наверх
Новие фото

Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 73
Гостей: 72
Пользователей: 1
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

21:08
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 6 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Ish paytida to'siq vazifasini o'tovchi muammolarning barchasini aylanib o'tishga harakat qiling. Muloqotda sizga qiyinchilik tug'diradigan, gapingiz qovushmaydiganlar bilan ham bugun munosabat yuritmaganingiz ma'qul. Moliyaviy muammolar bir qolipda turgan holda harakat sodir etishingizni xohlashyapti. Demak, manfaat ko'rish uchun qolipga ham tushasiz-da. Salomatlikni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

6 sentyabr kuni ish joyingizda shunday ajoyib g'oyalarni namoyish etasizki, hamkasblaringiz sizdan ularni tortib olish payiga tushadi. Ammo siz ham anoyi emassiz. O'z noningizni birovga berib qo'ymaysiz. Tadbirkorlar hamkorlar bilan birgalikda ajoyib va maroqli musobaqa uyushtiradi. Bu musobaqada yutgan taraf albatta o'z hisobidan yangi loyihani moliyalashtirishi kerak bo'ladi. Kechqurun ajoyib yangilik eshitishingiz mumkin. Agar uni o'tkazib yubormasangiz, moddiy manfaat ko'rishingiz ham mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar ertalaboq vujudingizda kuchli to'fon turishi mumkinligini bashorat qilishgan. Bu to'fon atrofdagilarga ham ziyon yetkazib qo'yishi mumkin. Ishda ham bo'lar-bo'lmasga xavotirga tushavermang, boshi berk ko'chaga kirib qolishingiz mumkin. Moliyaviy to'kinlikka erishish uchun ko'p o'ylamang, aksincha ko'p ishlang. Mabodo katta pul tikadigan va kelgusida mo'may daromad beradigan loyiha duch kelsa, qo'ldan chiqarmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

6 sentyabrda muhabbatda yoqimsiz lahzalarga yo'liqishingiz ehtimoli bor. Bu qalbingizda bo'lg'usi juftingizga nisbatan shubha uyg'ongani tufayli sodir bo'lsa kerak. Xotirjam tortishga harakat qiling. Moliyaviy masalada sizning o'rningizga yaqin insonlaringiz muammolarni ijobiy hal etib berishadi. Kechqurun sportning har qanday turi bilan shug'ullanish faqat foyda keltiradi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar kuningiz omadli kechishini bashorat qilishgan. Hamma yaxshiliklar sizning qo'lingizga kelib qo'nishi, sizdan farmon kutishi mumkin. Bugun qo'shimcha daromad keltiruvchi ish topishingiz, hamkasblaringiz qarshisida hurmat-izzatingiz ortishi kutiladi. Ayniqsa, muhabbatda barcha muvaffaqiyatlar sizniki bo'ladi. Oilasizlar romantik uchrashuvni boshdan kechirishlari ham ehtimoldan xoli emas.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

6 sentyabrda parizod burji ostida tavallud topganlar his-tuyg'u asiriga aylanishlari kutiladi. Bu professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni ado etishda jiddiy xalal berishi mumkin. Shaxsiy hayotingizda ham chalkashliklar yuzaga kelishi kutiladi. Sizdan tafakkurga suyangan holda xatolarni tuzatish talab etiladi. Shaxsiy biznesingiz bo'lsa, bugun optimistik ruhga kirib olgan holda ish olib boring.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz xuddi ertaklardagidek boshlanadi. Ishlaringiz baroridan kela boshlaydi. Siz go'yo podshoh obraziga kirasiz-u, atrofni nazorat qila boshlaysiz. Moddiy ahvolingiz ham avtomat tarzda yaxshilanadi. Ishonasizmi, pulning o'zi sizni qidirib keladi. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlarni bilib-bilmay ranjitib qo'yishdan saqlaning. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Oshqozoningizda muammo tug'ilgan bo'lsa, gazli mineral suvni ko'proq va tez-tez ichishga odatlaning. Gazli suv gastritda, ayniqsa, katta yordam beradi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

6 sentyabrni iliq taassurotlar olish bilan boshlaysiz. Taassurotlar turlicha bo'lishi mumkin. Tabiat, odamlar, jonivorlar va hokazo…


Ishxonadagi yumushlarni tartibga solib qo'ying. Agar bajarilmay qolib ketgan ishlar bo'lsa, birinchi navbatda ularni adog'iga yetkazishingiz tavsiya etiladi. Bugun tanani chiniqtirishga yo'naltirilgan mashqlar bajarish, toza havoda ko'proq yurish, velosipedda sayr qilish muvaffaqiyatli kechadi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Yulduzlar sizga ishlaringiz juda qat'iy reja asosida bo'lishini va'da berishadi. Siz bu ishdan to oxiriga yetkazmaguncha bosh ko'tara olmaysiz. Hamma joyda bo'lganidek, sizning ishxonangizda ham ko'nglida ko'miri borlar keragicha topiladi. Bugun undaylardan nari yuring. Har lahzada jangovarlikni qo'ldan bermang. Mayli, hasad kishilari jahl qilsin, sochini yulsin. Siz bundan faqat foyda olasiz. O'zingizni ehtiyot qiling.
TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)6 sentyabr kuni ertalabdayoq eng yaqin va sadoqatli do'stingizni qidirib toping va kun bo'yi sizga ishda yordam ko'rsatishini so'rang. Siz esa vaziyatni, ish jarayonini nazoratga oling. Ikkingiz amalga oshirgan ish barakali bo'libgina qolmay, bir olam zavq ham hadya etadi. Salomatligingizni qattiq nazorat qiling. Varikozdan bezovta bo'layotganlar albatta mutaxassis ko'rigiga borishi kerak.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

6 sentyabr kuni shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, sukut saqlashga o'zingizga kuch topa olmaysiz. Dunyoni ostin-ustun qilib tashlagingiz kelaveradi. Biroq bu dunyo sizgacha ham ostin-ustun bo'laverib charchagan. Siz yaxshisi o'zingizni idora etgan holda ish ko'ring. Atrofingizdagilarga o'zgacha hurmat-izzat ko'rsating. Ba'zilar kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanishlari kutiladi. Agar bu mavqeni oshirish uchun xizmat qilsa, ehtiyotkor bo'ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun ishxonangizdagi jami muvaffaqiyat faqat sizni deyish pallasida turibdi. Rahbariyat sizga yangi vazifa yuklashi mumkin. Bu shunchaki vazifa emas, balki yuqori lavozim bo'lishi haqiqatga yaqinroq. Basharti shunday bo'lib chiqsa, hatto yo'liga ham bosh tortmang. Keyin bir umr afsusda qolasiz. Muhabbatda baliq burjida tug'ilganlar muammolarga duch kelishmaydi.
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 134 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: bashorati, Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar