наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 121
Гостей: 119
Пользователей: 2
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:24
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 8 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun qo'y burji ostida tug'ilganlar ko'ngli qora odamlar bilan muloqot qilishdan tiyilishlari zarur. Ish joyingizda ham siz o'ylaganchalik toza muhit ko'zga tashlanmaydi. Lekin ish bajarishda bu narsalar sizga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi lozim. Aks holda o'rningizni o'sha ko'ngli qoralardan biri egallab qo'yishi mumkin. Olis safar, samolyotda xorijga uchish bugun xavf tug'dirmaydi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
8 noyabrda miyangizni bir dunyo rejalar va qiziqarli g'oyalar chulg'ab olishi kutiladi. Lekin sal bo'shashsangiz, yoki biror voqea-hodisaga chalg'isangiz, o'sha zahoti ular unut bo'ladi. Yaxshisi, qog'ozga tushirib qo'ying. Oila qurmaganlarning ayrimlari kunning ikkinchi yarmida to'y boshlab qo'yganini barchaga e'lon qilishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatlikni asrang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Agar bugun ish joyingizda hammadan oldinda bo'lishni istasangiz, yumushlarni tezroq yakunlashga harakat qiling. Ish bajarishda sifatga ham e'tibor qarata olsangiz, rahbarlarning nazariga tushasiz. Bu esa faqat yaxshilik keltiradi. Oila qurmagan bo'lsangiz, bugun tanishiboq ertaga to'y boshlashdan saqlaning. Oldin u insonni yaxshilab o'rganishingiz zarur. Kechqurun moddiy ahvolingiz yaxshilanishi kutiladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
8 noyabr kuni vaqtni xotirjam va hech kimsiz joyda kechirishingiz tavsiya etiladi. Basharti tezkorlik bilan bajarish zarur ishlaringiz bo'lsa, majbursiz. Ularni ado etmasdan dam ola bilmaysiz. Ro'zg'ordagi kemtiklarni ham faqat o'zingiz bosh bo'lib to'ldirishingiz kerak bo'ladi. Ayol, qizlar begona qo'ldan sovg'a olishga ehtiyot bo'lsinlar. Aksincha kosmetolog qabuliga chiqib kelsinlar.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugungi hayotingizni yorqin ranglar bilan bo'yash o'zingizga bog'liq bo'ladi. Qaysi rangga bo'yasangiz, kuningiz shunday o'tadi. Agar qat'iylik bilan oldinga intilsangiz, albatta ko'zlangan maqsadga yetasiz. Yangi tanishuvlardan voz keching. O'zingiz tanimaganlarning gapiga uchib noto'g'ri qadamlar bosib qo'yishdan saqlaning. Chunki bugun firibgarga chuv tushishingiz ehtimoli bor. Kechqurun yolg'iz qolib ertangi rejalarni xomcho't qiling.<
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
8 noyabrda nima ish boshlasangiz, xudodan astoydil so'rab, poklik bilan harakatlar sodir etishga kirishing. Ba'zilarning ishdan bo'shab boshqa ishga o'tish operatsiyasi muvaffaqiyatli kechadi. Moliyaviy masalada bugun sizga yetadigani bo'lmaydi. Pullarni kissaga sig'dira olmay, qop izlashingizga to'g'ri kelishi mumkin. Xizmat safariga otlanishingiz ehtimoli ham yo'q emas. Safar sizga omad keltiradi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Qalbingizda haqiqiy hashamat bunyod eting va atrofga yuqoriroqdan turib nazar soling. Qo'rqmang, bu qadar mag'rurlik uchun sizni hech kim urishmaydi. Aksincha, ayrimlar qarshisida avtoritetingiz oshishi mumkin. Muhabbatda oilasizlar bir xillikdan qochsinlar. Bu bo'lg'usi juftingizni zeriktirib qo'yishi mumkin. Sog'liqni ehtiyotlang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
8 noyabr kuni tushgacha sizni romantik uchrashuv va mo'may daromad intizor bo'lib kutadi. Ikki hodisa ham bir vaqtning o'zida sodir bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Ish bajarishda ortiqcha xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Salomatlikni asrang. Kechqurun kitob mutolaasi qalbingizga yorqinlik olib kiradi.
O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugungi kuningiz albatta ertaklardagidek baxtiyor kechmasligi mumkin. Ammo omad qushi yelkangizda bo'lishi tayin. Ayniqsa, ijod kishilarining haqiqatan omadi keladi. Nihoyat muxlislaringiz ko'payish pallasiga kiradi. Qaysarlik, prinsipiallikdan qoching. Muhabbatda oilasizlar tanlaganiga faqat yaxshi jihatlarini ko'rsatsinlar. Aks holda u odam shokka tushib qolishi mumkin.
TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)
8 noyabrda ko'pchilik bilim olishga o'zida kuchli xohish seza boshlaydi. Bu faqat yaxshilikka. Bilimning xuddi pulga o'xshab hech qachon ortiqchasi bo'lmaydi. Yaqin qarindoshlarga yanada kuchliroq mehr-oqibat ko'rsatsangiz, kam bo'lmaysiz. Bugun zararli odatlardan butkul voz kechish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun eng suyukli, yaqin insonlarning biri sizga kutilmagan sovg'a tayyorlab qo'yganiga guvoh bo'lishingiz mumkin.
QOVG'A (21. 01 — 19. 02)
Iltimos, yaqin-yaqinlarda erishgan muvaffaqiyatlaringiz haqida atrofdagilarga aslo gapira ko'rmang. Sizning og'zingizga tikilgancha hayrat ma'nosida bosh chayqab qo'yayotganlar aslida hasadgo'ylar bo'lib chiqishi hech gap emas. Xudo ko'rsatmasin, ular rosmana hasad qila boshlashsa, jamiyatdagi misqollab yig'ilgan hurmatingizni bir tiyin qilib qo'yishi hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida tish do'xtiri qabuliga borish xayrli kechadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
8 noyabr kuni o'zingiz suygan inson sizga ko'nglini ochadi. Bundan shu qadar mamnun tortasizki, tog'ni ursangiz, tolqon qilar darajada vujudingiz kuchga to'lganini his etasiz. Tadbirkor bo'lsangiz, bugun kun davomida raqobatchilar ta'qibi ostida qolishingiz kutilmoqda. Asosiysi, ishlashga erinmaslik kerak. Shunda pulning o'zi sizni qidirib keladi.
Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 136 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajimlar, bashorati, noyabr | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar