наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 33
Гостей: 33
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

17:21
Nevroz qanday aniqlanadi va u bilan nima qilish kerak?
Tashvishlanishdan kelib chiquvchi ba’zi holatlardan nonushta, tushlik va kechki ovqat asrashi mumkin.

Vaqti-vaqti bilan asabiylashib turish bu juda ham tabiiy holat. Sizni aeroportga eltishi kerak bo‘lgan taksi kechikkan vaqtda o‘zingizni qo‘lga olishingiz, albatta, qiyin bo‘ladi. Yoki farzandingiz o‘zining birinchi uchrashuvida ushlanib qolgan paytda qo‘rqinchli kechinmalar boshdan o‘tadi. Kelajakdagi karera uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suhbat oldidan hayajonlanish ham bunga yana bir misoldir.

Biroq ba’zi insonlarning xavotirlanishi ortishiga sabab kerak emas. Miyaga o‘rnashib qoluvchi salbiy fikrlar o‘z-o‘zidan boshda aylana boshlaydi va ba’zan hayot sifatini jiddiy pasaytiradi. Aynan shu holat nevroz deb ataladi. Yoki aniqroq qilib aytganda — nevrotik xatti-harakatlar.

Nevroz nima?
Avvalo, bu tashxis emas. Bu allaqachon aniqlangan.

«Nevroz» atamasi 1790-yillardan boshlab juda faol qo‘llanib kelinmoqda va ayniqsa bu mashhurlikka o‘zining butun psixoanaliz izlanishlarini shu asosida qurgan Zigmund Freydning yengil qo‘li sabab bo‘lgan deyish mumkin. XX asr psixiatr va psixoterapevtlari vahima oshishi, fobiyalar, jazava, kuchli tushkunlik bilan aloqador bo‘lgan turli xildagi psixik, hissiy-emotsional va jismoniy holatlarni ushbu so‘z bilan ifodalashgan. Biroq, nevroz 1994 yilda yangilangan «Ruhiy buzilishlarga oid tashxis va statistik qo‘llanma»sida (DSM‑IV DSM‑IV ) mustaqil tashxislar qatoridan olib tashlangan.

Zamonaviy olimlar atamani o‘ta mujmal va eskirgan deb hisoblashadi.
Nevroz alomatlari esa vahimali buzilishlarning bir qismi deb qaraladi. Har holda shunda nevrotik xatti-harakatlarni mukammal aniqlash mumkin bo‘ladi.

Nevrozni qanday payqab olish mumkin?
Nevrotik va sog‘lom harakatlarni ajratib turuvchi kichik farq — reaksiya tezligi. Nevrozda ular shunchalar shiddatli bo‘ladi-ki, shaxsiy hayot va kundalik ish faoliyatiga aralasha oladi.

Bundan tashqari, bu turdagi reaksiyalar hatto bir qarashda beg‘ubor tuyilgan holatlarda ham yuzaga keladi.
Amerikaning WebMD tibbiyot nashri ekspertlari sog‘lom va nevroz o‘rtasidagi farqni sezishga imkon beruvchi bir nechta namunalar keltirishgan.

1. Shaxsiy kuch va imkoniyatlarga ishonmaslik
Norma: siz qiyin va muhim bo‘lgan loyiha ustida ish olib boryapsiz, dedlayn (belgilangan muddat) yodingizga tushdi va ishni o‘z vaqtida tugallashingiz zarurligi haqida xavotirlanasiz.

Nevroz: siz doimo dedlayn haqida o‘ylaysiz va «Biz ulgurmaymiz, bu muddatga tugallash qo‘limizdan kelmaydi» degan fikrdan cheksiz azob chekasiz. Hattoki na sizning, na sizning hamkasblaringizning vazifasi og‘ir emasligi va oldingizda hali vaqt yetarli ekani ham sizni tinchlantira olmaydi.

2. Asabiylik va notinchlik
Norma: samolyotga kech qolmaslik uchun aeroportga parvozdan 2 soat oldin yetib borishni ma’qul ko‘rasiz.

Nevroz: siz «ertaroq borishim kerak, bilib bo‘ladimi?» kabi harakat qilasiz va ro‘yxatga olish boshlanishidan 2-3 soat oldin yetib borasiz. Shunga qaramasdan, ko‘zingizni ma’lumotlar tablosidan uzmaysiz va har 10-20 daqiqada aeroport xodimlarini reysingiz o‘z vaqtida uchishi aniqmi yoki yo‘qligi borasida qayta-qayta savolga tutasiz.

3. Ishonch va shaxsiy baho bilan bog‘liq muammolar
Norma: sobiq turmush o‘rtog‘ingiz sizga xiyonat qilgan va endilikda yangi munosabat qurishga ishonchsiz qaraysiz.

Nevroz: siz doimo yangi turmush o‘rtog‘ingizga shubha bilan qaraysiz. Uning telefonini tekshirasiz, kichik kechikishlarda ham 10 marta qo‘ng‘iroq qilasiz, qarshi jins vakillari/vakilalari bilan do‘stlik rishtalarini davom ettirganda janjallar keltirib chiqarasiz. So‘ngra, albatta, o‘zingizni tutib turolmaganlikda ayblaysiz. Ammo rashk xurujlari yana va yana qaytariladi, o‘zingizni tiyishni uddalay olmaysiz.

Nevroz qayerdan paydo bo‘ladi?
Ba’zida nevrotik xatti-harakatlar shunchaki sizning tug‘ma xarakteringiz ko‘rinishlari hisoblanadi, bu nevrotik shaxsiyat turi deb ataladi. Bunday odamlar stressga ko‘proq beriladilar. Psixologik testlar orqali nevrotik shaxsiyat turini aniqlash juda oson.

Lekin nevroz tug‘ma bo‘lmagan va psixik buzilishlar natijasida orttirilgan bo‘lishi holatlari ham mavjud.

Ularga quyidagilar mansub:
- umumlashgan tashvishlanish buzilishi;
- tushkunlik;
- sotsiofobiya;
- obsessiv-kompulsiv buzilishlar;
- vahimaga oid buzilishlar;
- jarohatdan keyingi stressli buzilishlar.
Ushbu holatlarning har biri o‘z sabablariga ega. Davolash usullari ham har xil.

Nevrozdan xalos bo‘lish uchun nima qilish kerak?
Avvallari nevroz belgilarisiz, umuman boshqa inson bo‘lib yashab, endilikda birdan paydo bo‘luvchi salbiy fikrlar yashashingizga xalaqit qilayotgan bo‘lsa, terapevtga ko‘rinishingiz kerak. Mutaxassis aynan qaysi jarohatlovchi voqea nevrotik buzilishlar rivojlanishiga olib kelganini aniqlaydi hamda sizga vahima bilan kurashishga yordam beradi.

Qolaversa, nevroz sodir bo‘lishi juda kuchli bo‘lmasa, muammoni xonaki usullar bilan hal qilishga harakat qilib ko‘rish mumkin.

1. Ochiq havoda ko‘proq sayr qiling
Hech bo‘lmaganda kuniga 30 daqiqa. Hattoki 15 daqiqalik sayr ham o‘zingizni yaxshiroq his qilishingizga ko‘maklashadi.

2. Yaqin insonlar bilan suhbatlashing
Qulflanib olmang! Tug‘ishganlar va do‘stlaringizga aynan nima sizni asabiylashishga majbur qilayotgani haqida gapiring. Sizni qiyin daqiqalarda qo‘llab turishlarini iltimos qiling.

3. Kuniga 8 soatdan kam uxlamang
Uyquga to‘ymaslik bezovtalik va stressni oshiradi.

4. Kofein va alkogol iste’molini cheklang
Ular ham sizdagi xavotir va hissiy qo‘zg‘alishni oshiradi.

5. To‘laqonli harakat qiling
Vahima bilan kurashish uchun miyaga quvvat zarur. Nonushta, tushlik va kechki ovqatni o‘tkazib yubormaslikka va jiddiy parhezlarni rad etishga harakat qiling.

6. O‘z xavotirlaringizni qayta tahlil qiling
Bu har doim qiyinchilik tug‘dirsa ham, salbiy xayollarni yoqimlisiga almashtirishga harakat qiling. O‘zingizdan so‘rang: tadbir eng yomon ssenariyda o‘tadi deb xavotirlanishingizga nima majbur qilyapti? Bunga jiddiy sabablar bormi? Masalan, dedlaynni o‘tkazib yubordingiz deylik, xo‘sh, nima bo‘ladi? Yer ostin-ustun bo‘lmasa kerak, yangi tajriba esa kelajakda o‘z kuchingizni to‘g‘ri baholashingizga yordam beradi.

7. Barcha nevrotik noxush hodisalarni yozib chiqing
Bu bezovtalik yanada kuchayadigan vaziyatlarni tahlil qilishga yordam beradi. Qonuniyatlarni payqab, o‘xshash holatlardan qochishingiz mumkin.

Ammo diqqatingizni qarating! Agar yuqoridda sanab o‘tilgan choralar yordam bermasa va tashvishlanish tinch yashashingizga xuddi avvalgidek xalaqit qilsa, psixoterapevtga albatta murojaat qiling. Psixik holatlar o‘sishi mumkin. Ularni erta bosqichlarida yengish osonroq.
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 21 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Salomatlik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar