наверх
Новие фото

Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018


Ramantik Rasimliy statuslar 2018

Статистика сайта
Онлайн всего: 21
Гостей: 21
Пользователей: 0
Никого нету
Личный кабинет
Логин:
Пароль:
Реклама на сайте
Закажи рекламу!
Популярные файлы
Партнеры
Закажи рекламу! Закажи рекламу!

07:20
Munajjimlar bashoMunajjimlar bashorati: 14 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarrati: 14 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ish boshlashdan oldin aniq reja tuzib, sizga hamfikr bo‘lishi mumkin bo‘lganlarni ham aniqlab oling. O‘zingiz yaxshi tushunmaydigan ishlarga qo‘l urib qo‘yishdan saqlaning. Muhabbatda sizni garmoniya kun davomida tark etmaydi. Agar uylanmagan yigitlar sevganining qo‘lini so‘rash niyatida bo‘lishsa, bugundan qulay va omadli kunni topa olishmaydi. Kechqurun oilasizlarni romantik uchrashuvlar kutib qoladi. Sog‘liqni asrang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
14 yanvarda ne ishga qo‘l urmang, faollikni qo‘ldan bermasligingiz kerak. Faollikni kechga qadar ham sustlashtirmasligingiz tavsiya qilinadi. Moliyaviy masalada ham yutuqlar, muvaffaqiyatlar sizniki bo‘ladi. Ko‘p bo‘lmasa-da, kissangizda pul bo‘ladi albatta. Kechqurun qarindoshlaringizdan biri haqida yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor. Ovqatlanish rejimini buzmang. Me’yorlarga qat’iy amal qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ish boshlashdan oldin ertalab yaqin o‘tmishdagi amalga oshirgan ishlaringizni tahlil qilib oling. Yo‘l qo‘yilgan xatolardan tegishli xulosalar yasang. Kun davomida professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizga oid malakangizni oshirish ham ziyon yetkazmaydi. Tadbirkorlarga bugun foydali shartnomalarni imzolash, yangi hamkorlar topish, shaxsiy ish bilan safarga otlanish omad keltiradi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
14 yanvar kuni puli ko‘plar ko‘magisiz ham martabangizni oshirish qo‘lingizdan keladi. Faqat havolanib ketmang, birovlarga sirlaringizni gullab qo‘ymang. Ayrimlar kun mobaynida yaqinlari bilan pulning dastidan janjallashib qolishi mumkin. Agar ulardan qarzingiz bo‘lsa, darhol uzib qo‘yishingiz tavsiya qilinadi. Kunning ikkinchi yarmida yangi bilimlarga ega bo‘lish foydali kechadi. Salomatligingiz haqida alohida qayg‘uring.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz kutganingizdan ham ajoyib kechadi. Xudoyim sizni yo‘qotishlardan, hasadgo‘ylarning zarbalaridan saqlaydi. Lekin o‘zingiz ham doimo sergak bo‘lishingiz, ezgulik sari intilishingiz lozim. Oilalilar bugun yana bir karra juftining o‘ziga nisbatan qaynoq tuyg‘ulariga shaxsan guvoh bo‘lishadi. Qaynoq tuyg‘ular abadiy bo‘lsin! O‘zingizni birovlarga sira kamsittirib qo‘ymang. Sizni tanqid qila boshlashsa, o‘z vaqtida javobini bering. Kechqurun olis safarga otlanishingiz mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
14 yanvarda kechqurungacha muvaffaqiyatlar, omad sizni tark etmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, omad bilan uyg‘onasiz, u bilan uyquga ketasiz. Yangi tanishganlarga, atrofdagilarga ko‘proq o‘zingizdagi ijobiy xislatlarni namoyish eting. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar uchun muolajalar olish, profilaktika masalasi muvaffaqiyatli kechadi. Parhez tutayotgan bo‘lsangiz, ortga chekinmang. Dam olishga ham alohida vaqt ajrating.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz oson kechmasligi tayin. Ba’zi ko‘ngli qoralarning dastidan ko‘plab mushkulotlar yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘lishi mumkin. Bu muammoni bartaraf etishda yaqinlaringiz yordam beradi. Moliya masalasida ham barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshib, cho‘ntaklaringiz pulga to‘ladi. Daromadingizning asosiy qismini ro‘zg‘or jihozlari sotib olishga sarflashingiz tavsiya qilinadi. Salomatligingiz bugun sizga pand bermaydi, ishoning.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
14 yanvar kuni birgina yumush bilan o‘ralashgan holda qolib ketmang. Siz ko‘p qirrali iste’dod egasisiz. Bundan unumli foydalana bilishingiz kerak. Muhabbatda ham hech kim, hech narsa sizni ranjitmoqchi emas. Oilalilar garmoniya, oilasizlar romantika og‘ushida qolishi haqiqatga yaqin. Sizni hurmatlaydiganlar, sevadiganlar va qadrlaydiganlarni o‘zingizdan nari itarmang. Ayrimlar kechqurun zarur ish bilan boshqa shaharga jo‘nab ketishi kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ishda realistga aylaning. Qat’iyat bilan harakatlar sodir eting. Ehtiros, sizga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan emotsiyalardan voz kechib, faqat ishga e’tibor qarating. Tushdan keyin o‘zingizga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlarni tartibga keltiring. Ayniqsa, tadbirkorlar xorij firmalaridan biri bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lsa, hujjatlar tartibga keltirilgan bo‘lishi lozim. Endigina shaxsiy biznesini ochganlar muvaffaqiyatlar to‘g‘risida hozircha orzulamay turgani ma’qul.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
14 yanvarda oldin yechimini kutayotgan asosiy muammolarni bir yoqli qilib, ana undan keyin yangi ishga qo‘l urishingiz talab etiladi. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar xizmat safariga, malaka oshirish kurslariga yo‘l olishi kutiladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etish jarayonida har bir voqea-hodisaga real ko‘z bilan boqing. Shunda kutilgan daromadga erishasiz, daromadingiz mo‘may kechadi. Salomatlikni ko‘zdan o‘tkazishni ham unutib qo‘ymang. Usiz muvaffaqiyatlar tatimaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz juda qiziqarli kechishi kutilmoqda. Siz kun davomida yorqin hodisalarga guvoh bo‘lishdan tashqari, oilasiz bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi juftingizni ham uchratasiz. Bu voqea favqulodda sodir bo‘ladi. Shuning uchun tanaffuslarga tayyor turing. Aniq maqsad sari xuddi shunday aniq qadamlar tashlang. Yo‘l-yo‘lakay yolg‘onlarga duch kelishingiz mumkin. Ularni e’tiborsiz qoldira qoling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
14 yanvar kuni hech kim va hech narsa to‘g‘ri, tekis, g‘alaba sari olib boradigan yo‘ldan olg‘a qadam tashlashingizda xalal bera olmaydi. Hatto, sizga raqobatchi hisoblanganlar, hasadgo‘ylar, ko‘ngli qoralar ham sizga qarshi hech qanday razilona harakatlarni sodir eta olmaydi. Oilangizda ahillik va garmoniya hukm suradi. Sadoqatni, o‘z an’analaringizni qadrlang, kam bo‘lmaysiz. Kechqurun madaniy tadbirlar yoqimli kechadi.
Категория: Munajjimlar bashorati (2017, 2018) | Просмотров: 78 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar