наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 44
Гостей: 44
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

07:06
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 21 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

21 iyulda odamlarga qaysidir masalada yoki ishda yordam berish ishqi bilan yonasiz. Bu albatta savob ish. Qiynalganga yordam ko'rsatish Ollohning mukofotiga sazovordir. Faqat bu masalaga yolg'on aralashmasligi kerak. Kunning ikkinchi yarmida qachonlardir sizni boplab aldagan odam kimligini bilib qolasiz va shuning oqibatida kayfiyatingiz tushib ketishi mumkin. Kechqurun uy yoki mashina ta'miri bilan band bo'lishingiz kutiladi. O'zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Kuningiz bayramona tus olishi haqiqatga yaqin ekanini unutmang. Ammo nimaning munosabati bilan bayram bo'lishi hozircha ma'lum emas. Asosiysi, do'stlar va qarindoshlar bilan shu bahonada xursandchilik qilib olasiz. Katta pulga ega chiqmasangiz-da, pulsiz ham qolib ketmaysiz. Muhabbatda oila qurmaganlar ko'nglidagi gaplarni uyatmi, andishami to'sqinlik qilishi tufayli bo'lg'usi umr yo'ldoshiga ayta olmay qiynalishadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

21 iyul kuni kayfiyatingiz a'lo darajada bo'ladi, ishoning. Ish, uy, hatto do'stlarning ayrimlarini yangisiga almashtirishni xohlay boshlaysiz. Shoshilmang. Aks holda yolg'iz va yana uysiz qolib ketishingiz hech gap emas. Shaxsiy biznesi borlar ish bitirishda qat'iyatli bo'lishlari talab etiladi. Katta ishlarga pul tikishdan qo'rqmang. Biznes tavakkalchilikni ham yoqtiradi, unutmang. Kechqurun toza havo sayriga chiqing.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun atrofdagilar, oila a'zolaringiz, tanishlar bilan muloyim munosabat yuritishingiz, yon berishga moyil bo'lishingiz talab etiladi. Ish bajarishda qat'iyat va tavakkalchilikka yon bergan holda harakatlar sodir eting. Kechki payt uzoq bir manzildan uzoq qarindoshingiz mehmon bo'lib kelishi mumkin. Uxlashdan oldin sut ichib yotsangiz, tushlaringiz totli kechadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

21 iyulda hanuz erkin nafas olishga yo'l bermayotgan zararli odatlarni tashlashingiz uchun qulay imkoniyatlar mo'l bo'ladi. Sog'lom turmush tarzini kechira boshlashingiz kerak. Fursat allaqachon yetgan. Sport bilan shug'ullansangiz ham chalg'iysiz, ham salomatlikka foyda. Muhabbatda oilalilarning ham, oilasizlarning ham omadi chopadi. Ba'zilar katta ko'chada ketayotib, bo'lg'usi juftini uchratishi va romantik tanishuvni boshdan kechirishi mumkin. Bardam bo'ling!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Parizod burji ostida tavallud topgan oilali do'stlarimizdan ayrimlari jufti bilan janjallashib qolishi kutiladi. Bu janjal aslida anchadan beri belgi berib kelardi. Faqat ikkingiz ham sezmagansiz. Bugun dam olish kuni ekaniga qarab o'tirmay, pul tushadigan ish topishingiz kerak. Aks holda moddiy ahvolingiz zaiflashib qolishi mumkin. Serqatnov yo'llarda ehtiyot bo'ling. Quyosh tig'ida uzoq turib qolishdan saqlaning. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, atmosferadagi magnit bo'ronlaridan saqlaning.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

21 iyul dam olish kuni bo'lishiga qaramay, ishlaydigan do'stlarimiz ish beruvchi bilan bahsga kirishmasinlar. Yo'qsa, ish haqingizni ham ololmay sarson bo'lishingiz mumkin. Atrofdagilar bilan muloyim va jilmaygan holda muomala qiling. Kechqurun do'stlaringiz davrasida o'tirib dam olishingiz kutilmoqda. Sportning futbol va voleybol turlari bilan kechqurun shug'ullanish sizga ijobiy emotsiyalar guldastasini hadya etadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Ertalabdan do'kon yoki bozorga tushadigan bo'lsangiz, tejamkorlikni unutishingiz tayin. Ko'zingizga go'zal ko'ringan buyumlarni sotib olishga intilaverasiz. Ba'zida bunday xaridlarga yo'l bersa bo'ladi. Faqat bugun emas. Bugun yo'l beradigan bo'lsangiz, pulsiz qolib ketishingiz turgan gap. Oilada ro'zg'or buyumlari masalasida jiddiy muammolar ko'zga tashlanishi mumkin. Ayrimlar avtomobil ta'miri bilan ovora bo'ladi. Basharti olis yoki yaqin manzilga safar qilish zarurati tug'ilsa, boshqa kunga qoldiring.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

21 iyul kunning birinchi yarmida sizni yorqin uchrashuvlar kutib turadi. Gap martaba oshishi va biznesga borib taqaladigan bo'lsa, maksimal darajada hushyor turishingiz tavsiya qilinadi. Atrofdagilar bilan muloqotda har bir gapingizni mulohaza qilib keyin tilga ko'chiring. Moliyaviy sohada muammo bo'lmaydi. Faqat siz yirik bir xaridni amalga oshirmoqchi edingiz. Baxtga qarshi bugun unday xaridlarga mablag'ingiz yetarli emas. Yetarli bo'lgan taqdirda ham xaridni amalga oshirgach, pulsiz qolib ketasiz.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Tog' echkisi burji ostida tug'ilgan yolg'izlarga bugun barcha havas qilsa arziydi. Ularning aksariyati kun davomida bo'lg'usi suyuklisini uchratib tanishadi. Shunisi ajablanarliki, siz ancha vaqtlardan beri uni yurt kezib qidirgansiz. Mundoq qarasangiz, u yonginangizda yashagan bo'lib chiqadi. Kunning ikkinchi yarmida sevimli xobbingiz bilan shug'ullanish hamda sayohatga chiqish imkoniyatlari paydo bo'ladi. Ammo buning uchun avval mehnat ta'tiliga chiqishingiz kerak.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

21 iyul siz uchun omadlar va standartlar kuniga aylanadi. O'zingizni tutishingizdan tortib bajaradigan ishingizgacha jahon standartlariga to'liq javob beradi deyishsa, ishonavering. Ortingizdan g'iybat qiluvchilarni ko'rmaslikka olib o'tib keting. Undaylarga qarshi kurashishning eng yaxshi usuli sukut ekanini unutmang. Shaxsiy biznesiga ega do'stlarimiz bugun sheriklar maslahatiga to'liq ishonib qolmasliklari kerak. Bu inqirozga olib kelishi mumkin. Kechqurun bir marta bo'lsin salomatligingizni nazoratdan o'tkazib qo'ying.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun g'alaba faqat siz tomonda bo'ladi. Lekin jang qiladigan raqibning o'zi yo'q. Bu yaxshilikka. Janjal va kelishmovchiliklar yaxshilikka olib kelmaydi. Kunning ikkinchi yarmida vaqt topib tabiat qo'ynida dam olib qaytishingiz tavsiya etiladi. Shaxsiy hayotingizda favqulodda salbiy o'zgarish ko'zga tashlanishi mumkin. Oldini olishga vaqtingiz bor. Harakatga tushavering.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 150 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: bashorati, kunlik, Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar