наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 16
Гостей: 16
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

20:43
O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 10 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

10 iyun kuni vujudingizdagi energiya miqdori keskin kamayib ketishi kuzatiladi. Buning sabablari ko'p. Ammo asosiy sababi organizmingiz charchashi bilan bog'liq. Demak, dam olish haqida o'ylab ko'rish payti yetdi. Atrofdagilarni kuzating. Qay biri sizga xayrixoh bo'lsa, o'sha bilan tillashing. Bugun tadbirkorlar uchun savdo va xorij safari omadli kechadi. O'zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun ertalabdan yangilik qidirish bilan ovora bo'lasiz. Eskicha yashash, ishlash va dam olish joningizga tekkan. Xuddi o'shalarni yangi bosqichga olib chiqish payida bo'lasiz. Lekin bu ishni xotirjamlikda va mulohaza bilan amalga oshirishingiz tavsiya etiladi. Shaxsiy hayotda faqat qalbingizga quloq tuting. Oilasiz bo'lsangiz, biling, bo'lg'usi juftingiz sizdan ko'ngil izhoringizni hamon intiqib kutmoqda.



EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)



10 iyunda har qanday vaziyatni o'zingizga bo'ysundirishga harakat qiling. Jismoniy zo'riqishdan saqlaning. Aqliy mehnat kishisi bo'lsangiz, me'yorni biling. Vaqtida dam oling. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, muolaja payti yetgan. Harakatingizni qiling. Shaxsiy biznesiga ega insonlarni mo'may daromad kutadi. Kechqurun albatta toza havo sayriga chiqing.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Atrofdagilar qarshisida alohida hurmat va e'tiborga ega chiqish uchun o'zingizga bo'lgan ishonch yuqori bosqichlarda bo'lishi lozim. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizni rashk qilaverib oradagi munosabatlarga yaxshigina putur yetkazib bo'lgansiz. Xatoingizni tuzatish harakatiga tushing. Oilada yetakchi bo'lishga urinmang. Bu yaqinlaringizga yoqib tushmasligi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

10 iyun kuni kimlargadir qarz berib qo'yib ololmay yurgan bo'lsangiz, tavakkal shu ishga kirishishingiz kerak bo'ladi. Busiz pullaringizni hech qachon qaytarib ololmasligingiz mumkin. Basharti o'zingizga ishonmayotgan bo'lsangiz, advokat yollang. Yoki huquqshunos maslahatini oling. Salomatligingiz bugun xavf ostida. Shuning uchun sportning ekstremal turlari bilan shug'ullanish, suzish mashqlarini bajarishdan voz keching.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun sizning kuningiz. Har sohada faqat g'alaba, quvonchli lahzalar hamrohlik qiladi. Oilada bayram uyushtirsangiz ham ortiqchalik qilmaydi. Ish joyingizda faqat kuzatuvchi vazifasini bajaring. O'zingiz ishlayotgan ishda katta tajribaga ega bo'lmasangiz, yirik loyihalarga qo'l urmay qo'ya qolganingiz ma'qul. Kechqurun qarindoshlaringizdan biri sizga ta'na toshlarini otishi kutilmoqda. Ammo bu qo'rqinchli hodisa emas. Bir marta uzr so'rash bilan o'tib ketadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

10 iyunda har bir qadamingizni o'ylab bosing. Shaxsiy avtomobili borlarga kun davomida jarimaga tushishlar, avtohalokatlar xavf solishdan tiyilmasligi mumkin. Salomatligingiz ham jiddiy xavf ostida qolishi kutiladi. Bularning barchasidan o'zingizni asrash uchun esa xotirjamlikka e'tibor qaratishingiz lozim bo'ladi. Muhabbatda juda ehtiyot bo'ling. Yolg'onlar, chuv tushishlarga duch kelishdan saqlaning.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun yolg'iz do'stlarimiz orzusidagi insonni uchratish baxtiga erishishlari kutilmoqda. Uni mahkam tuting. Yo'qotib qo'yishdan ehtiyotingizni qiling. Moliyaviy muammolarni muvaffaqiyatli bartaraf etishingiz uchun qo'shimcha hujjatlar zarur bo'ladi. Lekin bu hujjatlarni tajribali huquqshunos nazorati ostida rasmiylashtiring. Kechqurun ovqatlanish ratsioningizni yana bir marta ko'zdan o'tkazib oling.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

10 iyun kuni shaxsiy hayotingizda voqea-hodisalar katta tezlikda rivoj topib borayotganiga guvoh bo'lasiz. Hushyor turmasangiz, bu taraqqiyot sizning ziyoningizga ishlab ketishi ham hech gap emas. Tadbirkorlar bugun har taraflama muvaffaqiyatlarga egalik qilishadi. Katta ishga pul tikkan bo'lsangiz, o'sha ishning daromadini qurtdek qilib sanab olasiz. Kechqurun yolg'iz qoling. Ruhan yengil tortasiz.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Bugun kunning birinchi yarmidan sizni faqat moliyaviy masala qiziqtiradi. Miyangiz hisob-kitoblar, o'tmishdagi xatoliklar bilan kurashishdan iborat bo'ladi. Yaqin qarindoshingiz bilan qaysidir mavzuda suhbatlashgach, qalbingizni xavotir hissi chulg'ashi kutiladi. Xotirjam tortishga va kelajak haqida rejalar tuzmaslikka harakat qiling. Kim bugun kechqurun xizmat safariga otlansa, bilsinki, albatta muvaffaqiyatga erishadi. Omadingizni bersin!

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

10 iyunda ayollar va qizlar tashqi ko'rinishini tartibga keltirib olishlari talab qilinadi. Shu masala bilan bog'liq tanaffuslar sizga quvonch hadya etadi. Paytdan foydalanib, o'zingizga yoqib tushuvchi xaridlarni amalga oshiring. Ayrimlar kim bilandir sudlashgan yoki sudlashishga otlangan bo'lsa, bugun yarash oshini pishiraversin. Xafagarchiliklar, alamlar unut bo'ladi. Bugun jarrohlik amaliyoti va boshqa muolajalar muvaffaqiyatsiz kechadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kayfiyatingiz yaxshi emasligi shaxsiy hayotda jiddiy to'siq vazifasini o'tashi mumkin. Emotsiyangizni jilovlashga qiynala boshlaysiz. Moddiy ahvolingizni yaxshilashda ham bu holat jiddiy xalal berishi mumkin. O'zingizni qo'lga oling. Ayrimlar uchun yangi uyga ko'chib o'tish, sayohatga chiqish, do'stlar bilan suhbatlashish xayrli o'tadi.
Категория: Munajjimlar bashorati (2018, 2019) | Просмотров: 21 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar