz bo'lsa ham bunday harakatni sodir etmang. Kechqurun xaridlarni amalga oshirish, sayohatga chiqish va do'stlar bilan uchrashish uchun xayrli kechadi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Intiluvchanlik sizda yetarlicha. Ammo bor bilimingizni ishga bag'ishlash imkoniyatidan sizga hasad qiladiganlar mahrum etishi mumkin. Oilasizlar muhabbatda g'alaba nashidasini surishlari kutilmoqda. Biroq buning uchun o'zingiz birinchi bo'lib oldinga qadam tashlashingiz kerak. Muammolar charchatib tashlagan bo'lsa, kechqurun sportzalga choping. Yoki teatrga tushsangiz ham chalg'iysiz. Kechqurun albatta toza havo sayriga chiqing.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

22 iyun kun davomida boshingizdan o'tgan ko'ngilsizliklar, muammolar va hatto baxtli onlaringizni chuqur tahlil etish bilan band bo'lasiz. Lekin shuncha yukni yelkaga ortishingizdan ne naf? Undan ko'ra, o'zingizga bo'lgan ishonch hissini orttirishga urinib ko'ring. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan jiddiy gaplashib olishni xohlayotgan bo'lsangiz, bu suhbatni boshqa kunga qoldiring. Hozir jiddiy suhbatlar salomatligingizga putur yetkazishi mumkin.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Uylanmagan yigitlar, qovg'a burji ostida tug'ilgan shunqorlar bugun ruhni baland-baland ko'targan holda suyganiga muhabbat izhor qilishlari, to'yni tezlatishlari lozim. Kerak bo'lsa bu yo'lda oltin baliq rolini ijro etsangiz ham ziyon qilmaydi. Hamkasblar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Shuning uchun ishxonada birovni bilib-bilmay tanqid ostiga olmang. Kechqurun hech kutilmagan tarafdan qo'lingizga pul kelib tushadi. Barakasini bersin!

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

22 iyunda aqliy mehnat kishilarini omad va g'alaba kutadi. Biroq eski bilimlarga suyanib qolmang. Bilim doirangizni oshira borishga, yangilashga harakat qiling. Ayrimlar kun davomida shamollab qolishi mumkin. Hozirgi issiq kunlarda vitaminga boy mevalarni ko'proq yeng, suyuqlikni ko'proq iching. Quyosh tig'ida ikki soatdan ko'p turib qolmang. Joningizni asrang. Asabiylashmang. Kechqurun yengil hazm bo'luvchi taomlar iste'mol qiling.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 77 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar