наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 46
Гостей: 46
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

11:50
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 19 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

19 dekabrda sezuvchanlikda barchani ortda qoldirishingiz kutilmoqda. Uning yordamida siz qo'l urgan eng ulkan ishlarni ham muvaffaqiyatli yakunlay olasiz. Moliyaviy muammolar uchun asosiy vaqtingiz hamda kuchingizni sarflab qo'ymang. Muhabbatda yetakchi bo'lishga urinmang. Muvaffaqiyatsizlikka duch kelasiz. Kunning ikkinchi yarmida salomatligingizni mustahkamlashga e'tibor qarating. Kechqurun og'ir hazm bo'luvchi taomlar iste'mol qilmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Eng og'ir vaziyatlarda qolsangiz ham tafakkuringizga suyaning. Qalbingizga aslo quloq tuta ko'rmang. Chunki bugun faqat aql yordamidagina ish bitiradigan kun. Ijodkor bo'lsangiz, ilhom va yangi g'oyalarni miyangizda uzoq vaqt ushlab turmang. Ularni hayotga tadbiq eting. Muhabbatda mayda ko'ngilsizliklarga ro'baro' bo'lishingiz ehtimoli bor. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan orangizdagi munosabatlarga putur yetishi mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

19 dekabr kuni moddiy ahvolingiz shu qadar a'lo darajada bo'ladiki, bemalol Kanar orollariga dam olish uchun jo'nab ketsangiz ham yarashadi. Ammo bunday niyatingiz yo'qligi tayin. Shunday ekan, pullarni ehtiyot qiling. Kimdir yangi joyga ishga o'tsa ham ajab emas. O'sha yerda yangi tanishuvni boshdan kechirasiz. U bo'lg'usi taqdirdoshingiz bo'lib chiqadi. Bugun zararli odatlardan voz kechish muvaffaqiyatli kechadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Shaxsiy hayotda muammolaringiz yo'q emas. Ammo ular bilangina kurashib vaqt o'tkazishingiz noto'g'ri bo'ladi. Asosiy ishga o'ting. Pul orttiring va qarzingiz bo'lsa, ulardan qutuling. Kechqurun toza havoda sayr qilish salomatligingiz uchun juda foydali kechadi. Immunitetingiz keyingi paytlarda pastlab yashashga xalal berayotgan bo'lishi mumkin. Vitaminga boy mevalarni ko'proq iste'mol qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

19 dekabrda moddiy ahvolingizni yaxshilash masalasida jiddiy o'ylab ko'rishingiz lozim. Busiz hayotni davom ettirib bo'lmaydi. Zudlik bilan qo'shimcha daromad keltiradigan ish toping. Kunning ikkinchi yarmida qandaydir ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz kutiladi. Kun mobaynida barchaga o'zingizning eng yaxshi jihatlaringizni namoyish eting. Shunda uylanmagan bo'lsangiz, albatta bo'lg'usi juftingizni uchratasiz. O'zingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Garchi ijobiy natijaga erisha olmasangiz-da, ish uchun sarflagan vaqtingizga achinmang. Pul albatta kelib qo'lingizga tushadi. Faqat sabr qilishingiz kerak. Bugun ijod ahlining kuni tug'adi. Miyangizga kirib kelgan yangi g'oyalar sizni ham mashhur qiladi, ham moddiy rag'bat olasiz. Oilalilar kunning ikkinchi yarmida birgalikda dam olsalar ham sira ziyon qilmaydi. Uxlashga yotishdan oldin albatta toza havoda sayr qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

19 dekabr kuni go'yo jangari filmlardagi qahramonlar qiyofasiga kirasiz. Sovuqdan qo'rqmaysiz, jiddiy muammolarga bosh egmaysiz. Lekin shaxsiy hayotingizda o'ta jiddiy muammolar ko'ndalang bo'lishi mumkin. Oldindan chorasini ko'rmasangiz bo'lmaydi. Kechqurun sportzalga borib sportning faollik talab qiluvchi turlari bilan shug'ullaning. Salomatligingiz uchun foydali. Bugun uxlab ko'radigan tushingiz albatta o'ngidan keladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Ishxonangizda o'zingizga nisbatan tajribasi va malakasi kam hamkasblarga yaqindan yordam bering. Bu yerda buyruq berishingiz talab etilmaydi. Maslahatlar bersangiz kifoya. Muhabbatda o'zingizni qanchalar ko'p sevsangiz, o'zgani ham albatta shunday seva olasiz. Unutmang, siz tanlagan inson optimist bo'lganingiz uchun ham sizga ko'ngil bergan.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

19 dekabrda ishxonangizga yangi xodim ishga joylashishi mumkin. Yaqin kelajakda xuddi o'sha hamkasb bilan hamkorlikda ishlashingizga to'g'ri keladi. Demak, uning ruhiy jihatlarini yaxshilab o'rganib olishingiz kerak. Agar hamkasbingizning xarakteri og'ir bo'lsa, bardosh bilan munosabat yuriting. Shaxsiy muammolaringiz haqida hech kimga og'iz ochmang. Juda sir saqlay olmasangiz, ularni qog'ozga tushirib qo'ying, xotirjam tortasiz.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun tog' echkisi burji ostida tug'ilganlar o'zlarini majburlab bo'lsa-da, quvnoq bir insonga aylanishlari kerak. Aks holda siz ko'zlangan ezgu maqsadlarga yeta olmaysiz. Ishxonada ham hamkasblar bilan munosabatlarda hazil-mutoyibaga alohida e'tibor qarating. Muhabbatda oilasizlar sevgilisiga kutilmagan sovg'a hadya etishga bel bog'laydilar. Ammo bu noqulay vaziyat tug'ilishiga sababchi bo'ladi. Sog'liqni, asablarni ehtiyot qiling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

19 dekabr kuni o'zingiz uchun, aniqrog'i, dam olib nafas rostlash uchun ham vaqt topishingiz zarur. Aks holda organizmingiz jismoniy zo'riqishga uchrashi va buni ko'tara olmasligi mumkin. Bu masalada og'ir mehnatdan o'zingizni asrashingiz muvaffaqiyatli kechadi. Bugun do'stlar bilan tabiat qo'yniga chiqib dam olish, suhbatlar xayrli kechadi. Olis safarga chiqish zarurati tug'ilsa, safarni boshqa kunga qoldiring.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kuningiz unumli, daromadli kechmasligi mumkin. Lekin bir joyda qolib ham ketmaysiz. Kun davomida kimlar bilandir telefon orqali uzoq suhbat qurishingiz, internet orqali yozishmalar yozishishingiz kutiladi. Xuddi shu suhbat va yozishmalar sizga moddiy to'kinlik olib kelishi mumkin. Kechki payt surunkali xastalikka yo'liqqanlar salomatliklarini mustahkamlash harakatiga tushsinlar. Ovqatlanishda me'yorni biling. Rejimni buzmang.
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 63 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar