наверх
Новие фото

Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi


Qizlar rasmi

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 155
Гостей: 154
Пользователей: 1
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

06:30
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 4 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

4 sentyabr kuni qizlar, ayollar atrofdagilarda o'zgacha taassurot qoldirishlari kerak bo'ladi. Buning uchun ertalabdayoq go'zallik saloniga boring. Bu juda to'g'ri yo'l. Chunki har zamonda ko'zguga boqqaningizda, o'zingizni ko'rib xafa bo'lmasligingiz ham zarur-da. Kun davomida barcha ishlaringiz baroridan keladi. Sog'lig'ingizni ehtiyotlash choralarini o'z vaqtida ko'rib qo'ysangiz bas. Kechqurun oila davrasida dam olishingiz tavsiya etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Yulduzlar bugun sizga nafaqat g'alaba, balki mag'lubiyatlarni ham va'da qilgan. Bir kun davomida boshingizdan shu qadar ko'p voqealarni kechirasizki, ularni yozib tugatib ham bo'lmasa kerak. Agar buyruqbozlikni ma'qul ko'rmasangiz, shaxsiy hayotingizda totuvlik hukm suradi. Kechqurun toza havoda sayr qilish, madaniy hordiq chiqarish xayrli kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

4 sentyabrda qarindoshlar bilan til topishishingiz mushkul kechishi mumkin. Ustiga ustak ko'chada ham atrofdagilarning ba'zilari bo'lar-bo'lmas sabablar bilan asabingizga tegishi mumkin. Bunday lahzalarda g'azabga erk bermaslik kerak. Aks holda bundan-da battarroq vaziyatlar yuzaga kelishiga sababchi bo'lasiz. Ovqatlanish rejimiga amal qiling. Havo salqinlashi bilan ishtaha ham ochila boradi. Shundan ehtiyot bo'lishingiz lozim.



QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

O'zingizni o'zingiz hadeganda ayblab, ich-etingizni yeyavermasangiz, kuningiz ajoyib tarzda kechishi tayin. Biling, omaddan qo'rqadiganlarga u yaqinlashmaydi. Shuning uchun qo'rqmang. Mayli, u uyingizning to'rini egallab olsin. Agar shunday bo'lib chiqsa, dunyoda sizdan baxtlisi bo'lmasdi. Shaxsiy hayotingizda bulutli lahzalar ko'zga tashlanadi. Kimlardir sizdan norozi, siz kimlarningdir tutayotgan ishidan jahl otiga minasiz. Bu vaziyatni nima qilib bo'lsa ham yumshatishingiz kerak

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

4 sentyabr kuni birinchi bo'lib o'zingizga o'zingiz hisob bering. Ana undan keyin rahbarlarga, kechqurun oiladagilarga hisob berasiz. Tasodifiy, ko'z qarashi bejo odamlar bilan tanishmang, muloqot qilmang. Salomatligingizda kun bo'yi bezovtalik ko'zga tashlanishi mumkin. Oldini olib mutaxassis ko'rigidan o'tish sira ziyon qilmaydi. Kechqurun yolg'iz qoling va shirin xayollar qurshovida vaqt o'tkazing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Oila qurmaganlarning ayrimlari bugun romantik lahzalarni boshdan kechirishi kutiladi. Bu shunday romanki, kitob yozgilaringiz kelib ketadi. Hayotning lazzati ham shunda-da. Mavqeni oshirish uchun dastlabki qadamni siz tashlashingiz zarur. Ortga chekinish haqida o'ylab ham ko'rmang. Ortga yo'l yo'q. Har qanday ko'rinishdagi jismoniy zo'riqishlarni nari surib qo'ying. Surunkali xastalikka chalingan bo'lsangiz, vrachlar maslahatiga qat'iy amal qiling.



TAROZI (24. 09 — 23. 10)

4 sentyabr kuni ko'p vaqtingiz yaqin o'tmish yoki kelajak haqida xayol surishlardan iborat bo'ladi. Lekin atrofdagilar bilan ham muloqot qilishingiz kerak. Buning uchun ortiqcha gaplarni nari surib, asosiylarini tilingizga ko'chiring. Muhabbatda o'z vazifangiz hamda majburiyatingizni yana bir karra aniqlab oling. Oilasiz bo'lsangiz, muhabbat izhorlariga yo'l berish vaqti yetdi. Bardam bo'ling. Andishani o'zingizga aslo yaqinlashtirmang.



ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun ertalab uyqudan uyg'onasiz-u, hech narsa ko'nglingizga yoqmay ketaveradi. Hech narsani o'ylagingiz kelmaydi. Ammo hayot qaynamoqda. Bu qozonda siz ham qaynashingiz kerak. Yoqtirmaslik, xayol surish yoki qaysarona odatlar bilan ijobiy natijaga erishib bo'lmaydi. Muhabbatda qalbingizni shubhalar egallab olishi mumkin. Biroq siz ular qurshovidan chiqib keta olmay qiynalasiz. Sabr qiling. Bugun bo'lmasa, ertaga baribir istaklaringiz kurtak yoza boshlaydi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

4 sentyabrda amalga oshirishingiz lozim bo'lgan barcha ishlar o'z rejasida turganiga guvoh bo'lasiz. Ularni ado etsangiz, moliyaviy ahvolingiz albatta yaxshilanishi kerak. To'g'ri, mushkulotlarsiz ishning o'zi yo'q. Ammo ular sizni yanada toblaydi. Kelajak sari dadil intilishingizda yordam beradi. Sizni ko'rolmaslarga nisbatan o'ta mag'rurlik bilan munosabat yuriting. Hasad quliga aylanib qolmang. Sog'lig'ingizni ehtiyotlang. Vitaminga boy mevalardan ko'proq iste'mol qiling.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Yulduzlar qanday mushkulotlar boshingizga tushmasin, jazavaga tushmasligingizni maslahat berishadi. Negaki, tashvish ham, shodlik ham mehmon. Bugun kelsa, ketar payti albatta yaqin bo'ladi. Ishda, shaxsiy hayotda sabrni o'zingizga shior qilib oling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda faqat o'z kuch va imkoniyatlaringizgagina suyaning. Birovlardan yordam kutib ovora bo'lmang. Shunda topgan bir burda noningiz ham juda totli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

4 sentyabrda qarshingizdagi imkoniyatlar eshiklarining sanog'i bo'lmaydi. Neki ishga qo'l urmang, qisqa fursatda va sifatli kechadi. Bunday ishning mukofoti bo'ladi albatta. Basharti do'stlaringiz yordam qo'lini cho'zsa, ularni rad etmang. Birgalikda ish bitirish yanada quvonchli kechadi. Tadbirkorlar uchun yangi hamkorlar bilan shartnomalar tuzish muvaffaqiyatli yakunlanadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Tadbirkor bo'lsangiz, bugungi kuningiz baroridan keladi. Shartlashilgan ishlarning barchasi muvaffaqiyatli amalga oshib, sizga kutilgan daromadlarni hadya etadi. Faqat hamkorlarni ranjitib qo'yadigan harakatlar sodir etmasangiz bas. Kechki payt sevimli insoningiz juda yoqimli bir kutilmagan sovg'a hadya etishni niyat qilgan. Niyatlari vojib bo'lsin. Ayrimlar kechqurun olis safarga otlanishlari ham ehtimoldan xoli emas.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 174 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajimlar, bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar