наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 32
Гостей: 32
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:55
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 17 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Kunning birinchi yarmida favqulodda zimmangizga yuklatilgan ishlarni ado etishingiz talab etiladi. Shundan keyingina nafas rostlashga vaqtingiz bo'ladi. Oldindan rejaga kiritilmagan yumushlarni bajarishga kirishishingiz tavsiya qilinmaydi. Moliyaviy muammolaringiz bugun ijobiy hal bo'lmasligi mumkin. Muhabbatda oilasizlar sokinlik va xotirjamlikda ish tutishlari kerak. Yigitlar sevganiga buguncha turmush qurishni taklif qilmay turganlari ma'qul.



BUZOQ (21. 04 — 21. 05)



17 iyun kuni sal e'tiborsiz bo'lsangiz, zahiradagi pullaringizni tiyin-tiyinigacha sarflab qo'yishingiz hech gap emas. Shunday bo'lib chiqsa, moddiy ahvolingiz ayanchli ko'rinishga kelib qolishi tayin. Muhabbatda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan orangizda sir bo'lmasligiga e'tibor qarating. Ayniqsa, hali yolg'iz bo'la turib yaqindagina bo'lg'usi juftini tanlaganlar shu shartlarga albatta amal qilishlari lozim.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

17 iyunda uyqudan bir dunyo emotsiya, ilhom va yoqimli tuyg'ularga oshno tutingan holda uyg'onasiz. Anchadan beri shunday holatga tushmagandingiz. Lekin juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan muloqot chog'ida juda ehtiyot bo'ling. Ro'zg'oringizda yo biror jihoz buzilib qoladi, yoki aksincha yangi jihoz xarid qilishingiz kutiladi. Bir so'z bilan aytganda, nimaga qo'l ursangiz, bor imkoniyatingizni va iste'dodingizni ishga sola biling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun voqea-hodisalar bir maromda davom etmaydi. Shunga qaramasdan, kuningiz yoqimli kechadi. Shaxsiy avtomobilingiz bo'lsa, serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling. Ayniqsa, olis safarga otlansangiz, ehtiyotkorlik, sergaklik juda zarur bo'ladi. Muhabbatda faqat qalbingizga quloq tuting. To'g'ri ovqatlanish, suv bilan bog'liq muolajalar immunitetingiz ko'tarilishida muhim rol o'ynaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

17 iyun kuni negadir tabiatingizda bo'shashish, dangasalik ko'zga tashlana boshlaydi. Faqat esda tuting, siz uchun kimdir kelib ishingizni bajarib qo'ymaydi. Kissangizga pul solib qo'ymaydi. Shunday ekan, harakatingizni qilishingiz kerak. Kimki ortiqcha vazndan bezovtalanayotgan bo'lsa, parhez boshlash tavsiya etiladi. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, profilaktika boshlashingiz shart. Busiz organizmingiz yaqin orada pand bera boshlashi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Kuningiz ekzotika, sayohat va yangi tanishuvlarga boy bo'ladi. Ishingiz masalasiga kelsak, imkon topsangiz, kasbingizni o'zgartiring. Yoki tadbirkorlikka qo'l ura ko'ring. Erkakmisiz, ayolmisiz, ishxonadagi hamkasblardan biri anchadan beri sizga ko'z tashlayverib zeriktirgan bo'lsa, bugun fursat topib u odam bilan ochiqchasiga gaplashib oling. Kechqurun toza havoda sayr qilib yuring. Uzoq vaqt sayr qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

17 iyunda vaziyatning o'zi sizni faol bo'lishga majbur etadi. Uning yordamida hayotga yanada real ko'z bilan boqa boshlaysiz. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar olis safarga otlanishi kutilmoqda. To'g'ri, safar ancha qiyin kechadi. Biroq moddiy manfaat keltirishi bilan juda ahamiyatli. Fitnes klub, go'zallik saloniga borgan va sportning faollik talab qiluvchi turlari bilan shug'ullangan ayollar va qizlarimiz muvaffaqiyatga erishishadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun hech qanday asossiz ortga chekina boshlashingiz kutiladi. Bunga ayrim sizni ko'ra olmaydiganlarning bir og'iz noo'rin gapi sabab bo'lishi mumkin. Moliyaviy masalada katta pulga ega chiqmasangiz-da, pulsiz qolib ketmaysiz. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan til topisha olmasligingiz tufayli asabbuzarliklar yuzaga kelishi mumkin. Yon berishingizga to'g'ri keladi shekilli. Ishoning, yon berish bilan hech kim kamayib qolmaydi. Aksincha totuvlik va xotirjamlikni ta'minlaysiz xolos.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

17 iyun kuni o'ta qaysarligingiz oqibatida ko'plab ko'ngilsizliklarga duch kelishingiz xavfi bor. Shuning uchun iloji boricha og'ir-bosiq bo'lishga harakat qiling. Og'ir-bosiqlik nafaqat uyda, balki ishda ham asqotadi. Kechki payt kimlarningdir xonadoniga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Kimlardir yolg'iz qolib ruhiy mukammallik sari intila boshlaydi. Nima bo'lganda ham ovqatlanishda rejimni buzmaslikka intiling

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Bugun mardona qadam tashlagan holda harakatlar sodir etishni boshlang. Mardonalik har qanday jiddiy to'siqni yo'q qilishda katta yordam beradi. Muhabbatda faqat o'ziga qattiq ishonganlargina muvaffaqiyatga erishadi. Bu masalada qo'rqoqlik, hardamxayollik ketmaydi. Kun davomida firibgarlar tuzog'iga tushib qolishingiz xavfi bor. Ehtiyotingizni qiling. Kechqurun og'ir hazm bo'luvchi taomlar iste'molidan tiyiling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

17 iyun qovg'a burji ostida tug'ilganlarning aksariyati uchun romantik kunga aylanadi. Oilasizlar ham, oilalilar ham romantikadan bebahra qolishmaydi. Oilalilar hayotida yoqimli tanaffuslar ham ko'zga tashlanadi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda yolg'iz o'zingiz kutilgan natijaga erisha olmaysiz. Yo huquqshunos, yo badavlat tanishlardan biri zarur bo'ladi. Salomatlikni ehtiyotlang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun ertalab uyqudan uyg'ongach, jismoniy mashqlar bajarishni boshlashingiz tavsiya etiladi. Agar bel va oyoq qismlaringizda jiddiy og'riqlar zohir bo'lsa, mashqlar albatta foyda beradi. Bugun oilaviy bo'lib tabiat qo'ynida dam olish va bolalar bilan miriqib suhbat qurish xayrli kechadi. Atrofdagilarga qo'pol munosabatda bo'lishdan saqlaning.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 41 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar