наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 41
Гостей: 41
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

21:19
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 13 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

13 avgust kuni o'zingiz uchun arzimas tuyulgan vaziyatlarni ham inkor etishingiz kerak emas. Mayli, balki bugun ulardan naf yo'qdir, ammo kelajakda bu vaziyatlar sizga har jihatdan katta foyda berishi mumkin. Ishxonangizda ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishingiz kutiladi. Ish boshlashdan oldin puxta reja tuzib oling. Tilingizga ko'chiradigan har bir gapingiz dilingizda ham jaranglashini ta'minlang. Busiz muvaffaqiyatga erisha olmaysiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun kayfiyatingiz a'lo darajada bo'lishi kutilmoqda. Ijobiy emotsiyalarning oxiri bo'lmaydi. Lekin shunday pozitiv holatda ham qalbingizda muvaffaqiyatlarga shubha uyg'otuvchilar topilib qoladi. Omadsizlikka yuz tutgan taqdiringizda ham shovqin ko'tarmang. O'zingizga qattiq ishongan holda mardona qadam tashlang. Kechqurun madaniy dam olish onlari muvaffaqiyatli va yoqimli kechadi. Salomatlikni mustahkamlash ham yodingizdan chiqmasin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

13 avgustda atrofdagilar emas, o'zingiz bilan kelishuvga erishishingiz talab etiladi. Oilangizdagilar bilan yaqin orada janjallashgan bo'lsangiz, yarashish choralarini qidiring. Moliyaviy muammolar sizning foydangizga hal bo'lmasligi mumkin. Ammo pulsiz ham qolib ketmaysiz. Muhabbatda tuyg'ular haqqoniyligiga erishishingiz kerak bo'ladi. Shunda juftingiz bilan o'zaro munosabatlaringiz tobora qaynoq torta boradi. Omadingizni bersin!

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Istaysizmi-yo'qmi, bugun baribir ro'zg'oringizdagi yig'ilib qolgan muammolarni bartaraf etmasangiz bo'lmaydi. Ammo qarindoshlarga ish bilan band ekaningizni aytmang. Baribir ishonishmaydi. Tadbirkorlarga bugun tafakkur kerak bo'ladi. Uning yordamida pullaringizni behuda sarflanishdan saqlab qolasiz. Lekin hali u qadar tanishib ulgurmagan bo'lsangiz, yangi hamkorlarga biznesingiz sirlarini aslo ocha ko'rmang. Odamning dushmani odam bo'lishini unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

13 avgust kuni janjallarga sabab bo'luvchi rejalardan voz kechishingiz tavsiya etiladi. Kimki bugun intiluvchan, tashabbuskor bo'lsa, qora mehnatdan qochmasa, omad o'shaniki bo'ladi. Bugun yigitlar uchun tanlaganining qo'lini so'rash, to'y va nikohdan o'tish paytini belgilash muvaffaqiyatli kechadi. Pul yig'avering. Kechqurun shubhali bir qo'ng'iroqqa guvohlik qilasiz. Biroq xulosa chiqarishga shoshilmang. Balki sizga shubhali tuyulgandir?

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Ishda maqsad va intiho oldindan ma'lum bo'lsa, ortga nazar tashlamasangiz ham bo'ladi. Undan ko'ra, loyihani hayotga tadbiq etish uchun olib boradigan osonroq va yaqinroq yo'lni tanlang. Kun davomida ish yuzasidan raqobatchi, shaxsiy hayotda g'iybatchilar ta'qibiga tushishingiz mumkin. Ehtiyot bo'ling. Juftingizga behuda ayb qo'ymang. Masalani chuqur tahlil qilishga urinib ko'ring. Kechqurun qo'lingizga mo'may daromad kelib tushishi kutiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

13 avgust kuni bog'dorchilik, dala hovli yoki uy qurish kabilar muvaffaqiyatli kechadi. Kimdir bugun qo'shimcha daromadli ish qidirsa ham albatta omad kulib boqadi. Xaridlar masalasida chegirmalari ko'proq do'kon topsangiz, foydadan xoli bo'lmaydi. Kunning ikkinchi yarmida hamkasblardan biri bilan muloqot qilish jarayonida yangi bilim va taassurotlarga ega bo'lasiz. Basharti u sizni tanqid ostiga olsa, ranjimang. Oilasizlarga bo'lg'usi juftini uchratish uchun imkoniyatlar deyarli nolda. Bu ishni boshqa kuni amalga oshiring.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun uyingizdagi divanga yastanib olgancha televizor ko'rish yoki telefon o'ynashni ma'qul ko'rasiz. Omad esa o'zi huzuringizga salom berib kelishi kerak. Shundaymi? Adashasiz. Divanda o'z ishlarini a'lo darajada bajarib, kissasini pulga to'ldirib ulgurganlargina yastanib yotsa yarashadi. Ayrimlar kunning ikkinchi yarmida olis safarga otlanishi mumkin. Safaringiz bexatar bo'lsin! Salomatligi tez-tez pand berib qo'yaveradiganlar muolaja masalasida jiddiy bosh qotirmasalar bo'lmaydi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

13 avgust kuni faoliyatingizda faollik ko'zga tashlanmas ekan, ko'zlangan daromadga erisha olmaysiz. Oila qurmaganlarning ham bugun omadi chopadigan bo'lib turibdi. Siz albatta orzuingizdagi insonni uchratasiz. Romantik lahzalarni boshdan kechira boshlasangiz ham ajab emas. Biroq u insonning tabiatini yaxshilab o'rganish esingizdan chiqmasin. Biling, yorug' dunyoda ideal odamning o'zi yo'q.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Bugun tog' echkisi burji vakillarining ishi boshidan oshishi kutilmoqda. Kechqurunga borib holdan toygancha qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Afsuski, do'stlar bilan muloqot ham charchog'ingizni chiqara olmaydi. Shuning uchun bajaradigan ishingizni puxta reja asosida bajaring. Organizmingiz zo'riqishiga yo'l qo'ymang. Ovqatlanishga alohida e'tibor qarating. Aynan ovqat sizga qo'shimcha kuch bera oladi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

13 avgustda millionerga aylanib qolmasligingiz mumkin. Lekin baribir qo'lingizga mo'may darodmad kelib tushishi haqiqat. Yangi ish izlaydiganlar bugun muvaffaqiyatga erisha olishmaydi. Bu amalni boshqa kunga qoldirganingiz ma'qul. Kechki payt sizni yo'ldan ozdirish niyatida yurgan odam bilan ro'baro' bo'lishingiz mumkin. Biling, omadga erishish uchun siz miyangizga, tafakkuringizga quloq tutishingiz kerak. Birovlarning maslahati sizga asqotmaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Ish degani sizni o'z domiga tortib ketishi kutilmoqda. Agar ora-sirada nafas rostlash haqida o'ylab ko'rmasangiz, sog'lig'ingizga putur yetishi mumkin. Ish bajarishda sizdan tajribasi kam hamkasblarga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lmang. So'ramang, faqat yordam qo'lingizni cho'zing. Muhabbatda real harakatlar zarur. Emotsiya quliga aylanib qolishdan saqlaning.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 96 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: kunlik, bashorati, Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar