наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 18
Гостей: 18
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:08
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 18 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Oila qurmaganlardan kim bugundan ishqiy munosabatlarni, romantikani kutgan bo'lsa, albatta niyati vojib bo'ladi. Siz rosmana idealingizdagi inson bilan tanishib, romantika dengizida suza boshlaysiz. Ammo shoshilish yaramaydi. Siz u odamni oldin yaxshilab o'rganishingiz kerak. Keyinchalik kuyib qolmang tag'in. Ideal deb hisoblanganlar ham oqibatda noideal chiqib qolishlari hayotda ko'p uchraydi. Bugun asosiy kuchni ishga sarflang, shunda daromad ham bo'ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

18 may kuni garchi o'zingizni to'liq haq deb hisoblasangiz ham, qaysi jabhada bo'lmasin, qaror chiqarishga shoshilmang. Oilalilarning xonadonida juda bir quvonchli hodisa sodir bo'lishi kutiladi. Moddiy ahvolingiz yaxshi kechsa-da, ortiqcha sarf-xarajatlarning ketidan quvmaganingiz ma'qul. Hatto, suyukli insoningizga sovg'a hadya etish niyatida bo'lsangiz ham o'zingizni bosing. Inqirozga uchrashdan saqlaning.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Ish joyingizdagi yumushlarni ado etishda haddan tashqari mustaqil bo'lishingiz tavsiya qilinadi. Ishingizga ijodiy yondashishga harakat qiling. Oddiylikdan qoching. Murakkablik sari talpining. Muhabbatda ruhiy zo'riqishlarni boshdan kechirishingiz kutilmoqda. Bu jabhada hech kimga o'xshashni istamang. Birovlarning go'yo qahramonliklarini ko'chirib olmang. Boringizcha seving, boringizcha seviling. Shunda ijobiy natijaga erishishingiz mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

18 mayda tashkilotchilik talab qilinadigan vazifalarni zimmangizga olasiz. Achinarlisi, bu vazifani kechqurungacha arang ado etib ulgurasiz. Sal bo'lmasa, asosiy ishlar chala qolib ketay deydi. Ish bajarishda shunday usullarni tanlangki, ham foydali kechsin, ham yoqimli bo'lsin. Bunday sharoitda qancha ishlasangiz-da kam. Shunday emasmi? Oilaviy hayotda ko'proq o'zingizga ishoning. Shaxsiy fikrlaringizdan kelib chiqibgina qarorlar qabul qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yo'lingizda uchraydigan jiddiy to'siqlarni yengib o'ta olish uchun o'ta bardoshli va sovuqqon bo'lishingiz kerak. Yangi tuyg'ular uchun qalbingizni ocha bilsangizgina, muhabbatda muvaffaqiyat qozona olasiz. Moliyaviy muammolarni mustaqil bartaraf eta olmaysiz. Shuning uchun badavlat tanishlar bo'lsa, o'shalarga yordam so'rab murojaat eting. Turli xastaliklarga qarshi muolajalar, quyoshli vanna amali bugun xayrli kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

18 may kuni kamroq orzulang, kamroq xayol suring. Xayolan Oyni zabt etganingizda ham hech narsa o'zgarmaydi. Undan ko'ra asosiy ishlarni bajarish harakatida bo'ling. Hozir siz uchun birinchi navbatda moddiy ahvolingizni yaxshilashingiz muhimroq. Muhabbat, orzular ikkinchi o'rinda bo'lishi lozim. Kun davomida shaxsiy avtomobili borlar jarimaga tortilishi, yo'l patrul xizmati xodimlari bilan janjallashib qolishlari haqiqatga yaqinroq. Elektr quvvatiga ishlaydigan asboblar bilan munosabatda juda sergak turing.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kechasi yomon tushlar ko'rgan bo'lsangiz, bu hayot izdan chiqadi degani emas. Yomon tushlar havoning avzoyi buzilishi natijasida ham kuzatilishi mumkinligini unutmang. Xususiy mulk masalasida harakatlar sodir etishingiz kerak bo'lsa, xotirjamlik bilan ish bajaring. Muhim hujjatlarga imzo chekish zarurati tug'ilsa, sergak turing. Kimlardir sizni katta pulga tushirib ketish niyatida bo'lishi mumkin. Kun davomida ishingiz bilan bog'liq yangi g'oyalar tug'ilsa, bloknotingizga yozib qo'yishni unutmang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

18 may siz uchun har taraflama quyoshli kunga aylanadi. O'zingizni xuddi bayramlar diyoriga borib qolgandek yengil his eta boshlaysiz. Lekin ayrim masalalarga harqalay jiddiy munosabat yuritish kerak. Ayniqsa, birovdan qarzingiz bo'lsa, yoki do'stlardan biri bilan janjallashib qolgan bo'lsangiz, bu masalaga jiddiy qarashingiz lozim. Ijodkorlar kunning ikkinchi yarmida ilhom parilarining e'tibor va g'amxo'rligidan bahra olish sharafiga muyassar bo'lishadi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kunning birinchi yarmidanoq barcha muammolarni unutib, o'zingiz bilan yolg'iz qolish istagi ustun kela boshlaydi. Ammo yolg'iz qolib, qo'l qovushtirib o'tirish bilan masalaning yechimini topib bo'lmaydi. Moliyaviy muammolar osonlikcha hal bo'lmaydi. Hali o'zingiz yaxshi tanish bo'lmagan odamlarga pul qarz bermang. Keyin olishingiz mushkul kechadi. Umuman ololmasligingiz ham mumkin. Muhabbatda to'g'ri qarorlar qabul qilish uchun qalbingizga quloq tuting.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

18 may kuni aqliy mehnat bilan shug'ullanadiganlar ma'lum muddat tanaffus qilishlari talab etiladi. Aks holda salomatligingizga jiddiy putur yetadi. Shaxsiy hayotdan ham uzoqlashib ketishingiz haqiqatga yaqin. Oilasiz bo'lsangiz, atrofga boqing. Hov anavi yerda siz orzu qilgan bir inson sizdan ko'z uzmayotgandek tuyulmoqda. Ko'rinishidan u ham sizni orzulamoqda. Tanishing, yengil torting, romantika yetoviga kiring.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Bugun sizning kuningiz. Yettinchi osmon ham baxtingiz, quvonchli lahzalaringiz qarshisida xijolat cheka boshlaydi. Siz rosmana idealingizdagi odamni uchratib tanishasiz. Albatta, bu oila qurmaganlarga tegishli gap. Ba'zi do'stlarimiz kechqurun xizmat safariga jo'nab ketishlari mumkin. Siz tanishadigan odam xuddi o'sha boradigan manzilingizda uchraydi. Moliyaviy muammolardan xavotir olmasangiz ham bo'ladi. Pulingiz yetarlicha bo'ladi. Zoriqishingizga o'rin qolmaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

18 mayda shaxsiy «men»ingizdan vaqtincha voz kecha turing. Ish joyingizda qo'shimcha pul keladigan ish taklif etishmoqchi. Agar o'z vaqtida harakatingizni qilmasangiz, hamkasblardan biri ilib ketishi tayin. Muhabbatda mistikadangina iborat hodisalarga duch kelasiz. Yaxshisi, undan o'zingizni olib qoching. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanish rejimi va me'yorlarga qat'iy amal qiling. Salomatligingizni asrang. Asabni ehtiyot qiling.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 30 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar