наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 16
Гостей: 16
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:59
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 14 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

14 iyul kuni bajaradigan ishlaringiz boshingizdan oshib toshadi. Lekin sizdagi kuch, imkoniyatlar, faollik ularni bir nafasda qoyillatish uchun yetarli bo'ladi. Asosiysi, qalbingizdagi shubhalarni yo'q qilishga jur'at etsangiz bas. Endigina tadbirkorlik bilan shug'ullanishni boshlaganlar moliyaviy operatsiyalarni bir zarba bilan o'z foydasiga yakunlash imkoniga ega. Qolaversa, omad ham siz tomonda turibdi. Bemalol, sira ikkilanmasdan tavakkal qilaversangiz bo'ladi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang. To'g'ri ovqatlaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Ertalabdanoq atrofingizni yolg'onchi, qasamxo'rlar o'rab olishi kutiladi. Ular sizni faqat ranjitishgagina yaraydi xolos. Biroq na iloj. Chidashingizga to'g'ri keladi. Ezgu maqsadlar sari o'zingizga ishongan, ortga nazar tashlamagan holda olg'a boring. Oilada nafaqat o'z yurish-turishingizni, balki byudjetni ham nazorat ostiga olishingiz tavsiya qilinadi. Pullar nazoratni xush ko'radi. O'zingizni ehtiyot qiling. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga otlanishi mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

14 iyulda yulduzlar faqat sizning tarafingizda bo'ladi. Shunday ekan, sira qo'rqmasdan istalgan ishga qo'l uraverishingiz mumkin. Martabani oshirish, pulni ko'paytirish va shaxsiy hayotdagi muammolarni hal etish bilan astoydil shug'ullansangiz bo'ladi. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do'stlardan biri sizga yoqimsiz xabar yetkazadi. Begonaning hayotida sodir bo'lgan ko'ngilsiz voqeani yuragingizga yaqin olmang. Xudodan o'zingizga xotirjamlik so'rang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun shubha-gumonlarga yon berish, odamlarga ishonchsizlik nazari bilan boqish sizga faqat ziyon yetkazadi. Omad kulib boqishi uchun yon berishga moyil bo'lishingiz talab etiladi. Kun davomida yaqin-yaqinlarda lotereya chiptasi sotib olganlarning qaysidir biri katta pul yutug'iga ega bo'lishi kutilmoqda. Sirlaringizni birovlarga zinhor ayta ko'rmang. Ayniqsa, muhabbat masalasida o'ta sirli bo'ling. Bu oilasizlar uchun sevgan insoni bilan o'zaro munosabatlarda faqat foyda beradi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

14 iyul kuni yaxshi tanish bo'lmagan odamlar bilan muloqot qilishingizga to'g'ri kelsa, e'tiborli bo'lishni unutmang. Ularning ba'zilari vujudingizdagi energiyani xuddi vampir kabi xufiyona tortib olishi hech gap emas. Duch kelganga ulashib ketaveradigan darajada kuch va pozitivga ega emassiz harqalay. Agar moliya sohasida qaysidir muammoingiz hadeganda ijobiy hal bo'la qolmasa, tashvish chekmang va vaziyatga ishoning. U barchasini joy-joyiga qo'ya oladi. Kechqurun ovqatlanishda yengil hazm bo'luvchi taomlar bilan cheklanishingiz tavsiya etiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun kun mobaynida bir-biridan ajoyib insonlar bilan tanishasiz. Lekin endigina tanishgan odamga yuz foiz ishonib qolishingiz ham noto'g'ri bo'ladi. Ayniqsa bugun faqat o'zingizgagina ishoning. Shaxsiy biznesni endi boshlaganlarning ishi baroridan keladi. To'g'ri, ozmi-ko'pmi qarzga botasiz. Biroq bu fojia emas. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Kayfiyatni pozitiv holatda ushlang. Asabni ehtiyotlang. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, ehtiyotingizni qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

14 iyulda ishlaringiz o'ngidan kelganini bayram qilishga shoshilmang. Hali loyihalarning barchasi muvaffaqiyatli yakun topmadi. Lekin shaxsiy hayotingizda hammasi risoladagidek kechadi. Oilasiz bo'lsangiz, sevganingiz bilan rasman nikohdan o'tish marosimi ham bugunga to'g'ri kelishi ehtimoldan xoli emas. Xorijga xizmat yuzasidan safar qiladiganlarning ham barcha ishlari unumli kechadi. Salomatligingiz pand bera boshlasa, vrach qabuliga shoshiling. Hozir faqat havoning haddan ziyod isib ketishi tufayligina mazangiz qochishi mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun ro'zg'or va moliya sohasiga alohida e'tibor bilan yondashing. Ayniqsa, qarindoshlar bilan munosabatlar shu ikki sohaga bog'liq bo'lsa, e'tibor juda zarur bo'ladi. Bir ishni oxiriga yetkazmay turib boshqasiga o'tishingiz tavsiya etilmaydi. Yaqindagina yangi loyihaga qo'l urgan tadbirkorlarning ishi ham bugun o'ngidan keladi. Xayriya tadbirlari xayrli va yoqimli kechadi. Ayrimlar kun davomida havo issiqligi tufayli bosh og'rig'i, nafas yo'llaridagi muammolardan bezovtalanishi kuzatiladi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

14 iyul kuni duch kelganga jahl qilaverishdan saqlanmasangiz, ishlaringiz orqaga ketib, atrofdagilar qarshisida obro'yingiz bir pul bo'lishi turgan gap. Muammoni hatto boy tanishlaringiz ham bartaraf etib bera olmaydi. Xastalanib qolishni, vrach qabuliga chopishni xohlamasangiz, erkakmisiz, ayolmisiz, tasodifiy ko'cha muhabbatidan, ishqiy sarguzashtlardan voz keching. Bugun meditatsiya bilan shug'ullanish va tabiat qo'ynida dam olish yoqimli kechadi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Nazaringizda xuddi sizni kimlardir tashqi dunyodan ajratib qo'ygandek tuyula boshlaydi. Bu miyangiz charchaganidan bo'lishi mumkin. Dam olishingiz kerak. Aks holda turli bo'lmag'ur xayollar miyangizni band etishi yetmay, ishlarni ham chalkashtirib yubora boshlaysiz. Oilasiz bo'lsangiz, kechqurun sizni romantik uchrashuv kutib turadi. Bugun muallimlar, huquqshunoslarning ishi baroridan keladi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

14 iyulda ehtiroslar quliga aylanib qolishdan saqlaning. Ular sizga oxir oqibat ko'ngilsizliklar hadya etishi mumkin. Masalan, oila qurmagan bo'lsangiz, ehtiros sizni o'zingizga munosib bo'lmagan odam bilan bog'lab qo'yishi turgan gap. Ana buning kelgusidagi azobi hech kimga tatimaydi. Ish joyingizda siz uchun syurpriz bor. Rahbarlar xodimlar orasidan faqat sizni mukofot bilan siylaydigan bo'lib turibdi. Ammo oldindan hech kimga maqtanib qo'ymang. Ko'z tegadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun zinhor oqimga qarshi suzmasligingiz tavsiya qilinadi. Buning o'rniga hayotdan zavqlanishga harakat qiling. Mayda-chuyda muammolarga ko'z yuming va qo'l siltab keting. Yaqinda shamollashdan davolangan bo'lsangiz, bugun salomatligingizga jiddiy munosabat yuritishingiz kerak bo'ladi. Vitaminlar iching, konditsioner qarshisida uxlab qolmang. Muhabbatda ochiq-oydin bo'lishingiz zarur.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 73 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar, kunlik, bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar