наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 28
Гостей: 28
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

06:26
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 3 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)


3 dekabrda sizni buyuk ishlar kutib turibdi. Biroq ular siz o'ylaganchalik katta emas. Odatiy ishlaringiz qatorida. Aqliy mehnatga ko'proq e'tibor qarating. Bugun aqliy mehnat kishilarining daromadi mo'l bo'ladi. Badavlat tanishlaringiz bo'lsa, ular bilan salom-alikni to'xtatib qo'ymang. Kechqurun ro'zg'or tashvishlari bilan band bo'lishingiz mumkin. Ayrimlar olis safarga otlanishadi. Toza havoda sayr qilish esingizdan chiqmasin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)


Hamkasblar orasida yetakchi bo'lishga urinmang. Hurmatingizni yo'qotib qo'yasiz. Taqdir bergani bilan cheklanishga harakat qiling. Bugun asosiy daromadni do'stlardan biri taklif etgan ijod bilan bog'liq ish olib keladi. Tijoratda u qadar bilog'on bo'lmasangiz, shu ishni mahkam tuting. Kunning ikkinchi yarmida ehtiyotini qilmaganlar moddiy yo'qotishga yuz tutishlari turgan gap. Kechqurun og'ir hazm bo'luvchi taomlar yeyishdan saqlaning.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)


3 dekabr kuni boobro' kishilar davrasiga tushib qolishingiz va u yerda haqiqiy iste'dodingizni namoyish etishingiz ehtimoli bor. Agar anchadan beri ishingiz yurishmayotgan bo'lsa, bugun yolg'iz qoling. Ishni ham ortiqcha guvohlar va yordamchilarsiz amalga oshiring. Albatta foyda ko'rasiz. Shaxsiy hayotda o'z nuqsonlaringizni tan olib ulardan xalos bo'lish harakatiga tushing. Katta pul topa olmasangiz-da, daromad keltiradigan ishlar ko'p bo'ladi. Shu orada salomatligingizni ham nazoratingiz ostiga oling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)


Ruhiy masalada kuningiz og'ir kechadi. Qachonlardir yordam berganlaringiz odamlar sizga pand berishlari kutiladi. Ammo ularga qarshi kurashish fikridan yiroq bo'ling. Ularni xudoning o'zi jazolaydi. Ruhan yuksalishning yangi yo'llarini qidirib toping. O'tmishga qaytmang. Kunning ikkinchi yarmida uyingizdagi tozalik va bolalar tarbiyasiga yaxshiroq e'tibor qarating. Basharti shamollab qolsangiz, undan xalqona usullar, giyohlar ko'magida xalos bo'lish harakatini boshlang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

3 dekabrda ishlaringiz shu qadar ko'p bo'ladiki, mayda-chuyda tashvishlar bilan o'ralashishga sira vaqtingiz qolmaydi. Ammo nimadir qilib ularni bartaraf etishga ham vaqt topishingiz lozim. Tadbirkorlarga bugun kun davomida eng yaqin hamkorlar pand berishi mumkin. Moliyaviy masalada ham aldanib qolishingiz ehtimoldan xoli emas. Muhabbatda esa aksincha omad siz tomonda bo'ladi. Vujudingiz garmoniyaga to'liq holda harakatlar sodir eta boshlaysiz.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)


Bugun ertalabdan mayda yumushlarga e'tibor qarating. Ular kutganingizdan ham mo'lroq daromad keltirishi mumkin. Ish ekan deb uyoqdan buyoqqa chopishni ham bas qiling. Kunning ikkinchi yarmida do'stlar yoki hamkasblardan biri kayfiyatingizni bir pul qilishi mumkin. Javob qaytarishga tayyor turing. Kechki payt moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Boshlagan ishlaringiz mo'may daromad keltiradi. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar profilaktika masalasini unutib qo'ymasinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)


3 dekabr kuni yetakchilik uchun ham ishda, ham shaxsiy hayotda kurash olib borishingiz kutiladi. Ammo biling, juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz ishonchingizni oqlamasligi mumkin. Shuning uchun o'zaro munosabatlarda ehtiyotkor bo'ling. Ishxonada kam gapirib, ko'p ishlashingiz talab etiladi. Aks holda rahbariyatdan gap eshitib qolishingiz hech gap emas. Kun mobaynida emotsiyaga erk bermang. Ko'cha ovqatidan qoching.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)


sh tugamaydi. Salomatlikni esa topib bo'lmaydi. Shunday ekan, joningizni qiynamang. Sokin bo'lgan holda xotirjamlikda ish olib boravering. Ko'proq uy yumushlari bilan band bo'ling. Ishlaringiz ko'pligi sababli juftingiz ham sizga nisbatan sovuq munosabat yurita boshlashi kutiladi. Ovqatlanish rejimiga va me'yorlariga qat'iy rioya qiling. Tarkibida oqsil mo'l taomlar iste'moliga e'tibor qarating. Kechqurun sizni do'stlar yoki tanishlardan biri mehmonga chaqirishi mumkin.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)


3 dekabrda birinchi navbatda emotsiyani jilovda ushlang. Bosiq bo'ling, kuch va imkoniyatlarni ezgu ishlar uchun asrang. Muhabbatda kayfiyatingizni ko'taradigan voqea yuz bermaydi. Yolg'iz qolishni xohlay boshlaysiz. Yolg'iz qoling. Bu holat hayotga optimistik nazar bilan boqa boshlashingizda juda asqotadi. O'zingiz bilan suhbat quring. Xatoliklarni yodga oling. Ulardan tegishli xulosalar yasashga urining. Inshoolloh hammasi yaxshi bo'ladi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)


Ertalabdayoq ishlaringiz boshdan oshib toshadi. Ularni hamkasblar ko'magiga suyanmasdan ado eta olishingiz dargumon. Ular mardona oldinga qadam tashlashingizda juda kerak bo'ladi. Moliyaviy muammoarni bartaraf etishda o'zingizni qo'lga ola bilishingiz juda muhim. Qarz olishni xayolingizga ham keltira ko'rmang. Katta pul qo'lingizga kelib tushmasa-da, pulsiz ham qolib ketmaysiz. Boriga shukr qiling. Muhabbatda yo ayriliqni, yo mustahkam munosabatni tanlang. Hozircha tanlash imkoniyatingiz yo'q emas.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)


3 dekabr kuni boshqalardan haddan ziyod ko'p narsa talab qilmang. Birgina salomlashishidan ham mamnun tortishga o'rganing. Qo'lingizda bor pulni qayta-qayta hisob-kitob qilishga erinmang. Yo'qsa, yo'qotishlarga yuz tutishingiz hech gap emas. Muhabbatda ehtiyotkor bo'ling. Busiz muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlarda o'ta jiddiy bo'ling. Shunda hurmatingiz yo'qolmaydi. O'zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)


Bugun shunday ishga qo'l uringki, u ham daromad keltirsin, ham lazzat bag'ishlasin. Buni kundalik yumushlar orasidan sira qiynalmasdan topa olasiz. Mayda-chuyda ko'ngilsizliklarni mensimaygina o'tib keting. Shaxsiy hayotda muammolardan hech kim sug'urtalanmagan. Bunga bugun o'zingiz ham guvoh bo'lasiz. Omadga qattiq ishonib qolmagan holda oilangizdagilar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash harakatida bo'ling.
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 90 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar