наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Общение крафтеров
Статистика сайта
Онлайн всего: 25
Гостей: 25
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

07:53
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 12 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)


12 dekabrda barcha jabhalarda shaxsiy fikringizga ega bo'lishingiz talab qilinadi. Shu narsa sizga ishda ham, shaxsiy hayotda ham muvaffaqiyatlar hadya etishi mumkin. Agar qandaydir yangi ishga qo'l urishni mo'ljallagan bo'lsangiz, bu rejangiz ham albatta baroridan keladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etish, xususiy mulk oldi-sotdisi va salomatlikni mustahkamlash kabilarda aniq hisob-kitoblar ish beradi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)


Yaqin kelajakda oila qurishni mo'ljallab yurganlar bo'lg'usi jufti bilan yana bir marta yurakdan, ochiqchasiga gaplashib olishlari kerak bo'ladi. Moliyaviy masalada tuzilgan rejalarni o'zgartirishga urinmang. Bu ish sur'atini pasaytiribgina qolmay, daromadga ham putur yetkazishi mumkin. Ishdan keyin kechqurun uzoq vaqt piyoda sayr qilish sog'lig'ingiz mustahkamligini ta'minlaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)


12 dekabr kuni o'zingizdan yoshi ulug', hayotiy tajribasi ko'p odamlarga nisbatan balandparvoz gaplarni gapirishdan, mensimay qo'yishdan tiyiling. Hamkasblarga va rahbarlarga aslida qanday bebaho va professional xodimligingizni ko'rsatib qo'yish uchun ish sifatiga e'tibor qaratishingiz kerak. Oilaviy va ommaviy tantanalar, bayramlar bugun xayrli kechadi. Agar imkoniyatingiz bo'lsa, kechqurun hammomga, basseynga yoki sportzalga chiqib kelsangiz ham ziyon ko'rmaysiz.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)


Bugun qisqichbaqa burji ostida tug'ilganlarning kuni tug'adi. Kayfiyatingiz ko'tarinki bo'ladi. Hatto, o'tmishdagi achchiq xotiralar ham bu kayfiyatingizni buza olmaydi. Astoydil yeng shimarib, qora terga botib ishlovchi hamkasblardan o'rnak oling. Shunda martabangiz oshishi tezlashadi. Imkon doirasida bugun yangi tanishuvlardan qoching. Kechqurun vaqtingiz romantik va yoqimli tarzda o'tadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)


12 dekabrda ayrimlarning o'zini tutishida bashoratchilarga xos sirli qobiliyat paydo bo'lishi mumkin. Siz uzoq masofadan turib ham kimningdir nima bilan bandligini topa olasiz. Lekin bu holat uzoqqa cho'zilmaydi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda esa bashoratchilik qobiliyatingiz o'tmaydi. Buning uchun qamishdan bel boylab ishlashingiz zarur bo'ladi. Ro'zg'ordagi ikir-chikirlarni yaqinlaringiz bilan bamaslahat hal eting.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)


Mo'may daromaddan umidingiz bo'lsa, xush kayfiyat sohibi yoki sohibasi bo'lishni xohlasangiz, astoydil, erinmasdan, dangasalikka bo'yin egmasdan ishlashingiz tavsiya etiladi. Organizmni jismoniy zo'riqishlardan asrang. Zo'riqishlar salomatligingizga putur yetkazadi. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar ko'proq dam olishlari kerak. Bugun tashqi ko'rinishingizga e'tibor qaratish, parhez tutishni boshlash foydali kechadi. Kechqurun og'ir hazm bo'ladigan taomlar iste'mol qilmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)


12 dekabr kuni aslo yangi ishga, loyihalarga qo'l urmang. Ularning intihosiga yetmay o'lda-jo'lda qolib ketishi bir dard bo'lsa, daromaddan quruq qo'yishi, vaqtingizni va kuchingizni o'g'irlashi bir dard bo'ladi. Kayfiyatingiz tushdan keyin tushkun holatda bo'lsa, qayg'u chekmang. Yaqin do'stlardan biri o'tmishdagi qiziq voqeani aytib berib sizni xursand qiladi. Muhabbatda barcha yukni o'z yelkangizga ilmang. Bu naf keltirmaydi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)


Bugun kuningiz xilma-xilliklardan iborat bo'ladi. Yangi tanishuvlarni boshdan o'tkazasiz. Kimning kim ekanini anglaysiz. Tegishli xulosalar chiqarasiz. Martabangiz osha borishiga guvoh bo'lasiz. Moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal bo'ladi. Faqat katta ishga, yirik loyihalarga pul tikmasligingiz tavsiya qilinadi. Birovdan qarz, bankdan kredit olishdan saqlaning.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)


12 dekabrda o'zgalardan kimningdir hayotiga aralashishingizga to'g'ri keladi. Bundan tashqari hodisalar markazida turishingiz kutiladi. O'zingiz bilishingiz shart bo'lmagan masalalarga aralashmang, e'tibor qaratmang. Moliyaviy masalada omadingiz kuladi. Ayniqsa, tijoratchi bo'lsangiz, katmonlaringiz pulga to'ladi. Kechqurun yoqimli xabarlar eshitishingiz ehtimoli bor.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)


Moliya bilan bog'liq rejalar tuzmang. Hammasi ilgarigi holicha qolgani ma'qul. Taqdirda boriga shukr qiling. Shaxsiy hayot, salomatlik va yaqinlaringiz bilan o'zaro munosabatlarga e'tibor qarating. Ishxonangizda hamkasblar bilan ko'p gaplashmasdan, ishingizni bajarish bilan band bo'lsangiz, janjalli vaziyatlarda qolmaysiz. Kimki bugun kechqurun olis safarga otlansa, uni oldinda muvaffaqiyatlar kutib turadi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)


12 dekabr kuni kimningdir aybi bilan janjalli vaziyatda qolib ketishingiz kutilmoqda. Shuning uchun kimdir sizdan yordam so'rasa, darrov rozi bo'lib qo'ymang. Oldin yaxshilab bu iltimosni tahlil qiling. Bugun haddan tashqari to'yib ovqatlanish fikridan yiroq bo'lishingiz kerak. Ayniqsa, ortiqcha vazndan qanday qutulishni bilmay yurganlar ehtiyot bo'lgani ma'qul. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)


Ertalabdanoq turish-turmushingizga yana bir karra e'tibor qaratib qo'ying. Ishda, shaxsiy hayotda yetakchi bo'lishga urinmang. Kimdir sizdan o'z manfaati yo'lida foydalanishni ixtiyor etsa, zudlik bilan joyiga o'tqazib qo'ying. Qarindosh bo'lsa ham ayab o'tirmang. Ishxonangizda hamkasblar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu bahonada do'st bilan dushmanni ajratib olasiz.
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 281 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar