наверх
Новие фото

Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat


Tabiat

Статистика сайта
Онлайн всего: 12
Гостей: 12
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Популярные файлы

17:49
Namangan viloyati hokimi qiyinchilik tufayli o‘qishni tashlab ketmoqchi bo‘lgan talabaning bir yillik kontraktini to‘lab berdi
Bir necha kun avval Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Namangan davlat universitetining farg‘onalik talabasi Mirzoozod Mirzane'matov o‘z sahifasida joylagan “posti” orqali talabalik safidan chiqishini e'lon qilgan.

Ya'ni, u "post" orqali iqtisodiy qiyinchiliklari sababli universitet rektori nomiga ariza yozib, o‘qishni davom ettira olmasligini rasman ma'lum qilgan.

Namangan24’ning yozishicha, keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan, ta'sirchan she'rlari bilan ijtimoiy tarmoq orqali shuhrat qozongan talabaning ushbu xabari ko‘pchilik qatori Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorovni ham befarq qoldirmagan. Hokim mazkur holat yuzasidan ertasigayoq Mirzoozod bilan ko‘rishdi.

Viloyat hokimi kecha, 7 oktabr kuni, talabining umumiy qiymati 11 million so‘m miqdoridagi bir yillik kontrakt summasini to‘lab berdi.

- Aytishim joizki, ayni vaziyatda bu shu kungacha bo‘lgan tug‘ilgan kunimdagi eng ajoyib sovg‘a bo‘ldi, - dedi Mirzoozod Mirzane'matov.

Mirzoozod Mirzane'matov 1994 yilda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida tug‘ilgan. Qassoblar oilasida voyaga yetgan. U oliy ta'lim muassasasiga oltinchi yili urinishidan keyingina talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan. Oddiy ishchi oilaning farzandi bo‘lgan Mirzoozod NamDUdagi ikkinchi bosqich talabalik yili boshlanishida kontrakt to‘lashdagi mashaqqatlarga yuz tutganligi sababli o‘qishni tashlash fikri bilan “post” joylashga majbur bo‘lgan.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 81 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Yurtimizda, kunlik, Yangiliklar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar