наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 45
Гостей: 45
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

20:24
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 21 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun shoshma-shosharlik bilan qarorlar qabul qilishingiz tavsiya etilmaydi. Chunki vaziyat kun davomida yuzlab marotaba o'zgarishi mumkin. Shunday ekan, bardosh qilishingiz va kuzatuvchi sifatida atrofga boqishingizga to'g'ri keladi. Moliya bilan bog'liq har bir operatsiyani huquqshunoslar yordamidagina amalga oshiring. Juda bo'lmaganda, o'zingizga nisbatan tajribaliroqlarning maslahatiga quloq tuting. Negaki, aynan moliyaviy masalada katta yo'qotishlar va inqiroz xavfi bor.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

21 fevralda tabiatingizga xos bo'lmagan jihatlar paydo bo'ladi. Siz juda sergak va e'tiborli odamga aylanasiz. Moliyaviy muammolar sizning foydangizga hal bo'ladi. Agar yo'l-yo'lakay paydo bo'ladigan imkoniyatlarni qo'ldan chiqarmasangiz, shaxsiy ish bilan otlanadigan safaringiz baroridan keladi. Immunitetingiz past. O'z vaqtida uxlash va kerakli vitaminlar ichib yurishni unutmang. Kechqurungi toza havo sayri ham siz uchun foydadan xoli bo'lmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Kunning birinchi yarmida do'stlaringizdan qaysidir biri bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Siz o'ylab ko'ring, o'sha do'stingizning o'rniga o'zingizni qo'yib boqing. Janjalni bas qiling. Sababi, janjallar, bahslar hayotingizning boshqa jihatlariga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi hech gap emas. Ayniqsa, asabingiz charchagan bo'lsa, salomatlik ham jabr chekishi mumkin. Kechqurun yoshi ulug' qarindoshlar bilan sen-menga borib qolishdan saqlaning.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

21 fevral kuni do'stlar va qondoshlar qarshisida boshingizni baland ko'targan holda munosabat yuriting. Ular orasida kimlardir sizga qarshi nimalardir qilib yurgan ko'rinadi. Siz bilmaslikka, sezmaganlikka oling. Kun davomida yon berish masalasiga alohida e'tibor qarating. Ishxonangizda sizni mamnun eta oladigan yorqin bir hodisa sodir bo'lishi kutiladi. Hoynahoy, sizga yangi lavozim taklif etsalar kerak. Muborak bo'lsin!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugungi kuningiz alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Siz katta ishlarga qo'l urishingiz mumkin. Bu ishda sizga hamkasblar ham, do'stlar ham yaqindan yordam berishadi. Dushmanlaringizning hech biri xalal bera olmaydi. Moddiy ahvolingizni yaxshilash yo'lida ham muammo bo'lmaydi. Pul ortig'i bilan kelib cho'ntagingizga tushadi. Salomatlikni tiklash uchun tanani chiniqtiruvchi muolajalar oling. Suzish mashqlari ham ziyon qilmaydi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

21 fevralda ertalab hamkasblardan biri haqida g'alati bir xabarni eshitasiz va hayratdan tosh qotasiz. Bunday lahzalarda xotirjamlikka erk bering, bardoshli bo'ling. Busiz vaziyatni keskinlashtirib qo'yishingiz mumkin. Tadbirkorlar kun davomida yangi hamkorlar bilan foydali shartnomaga imzo qo'yishlari kutilmoqda. Endi harakatni tezlashtirishingiz kerak. Katta pul tikishingizga to'g'ri keladi. Aks holda hamkorlar qarshisida uyalib qolishingiz mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz ideal tarzda o'tadi deb bo'lmaydi. Biroq falokat va jiddiy ko'ngilsizliklar ham ko'zga tashlanmaydi. Barcha ishlar silliqchasiga ado etiladi. Rejalaringizni zinhor o'zgartira ko'rmang. Kunning ikkinchi yarmida tadbirkorlar yangi uchrashuvlar, shartnomalarga imzo chekish amallarini boshdan kechiradi. Ommaviy tadbirlarni boshqa kunga qoldiring. Kechqurun oila davrasida vaqt o'tkazing. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, muolajalar boshlash haqida qayg'uring.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

21 fevral kuni rejalarni tamoman o'zgartirib yuborishni istab qolasiz. Ammo taqdir sizga kutilmagan hadyalarni yuborishi mumkin. Shoshilmang. Ishxonangizda ishlaringiz baroridan kelishi tayin bo'lib turibdi. Tushdan keyin yangi ishga joylashgan xodim sizni daf'atan tanqid ostiga olishi mumkin. Bu voqea rahbarlar qarshisida sodir bo'lishi sizga alam qiladi albatta. Muhabbatda oilasizlar bo'lg'usi juftini kafe yoki restoranga taklif etsalar, maqsadga muvofiq bo'lardi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun ideal ketidan quvmang. Hatto, ish joyingizda ham kamtar bo'ling. Ayniqsa, yaqinda bu jamoaga kelib qo'shilgan bo'lsangiz, siz uchun kamtarlik juda muhim. Moliyaviy muammolar kun intihosiga yetmay turib ijobiy hal bo'ladi. Bu ishda sizga internet orqali do'stlashgan inson yaqindan ko'mak beradi. Kechqurun to'g'ri ovqatlanishga e'tibor qarating. Rejimni buzmang. Toza havoda sayr qilgachgina uxlashga yoting. O'zingizni ehtiyot qiling.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

21 fevralda kutilmaganda omad sizga kulib boqadi. Azbaroyi quvonganingizdan, bu baxtni hatto raqobatchi va hasadgo'ylar bilan ham bo'lishgingiz kelib qoladi. Lekin bu qadar ishonuvchan bo'lishingiz tavsiya qilinmaydi. Aks holda boringizdan ham ayrilib qolishingiz hech gap emas. Salomatlikni xalqona yo'llar bilan mustahkamlash imkoni tug'iladi. Bu imkoniyatdan unumli foydalaning. Ayniqsa, bel va oyoq og'rig'idan xalos bo'lishda xalqona usullar katta yordam beradi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz juda ajoyib boshlanadi va siz har bir vaziyatni o'z xohishingiz bo'yicha tashkil etish imkoniga ega bo'lasiz. Asosiysi, qo'rqmang. Dadil va mardona oldinga qadam tashlang. Zararli odatlar anchadan beri sizga qiyinchiliklar tug'dirayotgan bo'lsa, bugun ulardan xalos bo'lish payti yetdi. Oilasizlar olis safarga otlansalar, bu safar ularga baxt ato etadi. Safar davomida orzuingizdagi inson bilan tanishasiz. Serqatnov yo'llarda nihoyatda ehtiyot bo'ling. Yomon ko'zlardan nari bo'ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

21 fevral kuni kayfiyatingiz tushkun holatda bo'lishi mumkin. Bunday kayfiyatdan sizni faqat yaqinlaringizgina xalos eta oladi. O'zingizni yolg'iz his etishdan tiyiling. Hayotga real ko'z bilan boqing. Juda bo'lmasa, alamingizni ishdan oling. Suyukli insoningizga ko'proq mehr ko'rsating. Kechqurun sizni do'stlar bilan uchrashuv va qiziqarli suhbatlar kutib qoladi.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 58 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar