наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 63
Гостей: 63
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

20:39
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 9 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?..
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun sizni hali tushlikkacha yetmay, mo'may daromad kutadi. Shubhasiz, bu pullarni yoqtirgan buyumingizni sotib olish uchun sarflashga shoshib qolasiz. Ishxonangizda boshliq bilan bo'lib o'tadigan jiddiy suhbat ko'p narsalarni joy-joyiga qo'yishi mumkin. Keyin esa siz aslida qanday ishlash zarurligini, qay yo'l bilan arzimas ishdan ham mo'may daromad olish mumkinligini anglab yetasiz. Kunning ikkinchi yarmida organizmingizni jismoniy zo'riqishlarga uchratish tavsiya etilmaydi. Ovqatlanishda ehtiyotkor bo'ling.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

9 martda nafaqat ishda, balki ro'zg'orda ham haqiqiy professionalizm qanday bo'lishini barchaga ko'rsatib qo'yishingiz kerak bo'ladi. Salomatligingizda muammo paydo bo'lishi mumkin. Chamasi, allergiya va gripp sizni bezovta qila boshlashi kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida ba'zilar xizmat safariga otlanishlari mumkin. Kechqurun do'stlar bilan uchrashib, birgalikda zavqlanishingiz, quvnoq suhbatlar qurishingiz ehtimoli bor. Kechqurun toza havo sayrini ham yoddan chiqarmang.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

9 mart kuni ishxonangizda shu qadar ishchan va uddaburonga aylanasizki, hamkasblar ko'rib hasaddan yoqasini tishlaydi. Ularga kelgusi rejalaringizni aslo oshkor etmang. Bu sirlarni rahbarlar ham bilmagani ma'qul. Muhabbatda esa aksincha, qalbingizda yig'ilib qolgan tuyg'ularni oshkor etish vaqti yetdi. Bu holatni juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz anchadan beri intiq kutadi. Shoshiling. O'zingizni ehtiyot qiling.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

O'z yo'lingizni, ixtiyoringizni, orzu-istaklaringizni o'zingiz boshqarishingizga to'g'ri keladi. Yo'llar ravon, ammo burilishlarda juda sergak bo'ling. O'zingiz uchun jimjilog'ingizchalik qadrga ega bo'lmaganlar bilan osh-qatiq bo'lmang. Bu harakatlar sizni yo'ldan ozdirishi mumkin. Kechqurun vaqtingiz xushchaqchaqlikda o'tishi kutilmoqda. Spirtli ichimliklar iste'molidan qat'iyan bosh torting. Yo'qsa, har taraflama omadsizlikka uchraysiz.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

9 martda muhabbatda aldanib qolishdek xavfli balodan sizni Ollohning o'zi asraydi. Kimlardandir qarzingiz bo'lsa, bugundan qoldirmay qaytarishingiz tavsiya qilinadi. Oila qurishga ulgurmaganlar bugun bir ko'rishda muhabbat deganlari haqiqat ekanini anglab yetishadi. Buning uchun sizga qulay imkoniyat ro'baro' keladi. Oilalilar kechqurun uyga shoshilishlari zarur. Uyda oilangizdagilar uchun ajoyib bayram uyushtirish, ularga kutilmagan sovg'alar hadya etish masalasida juda qulay vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Salomatligingizni avaylang.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Kuningiz bahslar hamda janjalli vaziyatlar bilan boshlanmasin desangiz, tabiatingizga xos qaysarlik, qiziqqonlikdan yuz o'gira turing. Ko'pchilik sizga o'zining haqligini isbotlashga urinadi. Siz bu urinishlarga hurmat bajo aylasangiz, kam bo'lmaysiz. Jamiyatdagi qoidalarga amal qiling, davlat qonunlarini qo'pol ravishda buzmang. Jarimalarga tortilishdan saqlaning. Surunkali xastalikka chalingan bo'lsangiz, sog'lig'ingizga alohida e'tibor qarating.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

9 mart kuni kayfiyatingiz, ichki olamingizda g'alati holatlar paydo bo'lishi mumkin. Kimlargadir nimanidir berishingiz zarurdek tuyula boshlaydi. Bankdan kredit olgan bo'lsangiz, to'lash fursati yetdi. Qarindoshlaringizga nisbatan muloyim munosabatda bo'ling, kerak bo'lsa, yon bering. Aks holda ular sizni qaysidir bo'lmag'ur hodisa sodir bo'lishida ayblab qo'yishlari hech gap emas. Juda kayfiyatingiz bo'lmasa, sevimli xobbingiz bilan shug'ullaning. Chalg'iysiz. Hamisha omon bo'ling!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Erta tongdan yoqimsiz xabarlar eshitishingiz ehtimoli bor. Shu sabab bilan kayfiyatingiz tushib ketishi mumkin. Oila qurmaganlar so'nggi bor tanishib, ishonib ko'ngil qo'ygan odami aslida ishonchsiz ekanini payqab qolishadi. Shunday ekan, ma'lum muddat yangi tanishuvlardan yuz buring. Ruhiy ahvolingizni yaxshilash payida bo'ling. Kunning ikkinchi yarmida martabangiz, lavozimingiz oshishi, mo'may mukofot puliga ega chiqishingiz haqiqatdan yiroq emas.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

9 mart kuni kayfiyatingiz shu darajada yaxshi bo'ladiki, o'zingizni osmondagi yulduzlarga mengzay boshlaysiz. Bu albatta ko'proq qizlar va ayollarga taalluqli. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishingiz baroridan kelib, hamkasblar oldidagi hurmat-e'tiboringiz ikki hissa ortadi. Ijod, suratkashlik va san'at sohasida ter to'kadiganlar uchun bugungi kun rostakamiga qaynoq kechadi. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga jo'nab ketishlari mumkin. Muhim hujjatlarni olish esingizdan chiqmasin.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

Kun davomida muvaffaqiyat qozonishga, zafar quchishga, omad dengizida suzishga to'liq haqlisiz. Omadga erishishingiz yo'lida chek-chegara bo'lmaydi. Vaziyatlar bir-biridan shu darajada qiziqarli, yorqin, totli bo'ladiki, ularni nazorat qilishga-da ulgurmay qiynalasiz. Ishxonadagi ishlaringizni boshqalarga qaraganda, ancha erta yakunlashingiz rahbarlarni hayratda qoldiradi. Yaqin o'tmishda yo'l qo'ygan xatolarni tez-tez yodga olib, ular takrorlanmasligining tadorigini ko'ring.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

9 martda go'yoki avliyoga aylanasiz. Bu ramziy ma'noda albatta. Lekin nimanidir xayolan orzulashingiz bilan o'sha zahoti orzu haqiqatga aylanishi-chi? Ishda hamkasblar fikri bilan hisoblashgan holda harakatlar sodir eting. Shunda ko'nglingizni shubha buluti bosmaydi. Kechqurun o'tgan kunlari bajargan ishingiz uchun mukofot puli olishingiz kutiladi. Pullaringizni ehtiyot qiling. Hasadgo'ylar ta'siriga tushishdan saqlaning.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Keragidan ortiq daromad olish payiga tushmang. Boridan ham ayrilib qolishingiz mumkin. Ishda o'zingizni barchaga yana bir bor ko'rsatib qo'yish uchun qulay vaziyatlar yuzaga keladi. Boshqalarga yordam qo'lini cho'zishdan tiyilmang. Shaxsiy hayotda sokinlik, ahillik va xotirjamlik hukm suradi. Taqdirda boriga shukr qiling. Bugun hech kimning ko'nglini og'ritmang
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 376 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: bashorati, Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar