наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 75
Гостей: 75
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

18:21
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 7 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun qalban atrofdagi barcha insonlarga e'tiborli va mehribon bo'ling. Ayniqsa, o'zingiz ishlaydigan jamoadagi hamkasblaringiz bu qaroringizdan juda mamnun bo'lishadi. Agar kun davomida eski qadrdonlarni uchratib qolsangiz, ularning shaxsiy hayoti bilan albatta qiziqib ko'ring. Bugun yolg'on va xiyonatga qorishiq munosabatlar xudoning g'azabiga uchratadi. Ehtiyot bo'ling. Moliyaviy muammolarni hal etishda faolroq bo'ling. Pul topishning eskicha usullaridan foydalaning.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
7 noyabr kuni ijtimoiy va moliyaviy yumushlar bilan band bo'lishingiz tavsiz etiladi. Ularning qanday ado etilishi ko'plab ishlar natijasi bilan bog'liq bo'lib turibdi. Sizdan yaxshiroq va qattiqroq mehnat qilayotganlar bilan faxrlaning, ularga havas nazari bilan boqing. Ayniqsa siz uchun juda qimmatli hisoblangan insonlarga hasad qilmang, ikkiyuzlamachilikka yo'l qo'ya ko'rmng. Bugun har qanday ko'rinishdagi safarlar faqat ziyon yetkazadi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Serqatnov yo'llarda ehtiyotkorlikni qo'ldan bermang. Avtohalokatga uchrashingiz va og'ir jarohat olishingiz xavfi sezilmoqda. Muhim hujjatlarga tartib-intizom va talabga mos imzolar qo'ying. Huquqshunoslar va donolarning ko'rsatmalarini inkor etmang. Muhabbatda hazil-mutoyiba va sog'lom turmush tarzigina sizni romantikaga yaqinlashtira oladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
7 noyabrda qachonlardir sizni aldagan, chuv tushirgan, sizga sotqinlik qilishdan-da tiyila olmaganlarni yaqiningizga yo'latmang. Aks holda bu galgi zarbalar juda kuchli kechishi va sizni abgor qilish qo'yishi mumkin. Moddiy ahvolingizni yaxshilashda o'zingizga qattiq ishongan holda olg'a boring. O'zgalarning bu xususdagi harakatlariga e'tibor bermang. Muhabbatda mayda ko'ngilsizliklar yuzaga kelishi mumkin. Ular boshingizga yog'ilaverib, sizga tanish ham bo'lib ulgurgan. Shuning uchun bu ko'ngilsizliklarni nari haydab solish qiyinchilik tug'dirmaydi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz oson kechmaydi. Kunning birinchi yarmidayoq ko'nglingizda xijilliklar paydo bo'ladi. Yo'q, bunaqasi ketmaydi. Siz hayotning boshqa bir burchagina boqing. U yerda pozitiv holatlar qalashib yotibdi. Ayniqsa, muhabbatda romantik lahzalarga yetaklovchi imkoniyatlar ko'p. Keragicha tanlab olaverasiz. Moliyaviy masalada faollik yetishmayapti sizga. Uni birovdan qarzga olib bo'lmaydi. Shunday ekan, jon-jahdingiz bilan kurashgan holda uni qo'lga kirita olasiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
7 noyabr kuni o'zingizda bor iste'dodni yana atrofdagilarga namoyish etishingizga to'g'ri keladi. Bunga bahona ham topila qoladi. Tushdan keyin ommaviy tadbirlarga, seminarlarga taklif etishlari mumkin. Ana sizga bahona. Xohlagancha iste'dodingizni namoyish etavering. Ba'zilar esa bugun havo o'zgaruvchanligi ta'siriga tushib bo'shashishlari, organizmdan quvvat nari chekinishi tufayli o'zlarini lohas his eta boshlashi mumkin. O'zingizni jismoniy mehnatdan nariroq tuting va baquvvat-baquvvat ovqat yeng! Bugun kechqurun olis safarga otlanishingiz kutiladi. Bsu ishni aslo ortga sura ko'rmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Tarozi burji ostida tavallud topganlarning kuni ajoyib tarzda, xushchaqchaqlikda, garmoniya qurshovida kechadi. Hatto, osmondagi bulutlar ham sizning hurmatingiz uchun nari chekinishga ahd qilishgan. Qarindoshlaringiz sizga har jihatdan ko'mak berishga shay turishadi. Muhabbatda bo'lar-bo'lmas yolg'onlarga laqqa tushib qolmang. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz sizga sadoqatli ekanini unutib qo'ymang.<
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
7 noyabrda ertalabdanoq borlig'ingizni ilohiy quvvat qamrab olishiga ishonavering. Buning ta'sirida ishni shu qadar qoyilmaqom qilib do'ndirasizki, rahbarlar sizga sira o'ylab o'tirmay mukofot e'lon qilishadi. Balki yangi lavozimga ham tayyorlashar. Buni endi xudo biladi. Juda uzoq vaqtdan beri ko'rishmagan insonlar bilan uchrashib xursandchiligingizga xursandchilik qo'shiladi. Imkon topsangiz, kechki ovqatni biror nufuzli kafeda tanovul qiling.
O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun kunning birinchi yarmida bayramona kayfiyatda bo'lasiz. Bundan tashqari, sizga yorqin emotsiyalar ham hamrohlik qiladi. Eng yaqin do'stlar davrasida miriqib dam olasiz. Moliyaviy ahvolingiz tobida. Demak, buguncha ishdan nariroq bo'lsangiz ham yarashaveradi. Muhabbatda oilasizlar bo'lg'usi juftini o'ta sinchkovlik bilan o'rganishlari tavsiya etiladi. Salomatligingizni ehtiyot qilish payida bo'ling.
TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)
7 noyabr kuni ko'pchilik do'stlarimiz biznes va tadbirkorlikka alohida qiziqish bilan yondasha boshlashadi. Harakatda barakat. Harakat qilsangiz, ishni ham boshlaysiz, yaqin hamkorlarni ham topasiz. Muhabbat uchun eskirgan usullar yordamida kurashishdan tiyiling. Undan ko'ra oilasiz bo'lsangiz, tanlaganingizdan ochiqchasiga sevish yo sevmasligini so'rang. Bugun boshqa shaharga safar qilish muvaffaqiyat keltiradi.
QOVG'A (21. 01 — 19. 02)
Oila qurishga ulgurmaganlar ko'z ostiga olib qo'ygan insonning qalbini zabt etish uchun o'ta zamonaviy taktikani o'ylab topishlari kerak bo'ladi. Ammo bu taktika romantikaga qorishiq bo'lishi shart. Oilalilar hayotida kunning ikkinchi yarmida ajoyib bir voqea sodir bo'lishi kutiladi. Kechqurun sizni muhim bir ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling. Salomatlikka pand berib qo'ymang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
7 noyabr kuni o'zgalarning tuyg'usi bilan zinhor o'ynashib qo'ymang. O'zingizga nisbatan muloyim va mehr bilan yonadashuvchi insonga ham shunday javob qaytaring. Kunning ikkinchi yarmida katta bir yig'inda ishtirok etishingiz ehtimoli bor. Oratorlik iste'dodingizni shu yerda ko'rsatib qoling. Ayrimlar kechqurun lotereya o'ynab katta pul yutib olishlari mumkin. Omadingizni bersin!
Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 85 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: bashorati, noyabr, Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar