наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 65
Гостей: 65
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

05:49
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 12 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?..
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun xayolingizga yangi loyiha ustida ishlash g'oyasi kelib qoladi-yu, shu bahonada ishxonangizdagi rahbarga o'zingizni ko'rsatish harakatiga tushishingiz mumkin. Bu mo'may daromad ko'rish va iste'dodingizni barchaga ko'z-ko'z qilish uchun o'ylab topilgan yaxshi usul bo'lib qolsa ajabmas. Shaxsiy hayotda ham oilasi yo'qlar tanlaganiga xuddi shunday yo'llar bilan o'zini ko'rsatishi lozim. Busiz baxt qasrini qurish muddati yana cho'zilishi hech gap emas. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar kun davomida ehtiyotkorlikni qo'ldan bermasinlar. Tani-joningiz salomat bo'lsin!

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

12 martda yo'lingizga arzimas muammolar ko'ndalang bo'lishi kutiladi. Lekin siz ularni qahramonona bartaraf eta olasiz. Muammolarni hal etishda sizga qaysarlik odatingiz katta yordam berishi mumkin. Muhabbatda ham shu odat sizga omad olib kelishga shay turadi. Ortga chekinmang. Dangallik bilan bo'lg'usi baxtingizni romantik uchrashuvga taklif etsangiz ham ziyon bo'lmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Velosipedingiz bo'lsa, velosipedda uching, jami mushaklar ishga tushib, jismoniy holatingiz yanada yaxshilanish pallasiga kiradi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

12 mart kuni kelajak bazasiga ega bo'lish yo'lida anchagina harakat qilishingizga to'g'ri keladi. Bu masalada sizga tajribali, ochiq ko'ngilli insonlar bajonidil maslahatlar berishadi inshoolloh. Atrofdagilar bilan muloqotda ko'proq yon berishga e'tibor qarating, kam bo'lmaysiz. Ayniqsa, sizga hurmat bilan munosabat yuritadiganlarning ko'nglini bilib-bilmay og'ritib qo'ymasligingiz tavsiya qilinadi. Ba'zi hollarda bu katta janjalga ham sabab bo'lishi mumkin. Xotirjamligingiz abadiy bo'lsin!

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Bugun siz asosan sport va faollik talab qiluvchi o'yinlarga e'tibor qaratishingiz zarur bo'ladi. Sportzalga borib bir muddat sevimli sport turlaringiz bilan shug'ullansangiz, nafaqat salomatlik tiklana boradi, balki kayfiyatingiz yaxshilanib, ishlaringiz baroridan kela boshlaydi. Moddiy jihatdan badavlat insonlardan biri sizga yordam qo'lini cho'zishi kutiladi. Kerak bo'lsa, iltimos qiling, ish bitsa bo'ldi-da!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

12 mart kuni kunning qahramoniman deb hisoblayversangiz bo'ladi. Har qanday ishga qo'l ursangiz ham omad siz tarafda bo'lishini yulduzlar bashorat qilgan. Cho'chiyotgan bo'lsangiz, yoningizga o'zingiz ishongan do'stlardan birini olishingiz ham foydadan xoli bo'lmaydi. Muhabbatda oilalilarga ham, oilasizlarga ham faqat baxt, omad kulib boqadi. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o'tkazing. Ertaroq uxlashga yoting. Bugun uxlab ko'radigan tushingiz o'ngidan kelishi kutilmoqda.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Ertalabdan ham ruhan, ham jisman sergak, tetik bo'lasiz va bu bajaradigan ishlaringizda o'z so'zini aytmay qolmaydi. Agar hamkasblar orasida o'zingizga nisbatan tajribaliroqlardan maslahatlar olsangiz, yana yaxshi bo'ladi. Bugun do'stlarning hech biri bilan bahsga kirishmang. Janjallashib qolishingiz xavfi bor. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish masalasida oddiydan murakkabga qarab harakatlaning. O'zingizni va yaqinlaringizni g'iybat-u, hasadlardan himoya qiling.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

12 mart siz uchun ancha og'ir kechishi kutiladi. Ammo qiziqarli hodisalarga ham boy bo'ladi. O'zingiz nima bilan mashg'ul bo'lsangiz, o'sha yumushdan yoki mashg'ulotdan adolat qidiring, albatta topasiz. Qarindoshlar bilan munosabatda kichik xafagarchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu vaziyatdan bosiqlik bilan, sukut saqlagan holda chiqib ketishga harakat qiling. Moddiy ahvolingiz haqida qayg'urmasangiz ham bo'ladi. Kissangiz pulga to'la bo'ladi. Omadingizni bersin!

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Pul masalasida juda ehtiyot bo'ling. Bu kun bo'yi qiladigan xaridlaringiz bilan bog'liq. Do'konda ko'zingizga nima yaxshi ko'rinsa, sotib olaversangiz, kissa qurib qoladi. Keyin-chi? Keyin qarz qidirishingizga to'g'ri keladi. Xudo asrasin! Biroq salomatlikdan pulni ayamang. Kunning ikkinchi yarmida iloj topib tibbiy ko'rikdan o'tib qo'ying. Surunkali xastalikka chalinganlar ob-havoning avzoyi bilan hisoblashib yashashlariga to'g'ri keladi. Tani-joningiz sog' bo'lsin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

12 mart kuni sizni bir qator kutilmagan hodisalar qarshi olishi mumkin. Ularning aksariyati siz uchun kutilmagan sovg'a vazifasini o'tashi aniq bo'lsin ishqilib. Muhabbatda bugun illyuziya hamrohingiz bo'ladi. Asabiylashishlar, ishonchsizlik, xafaqonlik, zarda va minnatli lahzalardan yiroq bo'lasiz. Oila qurishga ulgurmaganlardan kimdir ilgari sira e'tibor bermagan inson bilan tanishishi va bu tanishuv kelgusida muhabbatga aylanishi kutiladi. Baxtingizni bersin!

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

Afsus, bugungi kuningiz xarajatlar ko'pligi, daromadlar kamligi bilan sizga ters burilishi mumkin. Shuning natijasida kayfiyatingiz tushib ketishi kutiladi. Safarga chiqishni rejalashtirgan bo'lsangiz, ortga suring. Bunday kayfiyat bilan sayohatga chiqish sizga xursandchilik hadya etmaydi. Ish orasida oilaviy muammolarni ham ijobiy hal eta borishga harakat qiling. Tadbirkor bo'lsangiz, uzoq muddatli shartnomalarga aslo imzo chekmang. Ularning oxiri voy bo'ladi.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

12 martda juda foydali bir ish boshlashingiz ehtimoli bor. Bu ish bahor oxirida siz kutgandan ham ko'proq daromad keltiradi. Kunning ikkinchi yarmida o'zingizni lohas his eta boshlashingiz ehtimoli bor. Oldini oling. Zarur bo'lsa, tibbiy ko'rikdan o'ting. Ana shunda xotirjam bo'lasiz, ishlashda davom etasiz, kissangizdan pul arimaydi. Kechqurun ovqatlanish me'yorini buzib qo'ymang. Ko'katlarni ko'proq iste'mol qiling.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Kunning birinchi yarmida yaqin kelajakda foydasi tegishi mumkin bo'lgan odamlar bilan uchrashib tanishasiz. Ular bilan xafalashib qolmaslikka alohida e'tibor qarating. Tushdan keyin qo'shimcha daromad keltiradigan ishlarni taklif qilishlari mumkin. Rozi bo'ling. Kechqurun olisda yashaydigan qarindoshlar haqida xushxabar eshitasiz. Ba'zi do'stlarimiz xonadonida mehmon kutishlari ham haqiqatga yaqin.
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 361 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar, bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar