наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 54
Гостей: 54
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:13
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 18 aprel kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)


18 aprelda o'zingizni xuddi bolalikdagidek yengil va baxtiyor his eta boshlaysiz. Bajarajak ishlaringiz unumli kechib, ketma-ket daromad keltira boshlaydi. Lekin ish bajarishda faqat yangilik sari intiling. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishga oid yangi g'oyalar o'ylab topishga harakat qiling. Bu masalada takliflar ham yetarlicha bo'ladi. Oila qurmagan bo'lsangiz, muhabbatda ikki tomon munosabatlarini taroziga solib ko'ring. Ko'ringki, bir tomonning vazni og'ir kelmasin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)


Bugun turli-tuman uchrashuvlar, ko'ngil yozish uchun mo'ljallangan tadbirlarni boshdan o'tkazishingiz kutiladi. Ularning barchasini chin ko'ngildan his eta bilish uchun ma'lum muddat eyforiya qa'riga sho'ng'ishingizga to'g'ri keladi. Muhabbatda ehtiyot bo'ling. Ideal ketidan quvmang. Aldanib qolishdan saqlaning. Ishda favqulodda ekstremal vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Ehtiyot bo'ling. Salomatlikni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)


18 aprel kuni zimmangizga yangi va yangi vazifalar yuklanadi. Ularni qisqa fursatda ado etib ulgurishingiz zarur bo'ladi. Ammo o'zingiz tushunmaydigan ish topshirilsa, ma'nisini so'rab-surishtirishga uyalmang. Moliyaviy sohada kichik yo'qotishlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Daromadingiz mo'may bo'ladi. Pullarni esa ham salomatlikni tiklashga, ham oziq-ovqatga, ham safar maqsadlariga sarflaysiz. Ishqilib yaxshilikka bo'lsin!

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)


Kun davomida favqulodda tanaffuslar, yorqin hodisalar va romantik tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Agar hali suyukli insoningizni topmagan bo'lsangiz, tanishuvlar davomida albatta bu baxtga muyassar bo'lasiz. Albatta idealingizdagi insonni topasiz. Shaxsiy biznesiga ega do'stlarimiz mo'may daromaddan umid qilaversinlar. Bahorning shifobaxsh quyoshi sizga albatta bu daromadlarni hadya etadi. Kechqurun oilaviy bo'lib tanish yoki do'stlardan birinikiga mehmonga borishingiz kutilmoqda.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)


18 aprelda shaxsiy biznesi borlarning qaysidir biriga bir inson moddiy manfaati ko'p bo'lmish ish taklif qiladi. Uning g'oyasi asosida ish yuritsangiz, haqiqatan katta pulga ega chiqishingiz haqiqatdan uzoq emas. Kun davomida bajargan ishingiz uchun mukofotlar, taqdirlashlarga erishasiz. Ayrimlar lotereya o'ynab katta pul yutib olishi ham ehtimolga yaqin. Xususiy mulk oldi-sotdisi bilan bog'liq muammolar faqat huquqshunos yordamidagina ijobiy hal bo'ladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)


Kunning birinchi yarmida ko'proq o'zingizga, tashqi ko'rinishingizga e'tibor qarating. Atrofdagilarni tanqid ostiga olish fikridan nari bo'ling. Tanqidlaringiz katta janjallarga sabab bo'lishi hech gap emas. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda oldin puxta taktika o'ylab toping. Keyin shu taktikaga suyangan holda amaliy ishga o'ting. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To'g'ri ovqatlaning. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, atmosferada davom etayotgan magnit bo'ronlaridan ehtiyotingizni qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)


18 aprel kuni ish tezlashishi uchun mustaqil ishlay olish qobiliyatingizni ishga soling. O'zingizga nisbatan tajribaliroq hamkasblarning harakatlarini ko'chirib olishdan tiyiling. Har bir ishga, vaziyatga o'z qarashingiz, bajarish uslubingiz bo'lishi kerak. Muhabbatda bo'lg'usi juftingizga nisbatan muloyim munosabat yuriting. U munosabatingizni arzirli baholaydi. Kechqurun qo'lingizga kimdir bir dasta pul tutqazishi mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)


Yaqin o'tmishdagi omadsizliklarni unuting-da, hozirgi vaziyatga to'g'ri baho bergan holda harakatlar sodir eting. Kam muloqot qiladigan odamlarga o'zingizning borligingizni bildirib qo'yish ham ziyon qilmaydi. Ular bilan uchrashib, balki yirik va murakkab loyihalarga yechim toparsiz. Oilaviy hayotingizda janjalli lahzalar, mushkulotlar, chigalliklar ko'zga tashlanmaydi. Faqat kechqurun o'zingizni horg'in his eta boshlashingiz mumkin. Yaxshilab dam olishga harakat qiling.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)


18 aprelda shaxsiy hayotingizdagi qaysidir jabhada xulosalar qilish zarurati tug'ilishi mumkin. Busiz oldinga bir qadam ham tashlay olmaysiz. Moliyaviy sohada pozitiv kayfiyatda bo'lishingiz talab etiladi. Shubhali loyihalarga pul tikmang. Kimlardandir qarzingiz bo'lsa, bugundan qoldirmay to'lab qo'ying. Kechqurun yaqinlaringiz davrasida vaqt o'tkazing. G'iybatchilardan nari bo'ling. Va hech kimga so'zingizni ham berib qo'ymang.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)


Ertalabdan muvaffaqiyatsizliklar ta'qib eta boshlaganini his etasiz. Bunga tushkun kayfiyatingiz ham sababchi bo'lishi mumkin. Ammo hammasi o'z qo'lingizda. O'zingizni o'zingiz xursand etish yo'llarini qidiring. Yaqin o'tmishda bajargan ishlaringiz mukofotini bugun olishingiz ehtimoli bor. Balki shu narsa kayfiyatingizni ko'tarar? Kechqurun yoshi ulug' qarindoshlardan biri sizga tanbeh bera boshlashi kutiladi. Xavotirga o'rin yo'q. Yoshi ulug'lar o'z yaqinlariga faqat yaxshilik tilashadi inshoolloh.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)


18 aprel kuni zudlik bilan bilim xazinangizni to'ldirishingiz lozim. Bu yangi ishga o'tganlar uchun juda kerak. Bilim olish, safarga otlanish va boshqa favqulodda harakatlar uchun mablag' kerak bo'ladi. Kunning ikkinchi yarmida eski tanishlardan biri to'g'risida yangilik eshitasiz. Oilada ro'zg'or va xo'jalik bilan bog'liq muammolar ham qalashib ketgan. Ularni kechqurun bartaraf etishingiz talab qilinadi. O'zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)


Moddiy jihatdan murakkab vaziyatlarga tushishingiz kutiladi. Zahira pullaringiz bu vaziyatdan chiqib ketishingiz uchun yetmaydi. Shuning uchun darhol qo'shimcha daromad keltiruvchi ish topishingizga to'g'ri keladi. Imkon boricha qarzga botmaslik tadbirini ko'ring. Oilasizlar kun davomida romantik lahzalarga oshno bo'lishadi. Shu bahonada bo'lg'usi juftingizni yanada yaqinroqdan tanish imkoniga ega bo'lasiz.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 28 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar