наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 67
Гостей: 67
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

19:50
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 24 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)


Bugun har bir gapiradigan gapingizni yaxshilab o'ylab keyin tilga ko'chiring. O'ylamasdan aytilgan bir og'iz noto'g'ri gap ham ko'ngilsizliklarga sabab bo'lishi mumkin. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishingizda biror yangilik o'ylab topsangiz, qo'shimcha daromadga ega bo'lardingiz. Shaxsiy hayot bilan bog'liq muammolardan qochmang. Aksincha o'sha joyning o'zida bartaraf etishga harakat qiling. Kechqurun sizni yorqin uchrashuvlar va ajoyib taassurotlar kutib qoladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)


24 dekabrda miyangizga bir-biridan ajoyib yangi g'oyalar quyilib kelishi mumkin. Ularni cho'zmasdan darhol hayotga tadbiq eting. Keyinga qoldirilgan ishdan zinhor daromad kutmang. Muhabbatda omadingiz keladi. Oila qurmagan bo'lsangiz, o'zingizga mos insonni albatta uchratasiz. Nafaqat uchratasiz, ko'ngliga yo'l ham topa olasiz. Kechki payt serqatnov yo'llarda juda ehtiyot bo'ling. Salomatligingizni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)


Ma'naviy masalada kuningiz ancha og'ir kechishi mumkin. Atrofdagilar bilan munosabatlarda og'irroq bo'lishingizga to'g'ri keladi. Rejalarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlikka ega bo'lishingiz lozim. Kunning ikkinchi yarmida zimdan yovlik qilib kelganlarni aniqlaysiz. Ularga qarshi sukut saqlagan holda kurash olib boring. Aslo mushtlar yordamida muammoni hal qilishga urinmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)


24 dekabr kuni ko'pchilik maoshi oshishi, mo'may mukofotga ega bo'lish kabi yoqimli lahzalarni boshdan kechiradi. Lekin ma'nan boy bo'lish haqida ham o'ylab ko'rmasangiz bo'lmaydi. Kunning ikkinchi yarmida meditatsiya, qo'shimcha bilimlar olish va malaka oshirish xayrli kechadi. Shaxsiy hayotda emotsiyangizni jilovda ushlang. Yaqinlaringizga nafratga qorishiq munosabatni ravo ko'rmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)


Ertalabdayoq rahbarlar bilan kelishmovchiliklar paydo bo'lishi kutiladi. Ammo siz og'ir-bosiq bo'ling. Rahbarlar bilan tortishib hech kim hali baraka topmagan. Agar ishingizga ijodiy yondasha bilsangiz, intihosi yoqimli va serdaromad bo'ladi. Kechki payt ayrimlar bosh og'rig'idan bezovta bo'lishlari mumkin. Kechqurun oila qurmaganlarning ba'zilariga sevgan insoni muhabbat izhor qiladi. Qanday yoqimli! Baxtingizni bersin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)


24 dekabrda qalbingizni daf'atan chirmab oluvchi qo'rquvlardan xalos bo'la bilishingiz kerak. Yo'qsa ular salomatligingizga putur yetkazadi. Bolalikdan qolgan xunuk fe'l-atvorga ham do'stlar, yaqin insonlar yordamida nuqta qo'ying. Bu fe'l sizga qo'shimcha muammolar hadya etishdan boshqasiga yaramaydi. Kechqurun ba'zilar olisda turadigan ota-onasini ko'rish uchun jo'nab ketishi mumkin. Yo'lingiz bexatar bo'lsin! O'zingizni ehtiyot qiling. Asablarni asrang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)


Professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarga ijodiy yondashishingiz tavsiya qilinadi. Agar yolg'iz o'zingiz uddasidan chiqa olmasangiz, birovlarni yordamga chaqiring. Hamkasblaringiz orasida kelishmovchiliklar, janjallar yuzaga kelishi mumkin. Lekin bu janjallarga sizning aloqangiz yo'q. Kechqurun sizga kimdir qo'shimcha daromad keltiradigan ishda hamkorlikni taklif etishi mumkin. Darrov rozi bo'ling!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)


24 dekabr kuni o'zgalar tanqidi, maslahati va g'iybatlariga arzirli javob qaytarib o'tirmang. Xudo undaylarni yo'lga sola biladi. Aybingiz bo'lmasa, boshingizni baland ko'targancha yuring. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda aniq hisob-kitoblar zarur bo'ladi. Bu jabhada ham muvaffaqiyat qozona olsangiz, bilingki, yaqin kelajakda moddiy ahvolingiz boshqalarnikidan ikki karra yaxshiroq kechadi. Ovqatlanishda ehtiyot bo'ling. Rejimni buzmang.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)


Kunning birinchi yarmida o'zingiz istamagan holda ko'pchilikning diqqat markaziga tushib qolishingiz mumkin. Lekin buning zararli jihati yo'q. Oila qurishga ulgurmaganlar kunning oxiriga borib kutilmaganda yangi tanishuvni boshdan kechirishadi. Shu inson keyinchalik orzuingizdagi juftingiz bo'lib chiqadi. Biroq u bilan bo'lib o'tadigan suhbatda his-tuyg'ularni qattiq nazoratda ushlang. Kechqurun xonadoningizga chaqirilmagan mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)


24 dekabrda o'tgan kunlardan qolgan ishlarni ham yo'l-yo'lakay bajarib ketishingizga to'g'ri keladi. Ammo bu ishlarni ham sifatli ado etishingiz kerak. Omadga erishish yo'lida ikkilanishlar, shubha-gumonlarni yaqiningizga yo'latmang. Shunda o'zingiz kutgan natijaga albatta erishasiz. Kechqurun tadbirkorlarning ayrimlari xorij safariga jo'nab ketishi mumkin. Salomatligingiz pand bera boshlaganini sezsangiz, darhol vrachga murojaat eting.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)


Ish bajarishda qat'iyatlilik talab qilinadi. Shuning yordamidagina muvaffaqiyatlar cho'qqisini zabt eta olasiz. Dangasalik qilsangiz, hech narsasiz qolib ketaverasiz. Yaqinlaringiz orasida ham sizning muvaffaqiyatlaringizga ko'z solganlar topilib qoladi. Ularga qarshi kurashing. Sizning nasibangizga ko'z olaytirishlariga yo'l qo'ymang. Kechqurun ro'zg'or ikir-chikirlarini bartaraf etish bilan shug'ullaning.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)


24 dekabr kuni nimadir yetishmayotgandek tuyulaveradi. Lekin yetishmayotgan narsalar professional kasbingiz bilan bog'liq emas. Kunning ikkinchi yarmida do'stlaringizdan biri qo'ng'iroq qilib qandaydir yoqimsiz xabar yetkazishi, natijada kayfiyatingiz buzilishi mumkin. Har narsani yurakka yaqin olavermang. Xabar asossiz bo'lib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun yoga bilan shug'ullanish, kitob mutolaasi yoqimli kechadi.
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 497 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar